Kontent qismiga oʻtish

Lev Tolstoy

Vikiiqtibosdan olingan
(Tolstoydan yoʻnaltirildi)
Lev Tolstoy

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 28 avgust (9-sentyabr) 1828
Yasnaya Polyana
Vafoti 7 (20) noyabr 1910
Astapovo
Qardosh loyihalar

Lev Nikolayevich Tolstoy (ruscha: Лев Николаевич Толстой; 1828-yil 28-avgust — 1910-yil 7-noyabr) — keng ommaga mashhur rus yozuvchisi, publitsist va diniy namoyonda, tolstovchilar harakatining ideologi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Aforizmlar — falsafiy mushohadalarni ifodalashning deyarli eng qulay shaklidir[1].
  • Aksari hollarda yoshlarning: men birovning aqli bilan yashamayman, degan gaplarini eshitasan. Oʻylab koʻrilganlarni oʻylab oʻtirish senga ne hojat? Tayyorini olib, olgʻa ketaver. Insoniyatning qudrati shunda[2].
  • Baxt-saodatni ehtiroslardan emas, oʻz qalbingizdan qidiring. Baxtning manbai tashqarida emas, ichimizdadir[3].
  • Bizda minglab yillar davomida milliard-milliard odamlar orasidan yetishib chiqqan buyuk donishmandlar tafakkurining shunday asl mevalari mavjudki, bu buyuk insonlarning aql durdonalari vaqt sinoviga chidash berib, gʻalvirdan oʻtib kelmoqda. Oʻrtamiyona narsalarning bari itqitib tashlanib, faqat oʻziga xos, teran, zarur narsalargina qolgan...[4]
  • Hamma dunyoni oʻzgartirish haqida oʻylaydi, lekin hech kim oʻzini oʻzgartirishni oʻylamaydi[5].
  • Hikmatli soʻz kitoblari aqlning mustaqil faoliyatiga nafaqat tazyiq oʻtkazadi, aksincha, mustaqil faoliyatga chorlaydi[6].
  • Koʻpincha baxt-saodat qidiramiz, vaholanki, u yonginamizda boʻladi. Xuddi koʻzimizda turgan koʻzoynakni koʻpincha qidirganimiz kabi[5].
  • Loʻnda fikrlarning afzalligi shundaki, ular jiddiy kitobxonni oʻzicha oʻylashga majbur etadi[2].
  •  

Odamlarga muhabbating boʻlmasa, jim yuraver! Oʻz ishing bilan, buyumlar bilan, istagan narsang bilan shugʻullangin-u, faqat odamlar bilan emas. Ishtaha boridagina ovqatlanish ziyonsiz va foydali boʻlgani kabi sevgan paytingdagina odamlar bilan munosabatda boʻlish foydali va ziyonsizdir... [„Tirilish“ asaridan]

  • Vatan nima demak? Bu, oʻzining tarixiy harakatini mazkur maydonda kamolga yetkazadigan bus-butun xalqdir. Bu, xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagidir. Bu, uning rang-barang madaniyati, tili, xarakteri, bu, u tomondan amalga oshirilgan inqilobiy maqsad, tarixiy oʻzgarishlar va uning tarixidagi muhim bosqichlaridir[9].
  • Vatanparvarlik — yolgʻiz oʻz vataniga mehr qoʻyishdan iboratgina emas. Bu juda katta his... Bu — vatan bilan oʻzini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir[10].
  • Shunday fikrlar borki, ularni benihoya keng maʼnoda qoʻllash mumkin; shu sababdan bunday fikrlar qanchalik koʻpchilikka mos shaklda ifodalangan boʻlsa, aql va yurakka shunchalik koʻp oziq beradi, ular shu darajada chuqur his etilgan fikrlar boʻlib chiqadi[1].

Yana qarang

[tahrirlash]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Voronsov 1989, s. 9.
  2. 2,0 2,1 Voronsov 1989, s. 11.
  3. Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet. 
  4. Voronsov 1989, s. 6.
  5. 5,0 5,1 5,2 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet. 
  6. Voronsov 1989, ss. 10–11.
  7. Voronsov 1989, s. 24.
  8. Voronsov 1989, s. 19.
  9. Voronsov 1989, ss. 16–17.
  10. Voronsov 1989, s. 18.

Adabiyotlar

[tahrirlash]

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: