Kontent qismiga oʻtish

Tavba

Vikiiqtibosdan olingan
Tavba

Qardosh loyihalar

Tavba (arabcha: توبة‎ - qaytish, pushaymon boʻlish) — tasavvufda soliqning tariqat sari qadam qoʻyishidan oldin qilgan barcha gunohlaridan tavba qilib, kelajakda biror gunoh ishni qasddan qilmaslikka azmu qaror etishi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Gunohlarga tavba qilmoqni kechiktirgan – Alloh qarshisida magʻrur boʻlmoq, kibr etmoqdir[1].

Gunohni tark qilmasdan istigʻfor aytaverish yolgʻonchilarning tavbasidir[2][3].

Gunoh qilmaslik tavba qilishdan osonroq[4].

Kim bir gunohdan tavba qilsa-yu, soʻngra oʻsha gunohni tark etmasa, Alloh taolo uni tavba qilishdan, qalbini ilohiy dargohga yuzlanishdan mahrum etib qoʻyadi[5].

Tavba qilmoq kerak odatda bir bor,
Zahar yutib boʻlmas ikki qur zinhor[1].

Tavbangning toʻgʻri boʻlishi gunohingni bilish bilan, amalingning toʻgʻri boʻlishi magʻrurlikdan voz kechishing bilan, shukringning toʻgʻri boʻlishi kamchiligingni bilishing bilandir[6].

Xolis tavba til bilan aytib, dil bilan pushaymon bo‘lish. Agar tili bilan tavba qilib, dilida gunoh qilishga moyil bo‘lsa, Alloh taoloni masxara qilgandek boʻladi[7].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Tursun 2006, s. 33.
  2. Tursun 2006, s. 43.
  3. Tursun 2006, s. 149.
  4. Tursun 2006, s. 49.
  5. Tursun 2006, ss. 37–38.
  6. Tursun 2006, s. 155.
  7. Tursun 2006, s. 37.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.