Kontent qismiga oʻtish

Tarbiya

Vikiiqtibosdan olingan
(Tarbiyatdan yoʻnaltirildi)
Tarbiya

Qardosh loyihalar

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigʼindisi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Agar noming xalq orasida hurmat bilan yod etilishini istasang, oilangning doimiy rohatini koʻzlasang, bolalaringga goʻzal tarbiya ber, biror hunar egasi qilib yetishtir. Ularning yurish-turishlarini tekshirib tur. Yomon odamlardan uzoq boʻlsinlar, yaxshilar bilan suhbatdosh boʻlib, bahra olsinlar[1].

Agar tarbiyat koʻrmasa odam,
Eshak boʻlib qolur yuzga kirsa ham[2].

Bolaga otaning mehnati singgan boʻlsa,
Soʻng u bolaning xulq-atvorida bilinadi.
Ota bolani nazoratda tutsa,
U yaxshi, ezgu boʻladi[3].

Bogʻbondan parvarish koʻrmasa nihol,
Ulgʻayib oʻsolmas, topolmas kamol![4]

Bugungi kunda jamiyatimizning yuzini qora qiluvchi pastkashlar, yomonlar, beboshlar, oʻgʻrilar, giyohvandlar va nashavandlar... kecha tarbiyalariga eʼtibor berilmagan bolalardir[2].

Isteʼdod egalarini tarbiyalash shunday bir kimyodirki, u qora tuproqni toza oltinga, noqis toshni esa aybsiz gavharga aylantiradi. Chunonchi aytadilar:
Tarbiyadan tuproq gavhar boʻladi.
Nof ichra qon mushki asgʻar boʻladi.
Qiymatsiz qora bir temirni iksir,
Tarbiya aylagach sof zar boʻladi![5]

Murabbiysi boʻlmagan odamni hayot oʻzi tarbiyalab qoʻyadi.

Goʻdaklikdan yomon feʼlga oʻrgansa,
Yuz mehnat-la uni kam qilib boʻlmas.
Yaxshi yoʻlga solay debon urinma,
Oʻsib qotgan shoxni xam qilib boʻlmas![3]

Qobiliyat egasining boshini silamaslik – zolimlik, isteʼdodi yoʻqni tarbiyalash – johillik[6].

Taʼlim faqat soʻz va oʻrgatish bilangina boʻladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan boʻladi[3].

Taraqqiyotning chinakam belgisi — boylik yoki taʼlim darajasi emas, shaharning kattaligi emas, hosilning moʻl-koʻlligi ham emas, balki shu oʻlka bagʻrida tarbiya topgan inson qiyofasidir[7].

Yaxshi ishlov berilmagan yerdan yaxshi hosil unmaydi.

Oʻz farzandingni yaxshi xulq-odobli va aqlli boʻlishga oʻrgat. Kimki yoshlikdan yaxshi xulq-odob egallamas ekan, ulgʻayganda undan bilim talab qilma[9].

Oʻzingdan keyingilarga ibrat boʻlay desang, oʻzingdan ilgarigilardan ibrat ol.

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 181.
  2. 2,0 2,1 Tursun 2006, s. 138.
  3. 3,0 3,1 3,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 6.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 73.
  5. 5,0 5,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 5.
  6. Tursun 2006, s. 58.
  7. Voronsov 1989, s. 27.
  8. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 7.
  9. Tursun 2006, s. 123.
  10. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 4.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.