Kontent qismiga oʻtish

Ibodat

Vikiiqtibosdan olingan
(Toatdan yoʻnaltirildi)
Ibodat

Qardosh loyihalar

Ibodat (arabcha: عبادت‎, toat — sigʻinmoq, bosh egmoq) — gʻayritabiiy kuchlarga (xudo, ruh va boshqalar) sig‘inish, iltijo qilish. Ibodat har qanday dinga xos.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Allohga qilgan ibodating birovlarning senga taʼzim qilishlariga sabab boʻlmasligi kerak[1].

Garchi ustundek qoyim boʻlsang ham, to qorningga halolmi yoki harommi — nima kirayotganini qaramas ekansan, ibodatingning foydasi yoʻq[2].

Ibodatdan yiroqlashgan osiylikka yaqinlashadi[3].

Ibodat hunardir: ustaxonasi — xilvat, dastmoyasi — sunnatga amal qilmoq, foydasi esa — jannat[1].

Ibodatning asosi uch ustunga ega: koʻz, qalb, til. Koʻz — borlikdan ibrat olish uchun, qalb — tafakkur uchun, til — toʻgʻri soʻzni aytish va Allohni zikr etish uchundir[4].

— Abulhasan Zanjoniy

Ibodatning kaliti fikrdadir. Istaklarning alomati shahvatlar ketidan quvishdadir. Allohga tavakkulning (suyanish) alomati esa istaklardan voz kechishdir[5].

Menga aytishlaricha, ibodatlar oʻn boʻlajakdir: toʻqqiztasi tirikchilik talabida va bittasi biz bilgan ibodatdir[6].

Toat Allohning xazinasida saqlab qoʻyilgandir. Uning kaliti – duo, kalitning tishlari – halol luqma[7].

Toatning ildizi uch narsadadir: qoʻrquv, niyat va muhabbatda[3].

Toatning lazzat va halovatiga magʻrur boʻlmagilki, bu solik uchun zahri qotildir[8].

Vaqtiki banda ibodatda sodiq boʻlsa, ibodat vaqtida huzur-halovat topadi[9].

Yaxshilik molingizni va farzandlaringizni koʻpaytirishda emas. Balki ilmingiz va hilmingizni ziyoda qilishda, odamlarga ibodatingiz bilan magʻburlanmasligingizdadir. Solih amal qilsangiz, Alloh taologa hamd ayting. Gunoh qilib qoʻysangiz, Alloh taolodan magʻfirat tilang[10].

Oʻn olti yildan beri toʻyib ovqatlanmadim. Zero, koʻp yeyish badanni ogʻirlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi[11].

Oʻzing va shahvatlaring oʻrtasiga temir devor qurmas ekansan, ibodatdan halovat topa olmaysan[5].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Tursun 2006, s. 38.
  2. Tursun 2006, s. 54.
  3. 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 56.
  4. Tursun 2006, s. 148.
  5. 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 94.
  6. Tursun 2006, s. 179.
  7. Tursun 2006, s. 52.
  8. Tursun 2006, s. 51.
  9. Tursun 2006, s. 28.
  10. Tursun 2006, s. 139.
  11. Tursun 2006, s. 84.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.