Taqvo (arabcha: تقوى — saqlanish, xudodan qoʻrqish), taqvodorlik — barcha dinlarda oʻta dindorlikni ifodalovchi tushuncha. Qurʼon va hadislardaAllohdan qoʻrqish, doʻzaxdan saqlanish, parhezkorlik va boshqa mazmunlarda keladi. Dinga juda berilgan, xudojoʻy, oʻzini harom va shubhalardan saqlab yuruvchi odam taqvodor deb atalgan.
Allohga taqvo qilish hamma yaxshilikni oʻz ichiga oluvchi koʻp maʼnoli kalimadir, uning maʼnosi – Alloh taologa itoat qilish, gunoh ishlardan qochish, Yaratganning zikrini doimo qilish, bergan neʼmatlarigashukr aytishdir[4].
Ey farzand, Alloh uchun xolis taqvo qil, toatni tark etma. Birovdan qoʻrqma va birovdan umid qilma, hojating ravo boʻlsa uni Allohdan, deb bil, hojatlaringni faqat Oʻzidan tila![8]
Kimki Allohdan qoʻrqsa (taqvo qilsa), Alloh uni saqlaydi. Kim Allohdan umid qilsa, Alloh uni noumid qilmaydi. Kimki Alloh yoʻlida ehson qilsa, Alloh uning oʻrnini toʻldiradi. Shuning uchun taqvoni qalbing tayanchi, diydang jilosi qil! Zero, niyatsizning amali, ezgusizning ajri boʻlmas![8].
Taqvo — Allohning rahmatidan umidvor boʻlib, uning nuri ila Unga itoat qilmoqlik va Allohning azobidan qoʻrqib, uning nuri ila qaytargan ishlarini tark qilmoqlikdir[4].
Taqvo — Alloh taolo harom qilgan ishlarni tark qilish, farz qilinganlarini bajarishdir, shundagina bu bandaga Alloh taolo bergan rizq foydali boʻladi[4].