Kontent qismiga oʻtish

Xotin

Vikiiqtibosdan olingan
(Turmush oʻrtoqdan yoʻnaltirildi)
Xotin

Qardosh loyihalar

Xotin, rafiqa, zavja, turmush oʻrtoq — biror erkak nikohidagi ayol.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Aksariyat yaxshi erning qadriga yetmagan xotinga Alloh yanada zolimroq erni, soliha ayolning qadriga yetmagan erga esa kuydiruvchi xotinni roʻpara qilib qoʻyadi[1].

Tohir Malik, „Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor“ asari, „Uchinchi gurung: Doka roʻmol qachon quriydi?“ boʻlimidan

Aql-idrokdan mahrum boʻlgan bosh — suvsiz chashmaga, adabsiz, tarbiyasiz yigit — egar-jabduqsiz otga, sharm-hayosiz xotin — tuzsiz taomga, ilmiga amal qilmagan olim — xushboʻy, ammo guli yoʻq boʻstonga oʻxshaydi[2].

Dil oromi — yaxshi boʻlsa gar xotin,
Yomon boʻlsa, undan Xudo asrasin[3].

Eriga tik gapirmagan xotin xotinlarning afzalidir[4].

Erkak uchun eng yaxshi libos — shirinsoʻzlik, xotin uchun eng aʼlo kiyim — ochiq yuzlik[5].

Eng yaxshi xotin shunday xotinki, u hayoli va oriyatli boʻladi. Eng muhimi, oilada toʻkin-sochinlik va barakaning sababchisi boʻladi[6].

Kishi ahli ayoliga ishlatish uchun qarz soʻrab, keyin uni uzishga harakat qilsa-yu shu qarz bilan vafot etib qolsa, Alloh taolo uning daʼvogarlarini rozi qiladi[7].

Koʻcha sevgisi uyni barbod etar,
Uyingni xotin mehri obod etar[8].

Vafoli xotinning bahosi yoʻqdir,
Vafosiz boʻlsa gʻar koʻziga uqdir!

Xotinining nafsoniy orzulariga boʻysungan har bir erkakni Alloh jahannam otashiga otmay qoʻymaydi[8].

Xotinlarda iffat, poklik eng ulugʻ jamoldir. Xiyonatga xiyonat qilish bilan qarshi turma, balki xoinlarni tark et[3].

Xotinlarga itoat etmang. Ularga qarshilik qilib turmasangiz, uydan baraka ketadi[9].

Xotinlarning eng yaxshisi shundaki, ham bola oʻstiradi, ham mehr koʻrsatadi.

Xotinning er ustidagi haqqi beshtadir: ayol avrat boʻlgani uchun uning satrdan chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, chunki bu – gunoh va erkaklik gʻururining toptalishidir; xotiniga tahorat, namoz, roʻza kabi zarur ilmlarni oʻrgatish; uni haloldan ovqatlantirish, chunki, goʻsht haromdan oʻssa, olov bilan eriydi; unga zulm qilmaslik, chunki ayol er uchun omonatdir; agar xotin haddidan oshsa, bundan ham yomonroq holatga tushib qolmasligi uchun unga nasihat qilish[10].

Xotinning iffatierning izzati.

Xotinning jihodi – erga itoat etmoqlikdir[8].

Xotin sodiq ani sevgil aziz er,
Har ogʻir ishda ham doim seni der.
Unga doʻst boʻlgil, uni sevgil, koʻngul ber.
Uning soʻz bahridan gavharlarin ter.

Xotin zoti agar qalbing ular ishqiga giriftor boʻlganini sezsa, burningni tuproqqa ishqaydi[12].

Yaxshi xotin erni yoshartiradi.

Yaxshi xotin — jon malhami[10].

Qobus

Yomon xotin misoli goʻzal kiyingan chayonning oʻzidir[3].

Yosh xotinning biqinida chol yotgandan koʻra shu biqinga kamon oʻqi botgani yaxshi[10].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Malik 2019, s. 106.
  2. Tursun 2006, s. 160.
  3. 3,0 3,1 3,2 Tursun 2006, s. 179.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 182.
  5. Tursun 2006, s. 148.
  6. Tursun 2006, s. 182.
  7. Tursun 2006, ss. 180–181.
  8. 8,0 8,1 8,2 Tursun 2006, s. 177.
  9. Tursun 2006, s. 176.
  10. 10,0 10,1 10,2 Tursun 2006, s. 180.
  11. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 178.
  12. Tursun 2006, s. 178.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Malik, Tohir. Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor. Toshkent: „DAVR PRESS“ nashriyoti, 2019 — 685-bet. ISBN 978-9943-5555-2-5. 

Havolalar

[tahrirlash]