Kontent qismiga oʻtish

Tolibiy

Vikiiqtibosdan olingan
Tolibiy
Qardosh loyihalar

Tolibiy (XVIII asrda yashagan) – oʻzbek shoiri.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Agar odam esang ogʻritma odam koʻnglini zinhor,
    Ki ahli maʼrifat nazdida Kaʼba qalbi moʻmindur[1].
  • Aqli rasolar yoʻldan adashmas,
    Mardi xiradmand hech haddin oshmas.
    Sohib farosat har yerda shoshmas[2].
  • Aqling yitirub boʻlma jahon mulkiga magʻrur,
    Hukmingda agar boʻlsa Buxoroyu Samarqand[3].
  • Bevafolarga koʻngul bersa agar har kimsakim,
    Mubtaloyi mehnati hijron ekandur bilmadim[4].
  • Boʻlgin davomat xoʻblar bilan yor,
    Qoch ahli sharrdin, albatta, zinhor[5].
  • Erur maqsad avlodi ila farzand,
    Ikki dunyoda qilgʻuchi barumand.
    Ulugʻlardin bu soʻz bordur muqarrar,
    Ki har odamda farzand oʻlmasa gar.
    Ani boʻlmas zamiri komi hosil.
    Boʻlur balkim sabobi dogʻi zoyil[6].
  • Ey yoronlar, norasolar birla qilmang ixtilot,
    Mardumi bemarhabolar birla qilmang ixtilot,
    Gumrohi berahnamolar birla qilmang ixtilot,
    Yoʻl yiturgan nobinolar birla qilmang ixtilot[7].
  • Gul gʻunchaligida xor ilandur,
    Ochildi bir oʻzga yer ilandur[8].
  • Har kimsaki anduh aning koʻnglida yoʻq,
    Tahqiq bil ani yaxshiki, odam emas[9].
  • Jahon gulzorida boʻyi vafo yoʻq,
    Zamon boʻstonida rangi baqo yoʻq[10].
  • Kelsa qoʻldin har kim ahdin vafo qilmoq kerak,
    Sidq ila oinai dilni safo qilmoq kerak[11].
  • Kimda-kim ahli jahondin bor ilm-u maʼrifat,
    Qilgʻusi oni barxurdor ilm-u maʼrifat[12].
  • Kimki orif ersa oʻz nafsiga,
    Dahrni bir zarra koʻzga ilmagʻay[13].
  • Magʻruri dunyo bemarhabodir,
    Behuda har soʻz bodi havodur,
    Har nomunosib ish noravodur[14].
  • Mashvaratsiz, betafakkur qilsa har ish har kishi,
    Ul kishining oqibat boʻlgʻay parishonliq ishi[15].
  • Mehnat kamola yetmay, rohat nishoni qayda,
    Topmas iloji korin bechora osiy banda[16].
  • Ne xush xislat erur axloqi neku,
    Neki qilding kelur oldinga oʻtru.
    Muruvvat pesha qilkim, hayyi sone,
    Yeturgay qilmayin ajringni zoye[17].
  • Oqil ulgʻon bilgay oqil qadrini[18].
  • Qilsang takabbur sharmandadursen,
    Har govu xardin ham gandadursen[19].
  • Samarasiz oʻtsa bu umring boʻlur tamomi abas.
    Ishingni puxta qil, aknun har ishning xomi abas[20].
  • Soʻz lazzatini odami nodon bilmas,
    Nechunki asal lazzatini hayvon bilmas[21].
  • To kajlik ila boʻyla mador etdi falak,
    Berahmlik ishini shior etti falak.
    Nodonni aziz ham mukarram aylab,
    Dono kishilarni asru xor etti falak[22].
  • Yetushmakni oʻziga qilsa armon,
    Kerakkim himmat ila urgʻay aqsom[25].
  • Charx zoliki jahonda hech qilmas vafo,
    Oqil ersang aylama ul birla aqdi izdivoj[26].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 194.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 56.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 202.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 89.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 41.
  6. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 26.
  7. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 43.
  8. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 183.
  9. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 94.
  10. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 99.
  11. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 100.
  12. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 20.
  13. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 175.
  14. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 111.
  15. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 148.
  16. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 221.
  17. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 8.
  18. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 62.
  19. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 144.
  20. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 209.
  21. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 112.
  22. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 64.
  23. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 22.
  24. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 224.
  25. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 167.
  26. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 217.

Adabiyotlar

[tahrirlash]