Kontent qismiga oʻtish

Toki Mabogunje

Vikiiqtibosdan olingan
Toki Mabogunje
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 7-fevral 1961
Qardosh loyihalar


Toki Mabogunje — nigeriyalik huquqshunos, teleradioboshlovchi, shoira va biznes maslahatchisi. Toki Mabogunje Lagos Savdo-sanoat palatasining (LCCI) uchinchi ayol prezidenti hamda Toki Mabogunje & Co. asoschisidir. Toki Jahon palatalari federatsiyasi boshqaruv kengashi a’zosi hisoblanadi. Toki Mabogunje Ile-Ifedagi Ife universiteti (hozirgi Obafemi Awolowo universiteti)da huquq bo‘yicha tahsil olgan. Angliyaning Exeter universitetida xalqaro biznes huquqi bo‘yicha LLM darajasini olgan. Mabogunje 2014-yilda Butunjahon teatr kuni munosabati bilan “Yil shaxsi” va NANTAP tomonidan Madaniyat elchisi sifatida taqdirlangan.

Iqtiboslari

[tahrirlash]
  • Moliya — biznesning qonidir. FINTECH moliyaga kirish imkoniyatini kengaytirmoqda va umumiy talab hamda investitsiyani oshirishga yordam bermoqda[1].
  • Nigeriyaliklar xayriya kutmayapti, ularga faqat imkoniyat berish kerak, qolganini o‘zlari qiladi. Odamlar juda tadbirkor. Demak, mamlakat sifatida muammo inson salohiyati, intilish yoki rivojlanish istagining yetishmasligida emas, balki yaxshi siyosatning, iqtisodiyot borasidagi yaxshi boshqaruvning va barcha nigeriyaliklar qaysi ijobiy faoliyat bilan shug‘ullanishidan qat’i nazar ravnaq topa oladigan qulay muhitning yo‘qligidadir[2].
  • Hukumat ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi, bizneslar rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishi, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning xalqaro bozorda raqobatlasha olishini ta’minlashi hamda zarur infratuzilmani yo‘lga qo‘yishi kerak. Shunda Nigeriya o‘ziga o‘zi tayanadigan mamlakatga aylanadi. Boshqacha aytganda, biz raqobat ustunligiga ega bo‘lgan sohalarni aniqlashimiz, keyin zarur siyosatlarni ishlab chiqishimiz va eng muhimi, ishlab chiqilgan siyosatlarning to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlashimiz lozim[3].

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:


Manbalar

[tahrirlash]