Ursula von der Leyen
Qiyofa
| Ursula von der Leyen | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
8-oktyabr 1958 Ixelles |
| Qardosh loyihalar | |
Ursula Gertrud von der Leyen (qizlik familiyasi Albrecht; 1958-yili 8-oktyabr tugʻilgan) – germaniyalik siyosatchi va shifokor boʻlib, 2019-yil 1-dekabrdan buyon Yevropa komissiyasi prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi.
Iqtiboslari
[tahrirlash]- Ukrainadagi urush davom etar ekan va ukrainlar oʻz yurtlari uchun jasorat bilan kurashar ekan, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga koʻmagi hamda tajovuzkor – Putinning Rossiyasiga qarshi iqtisodiy sanksiyalarini yana bir pogʻonaga koʻtarmoqda. Yevropa Ittifoqi oʻz tarixida birinchi marta hujum ostidagi mamlakat uchun qurol-yarogʻ va boshqa jihozlarni xarid qilish hamda yetkazib berishni moliyalashtiradi. Bu tub burilish nuqtasidir[1].
- Men ushbu iqtisodiy sanksiyalarning iqtisodiyotimizga ham maʼlum bir yuk boʻlishini juda yaxshi bilaman. Men buni bilaman va Yevropa xalqiga rost gapirmoqchiman. Biz ikki yil davomida COVID-19 pandemiyasini boshdan kechirdik. Va hammamiz endi iqtisodiy hamda ijtimoiy tiklanishga eʼtibor qaratishni istagandik. Ammo ishonamanki, Yevropa xalqi bu shafqatsiz tajovuzga qarshi turishimiz kerakligini juda yaxshi tushunadi. Ha, erkinlikni himoya qilishning oʻz bahosi bor. Lekin bu tarixiy ahamiyatga ega lahzadir. Va bu – biz toʻlashga tayyor boʻlgan bahodir. Chunki erkinlik bebaho, muhtaram aʼzolar. Bu bizning tamoyilimiz: erkinlik bebaho[2].
- Men kecha Kyivda edim va Buchaga bordim. Buchada koʻrgan dahshatimni ifoda etishga soʻz topolmayman – bu odamlarni dahshatga solayotgan Putinning armiyasining jirkanch basharasidir. Shu bilan birga, bunga qarshi kurashayotgan jasur ukrain doʻstlarimizga qoyil qolaman. Ular bizning urushimizni ham olib bormoqda. Bu – ular qatnashayotgan bizning kurashimizdir. Chunki bu faqat Ukrainaning oʻz suvereniteti va yaxlitligi uchun kurashi emas, balki insoniyat gʻolib boʻladimi yoki dahshatli vayronagarchilik ustun keladimi, degan savol hamdir. Bu – demokratiya kuchliroq boʻladimi yoki avtoritarizm hukmronlik qiladimi, degan savol. Bu – kuch hukqi ustun boʻladimi yoki qonun ustuvorligi, degan savol[3].
- Mening fikrlarim Gretsiya xalqi bilan birga. Butun Yevropa siz bilan birga motam tutmoqda. Shuningdek, barcha jarohatlanganlarning tezroq sogʻayishini tilayman[4].
- Bu shunday qitʼa qurish fursatiki, unda siz kim boʻlsangiz, oʻsha boʻlib yashay olasiz, kimni sevishni istasangiz, oʻshani seva olasiz va istaganingizcha yuksak marralarni koʻzlay olasiz[5].
- Sakkiz million yosh na ish bilan band, na taʼlimda, na kasbiy tayyorgarlikda. Ularning orzulari toʻxtab qolgan, hayotlari esa goʻyo pauzaga qoʻyilgandek. Bu nafaqat katta shaxsiy iztiroblarga sabab boʻlmoqda. Bu, ayni paytda, raqobatbardoshligimiz oldidagi eng jiddiy toʻsiqlardan biridir[5].
- Raqobat faqat adolatli boʻlgandagina haqiqiy raqobat boʻladi. Juda koʻp hollarda kompaniyalarimiz xorijiy bozorlardan chetlatiladi yoki talonchi amaliyotlar qurboniga aylanadi. Koʻpincha ular ulkan davlat subsidiyalaridan foyda koʻrayotgan raqobatchilar tomonidan narx jihatidan bosib ketiladi[5].
- Yevropa raqobat uchun ochiq, ammo tubanlik sari poyga uchun emas. Biz oʻzimizni nohaq amaliyotlardan himoya qila olishimiz kerak[5].
- Toʻrt yil avval Yevropa yashil kelishuvi tarixning chaqirigʻiga bergan javobimiz edi. Va bu yoz – Yevropada qayd etilgan eng issiq yoz – buning naqadar dolzarb ekanini yana bir bor yaqqol koʻrsatdi[5].
- Tabiatning yoʻqolishi nafaqat hayotimiz poydevorini yemiradi, balki uy degan tuygʻuning oʻzini ham zaiflashtiradi[5].
- Kengayish borasidagi eski, ikki qutbli bahslardan oʻtishimiz kerak. Bu integratsiyani chuqurlashtirishmi yoki Ittifoqni kengaytirishmi, degan savol emas. Biz ikkalasini ham qila olamiz va qilishimiz ham kerak[5].
- Yaxshi xabar shuki, har bir kengayishdan keyin bu bizni samarasizroq qiladi deganlarning notoʻgʻri ekanligi isbotlangan[5].
- Sunʼiy intellektdan xavfsiz va axloqiy foydalanish boʻyicha eng kamida global standartlarni yaratish yoʻlida barcha ishlarni birlashtirishimiz kerak[5].
Havolalar
[tahrirlash]
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ „Statement by President von der Leyen on further measures to respond to the Russian invasion of Ukraine“, 2022-yil 27-fevral
- ↑ Yevropa parlamenti plenariyasidagi nutq, 2022-yil 7-mart
- ↑ „Stand Up For Ukraine“ global tadbiridagi nutqi, 2022-yil 9-aprel
- ↑ Gretsiyadagi poyezdlar toʻqnashuvi haqidagi xabar, CNN, 2023-yil 1-mart
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 5,7 5,8 State of the European Union 2023 boʻyicha sharh, Euronews, 2023-yil 13-sentabr
