Tohir Malik
Qiyofa
| Tohir Malik | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
27-dekabr 1946 Toshkent |
| Vafoti | 16-may 2019 |
| Qardosh loyihalar | |
Tohir Malik (asl ismi Hobilov Tohir Abdumalikovich; 1946-yil 27-dekabr, Toshkent, OʻzSSR — 2019-yil 16-may) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi. Oʻzbek adabiy fantastikasining asoschilaridan biri, maʼrifat arbobi. „Doʻstlik ordeni“ sohibi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Kim koʻproq rost gapiradi?
Dushmanlar...
Kim koʻproq yolgʻon soʻzlaydi?
Doʻstlar va sevishganlar...[manba kerak] - Dunyoda uch jumboq bor emish:
— oʻlim;
— osmon sirlari;
— ayol muhabbati.[manba kerak] - Qaysi xalqning diyonatini bilmoqchi boʻlsang, ayollarining kiyinishiga qara.[manba kerak]
- Odamlar nimanidir bilmaganliklari uchun emas, balki oʻzlarini bilimdon va dono hisoblaganliklari sababli yanglishadilar, adashadilar.[manba kerak]
- Kam ichding nima-yu, koʻp ichding nima, farqsiz. Igna ham, qoziqning uchi ham koʻzga kirar boʻlsa, baribir koʻr qiladi.[manba kerak]
- Na uchun quvildi jannatdan shayton,
Bilasanmi sen? Faqat demagilki:
„Insondan malaka oʻrganmoq uchun“.[manba kerak]
Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor
[tahrirlash]Muddao
[tahrirlash]- Yashayotgan uyingizni bobongiz yoki dadangiz qurib bergan. Lekin „oila“ deb atalmish saroyni sizlarga birov qurib bermaydi[1].
Birinchi gurung: Ota meros
[tahrirlash]- Bola uchun ajratilgan besh-oʻn daqiqa vaqt kelajakda oylab-yillab davom etadigan qaygʻu-alamlar oldini olishini anglab yetgan ota-ona naqadar baxtli![2]
Ikkinchi gurung: Koʻngil ishi
[tahrirlash]- Yoshlar qaynoqqon boʻladilar, ular bilan oʻchakishmay, balki ozgina yon bosib, qattiq gaplariga yumshoqlik bilan javob qaytarish kerak[3].
Uchinchi gurung: Doka roʻmol qachon quriydi?
[tahrirlash]- Ayol bilan tanishi uchun bir necha daqiqa yetarli, uni yaxshi bilish uchun esa yillar kerak[4].
- Aksariyat yaxshi erning qadriga yetmagan xotinga Alloh yanada zolimroq erni, soliha ayolning qadriga yetmagan erga esa kuydiruvchi xotinni roʻpara qilib qoʻyadi[5].
- Oʻz uyida baxtli boʻlgan kishigina chinakam baxlidir. Xarob uydagi baxtsiz odamlardan tashkil topgan jamiyatning halokatga mahkumligi shundan kelib chiqadi[6].
- …oilasida halovati yoʻq odamning xizmat joyida ham halovati boʻlmaydi[7].
Toʻrtinchi gurung: Baxtiyorlik ayyomi
[tahrirlash]- Tulporga chavandoz qay koʻz bilan qaraydi-yu, qassob qay nazar bilan boqadi?[8]
- Tijoratda omadimiz kelgan paytda karra jadvalini oʻrgatgan ustozni eslaymizmi?[9]
- …agar adashgan birodarimizni yaxshilik yoʻliga daʼvat etsak, baxt qasriga faqat shu yoʻl orqali borilajagini anglata olsak, demak baxtga erishuviga hissa qoʻshibmiz. Hidoyatdan nari yoʻllarda tentirayotgan birodarimizga befarq qarabmizmi, demak, uning baxtsizligiga sherik boʻlibmiz[10].
- Odam bolasi oʻzgalar baxti uchun xizmat qilsagina oʻz baxtini topa oladi. Birovning shodligi va baxti uchun qanchalik xizmat qilsa, oʻzi ham shunchalik baxtga daʼvogar boʻlishi mumkin. Eng baxtiyor kishi kim? Iloji boricha koʻproq odamlarning baxtli boʻlishlari uchun xizmat qilgan odam emasmi?[10]
- Odamning baxti orzu va taʼmalariga qarab boʻladi. Eng taʼmagir odam — baxti eng oz odamdir[11].
- Ulamolar derlarkim: „Allohning imtihoni bizni bilish uchun emas, bizni oʻzimizga bildirish uchundir“[12].
Beshinchi gurung. Sabru tahammul
[tahrirlash]Oltinchi gurung: Halol nima-yu harom nima?
[tahrirlash]Yettinchi gurung: „Nafsim mening balodir…“
[tahrirlash]- Oʻzini anglash talabida boʻlgan kishi bir kechani bekor oʻtkazish yoʻli bilan „tamom, endi hammasini boy berdim“, deb umidsizlikka tushmaydi. Tabiiyki, bir kechalik mehnat bilan ham darrov oʻzni anglash darajasiga yeta olmaydi. Yaʼni, nafsni poklash va uni chiroyli amallar bilan ziynatlash talabida boʻlgan kishi bir kunlik ibodati bilan bu darajaga yetolmaydi, bir kunlik maʼsiyati tufayli undan mahrum boʻlib qolmaydi[13].
- Insonlar „hayot nima?“ degan savolga javob izlab, faylasuflik qiladilar. Bu savolga eng toʻgʻri javobni zax lahad va sovuq qabrtoshlari javob bermaydilarmi? Hayot, donolar taʼkid etganlaridek, beshik va tobut orasidagi tor bir yoʻlak emasmi?[14].
Sakkizinchi gurung: Yomonliklar onasi
[tahrirlash]- Odamzotning illatlarini: „Bunisi yaxshi“, „Bunisi juda yomon“ deb saralab boʻlmaydi. Yaxshi odam illatning barchasidan nafratlanadi[15].
- Baʼzan ichkilik qoʻyilgan davralarda oʻtirishga majbur boʻlaman. Shunda ayrimlar sal istihola qilgan boʻlib: „Charchoqni koʻtaradi, ijozat bersangiz, ozgina-ozgina ichsak“, deyishadi. Shunda: „Ruxsatni mendan soʻramang, chunki buni men harom qilgan emasman“, degan mazmunda javob beraman. Baʼzilarga shu gap taʼsir qiladi, boshqalar: „Xudoning oʻzi kechiradi“, deb ichaverishadi. Xuddi Xudo ularga „Toʻyib ichib olaverlaring, keyin senlarni kechiraman“, deb tilxat berganday yoki vahiy yuborganday ishonch bilan gapirishadi[16].
Toʻqqizinchi gurung: Zulmat saltanati
[tahrirlash]- Giyohvandlik bir oilaning tashvishi emas. Bir mahalla, bir shahar, bir mamlakatning tashvishi emas. Bu butunjahon tashvishidir[17].
Oʻninchi gurung: Vafo guli
[tahrirlash]- Inson tabiatiga xos shunday fazilatlar borki, birini ikkinchisidan ayirgan holda tarbiya etib boʻlmaydi. Iffat va hayo, sadoqat va vafo shular jumlasidandir[18].
- Odam bolasi bevafo va behayo boʻlib tugʻilmaydi. Adashish oqibatida yoki notoʻgʻri tarbiya tufayli bu ruhiy xastalikkka chalinib qoladi. Shunday ekan, ularni muolaja qilishga urinish iffat egasining burchi[19].
- Odam bolasi unutmasinki, vafodorlik odamgarchilikni kuchaytiradi, soʻzidan qaytgan esa odamgarchilikni tark etadi...[20]
Oʻn birinchi gurung: Jondan ham qimmatli
[tahrirlash]- ...agar qiz bolaning turmushga chiqishidan oldin nomusli holda boʻlishi shart boʻlmasa, Alloh uni bokira qilib yaratmas edi[21].
- Bir gapni afsus bilan aytishim shart: keyingi paytda odam savdosi haqida, fohishalar haqida gapirilyapti. Baʼzilar buni iqtisodiy qiyinchilik bilan bogʻlashga urinishyapti. Buzuqlikka iqtisodiy kamchilik sabab emas, balki maʼnaviy qashshoqlik sabab[22].
- Agar odamlarga shahvatlarini tartibsiz ravishda, xohlagan yoʻl bilan qondiraverishlariga ijozat berilsa, tezda insoniyat va uning madaniyati, maʼnaviyati halokatga uchraydi[24].
- Agar inson oilaviy hayotning masʼuliyati, ogʻirliklari va mashaqqatlarini boʻyniga olmasdan, faqat shahvatini qondirishga harakat qiladigan boʻlsa, undan hech qachon bola tarbiyalashda, oila va jamiyatda biror foydali ishni kutib boʻlmaydi[25].
Oʻn ikkinchi gurung: Vijdon niqobi
[tahrirlash]- Kim farzandini kichikligidayoq hayosizlikka oʻrgatsa, ularni katta boʻlishgach, hayoga oʻrgata olmaydi[27].
Oʻn uchinchi gurung: Qarindoshlar
[tahrirlash]Yana qarang
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Malik 2019, s. 4.
- ↑ Malik 2019, s. 31.
- ↑ Malik 2019, s. 92.
- ↑ Malik 2019, s. 105.
- ↑ Malik 2019, s. 106.
- ↑ Malik 2019, s. 107.
- ↑ Malik 2019, s. 108.
- ↑ Malik 2019, s. 125.
- ↑ Malik 2019, s. 130.
- ↑ 10,0 10,1 Malik 2019, s. 131.
- ↑ Malik 2019, s. 133.
- ↑ Malik 2019, s. 134.
- ↑ Malik 2019, s. 220.
- ↑ Malik 2019, s. 228.
- ↑ Malik 2019, s. 251.
- ↑ Malik 2019, s. 256.
- ↑ Malik 2019, s. 279.
- ↑ Malik 2019, s. 280.
- ↑ Malik 2019, s. 283.
- ↑ Malik 2019, s. 287.
- ↑ Malik 2019, s. 294.
- ↑ Malik 2019, s. 301.
- ↑ Malik 2019, s. 302.
- ↑ Malik 2019, ss. 312.
- ↑ Malik 2019, ss. 312–313.
- ↑ Malik 2019, s. 329.
- ↑ Malik 2019, s. 335.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Malik, Tohir. Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor. Toshkent: „DAVR PRESS“ nashriyoti, 2019 — 685-bet. ISBN 978-9943-5555-2-5.