Kontent qismiga oʻtish

Vikiiqtibos:Iqtibos keltirish tartibi

Vikiiqtibosdan olingan
(VQ:IKTdan yoʻnaltirildi)
Vikiiqtibos qoida va koʻrsatmalari
Tamoyillar
Odob-axloq qoidalari
Boshqa

Iqtiboslarni keltirish tartibi uning Vikiiqtibosda loyiqligiga bogʻliq. Sahifa yoki muayyan iqtibosni kiritish uchun mutlaq mezon mavjud emas. Biroq, ularning bu toʻplamga kiritilishga loyiq yoki loyiq emasligini aniqlashda bir qator omillar mavjud. Baʼzi omillarga beriladigan eʼtibor sahifa mavzusiga qarab oʻzgaradi:

  1. Shaxsiyat yoki badiiy qahramon;
  2. Kitob, film yoki boshqa asarlar;
  3. Turli xil mavzular.

Iqtibos keltirish meʼzonlari

[tahrirlash]

Iqtibos keltirishga oid omillar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  1. Iqtibos ishonchli va nufuzli manbadan olinganligini tasdiqlash mumkinmi?
  2. Iqtibos kimga yoki qaysi asarga nisbat berilayotgan boʻlsa, aslida oʻsha muallifga tegishlimi?
  3. Iqtibos mavzusi eʼtiborga molikmi? U sevgi, adolat yoki yolgʻizlik kabi inson hayotining keng qamrovli jihatlari haqidami? Yoki aksincha, tipratikanlar, tushlikdagi goʻsht yoki yangi mashinaning hidi kabi tor yoki maishiy mavzular haqidami? Agar iqtibos maishiy mavzu haqida boʻlsa, muallif bu mavzuda alohida bilimga egami? Agar iqtibos boshqa shaxs haqida boʻlsa, oʻsha shaxs juda taniqli va eʼtiborga loyiqmi?
  4. Iqtibos keltirilgan muallif yoki asar eʼtiborga loyiqmi? Agar shunday boʻlsa, ular juda mashhurmi, oʻrtacha tanilganmi yoki deyarli hech kim tanimaydimi? Ular iqtiboslar manbasi sifatida (masalan, shoir, mutafakkir yoki Jahongir Otajonov kabi) eʼtiborga loyiqmi?
  5. Iqtibos ayniqsa maʼnoli, purhikmat, fasohatli yoki taʼsirlimi?
  6. Iqtibos mustaqil ravishda keng tarqalganmi? U vaqt sinoviga bardosh berganmi yoki bardosh berishi ehtimoli bormi?

Boshqa holatlarda iqtibos keltirilishi mumkin boʻlgan materiallar Vikiiqtibos:Iqtibos keltirish chegarasi sahifasida muhokama qilingan mualliflik huquqi, sahifa uzunligi va boshqa cheklovlarga boʻysunishi mumkin.

Tasdiqlash omili

[tahrirlash]

Har qanday odam istalgan iqtibosni taniqli shaxs nomi bilan bogʻlab qoʻyishi mumkin. Shu sababli, biror jumlaning maʼlum bir shaxsga nisbat berilishi uning haqiqatan ham oʻsha muallifga tegishli ekanini isbotlamaydi[1].

Iqtibosning toʻgʻriligini tasdiqlash uchun u bevosita muallifning oʻz asarida uchrashi yoki ishonchli, nufuzli, mustaqil va xolis ikkilamchi manbada oʻsha muallifga tegishli deb koʻrsatilishi lozim.

Mos ikkilamchi manbalarga, masalan, oʻsha davr gazetalari yoki voqeaga bevosita guvoh boʻlganlarning yozma xotiralari kiradi[2]. Iqtiboslarning nashr etilgan iqtiboslar toʻplamda uchrashi uning mashhurligi va uzoq vaqt davomida qoʻllanib kelganini koʻrsatadi. Biroq, bunday toʻplamlar baʼzan iqtiboslarni notoʻgʻri mualliflarga bogʻlab qoʻyishi mumkin. Shu sababli, ular iqtibosning asl muallifga tegishli ekanini mustaqil dalil sifatida qabul qilib boʻlmaydi[3] .

Eng ishonchsiz manbalar esa – internetdagi turli veb-saytlarda faqat iqtibos va muallif nomi keltirilgan toʻplamlardir.

Anonimga nisbat berilgan iqtiboslar tasqidlash omilidan mustasno hisoblanadi. Biroq, Vikiiqtibosda joy olishi uchun bunday iqtiboslar boshqa qoʻllanish mezonlariga – jumladan, mashhurligi va uzoq muddat davomida saqlanib qolishiga – javob berishi shart.

Tasdiqlangan iqtiboslarni qaysi boʻlimga joylashtirish ularning manbasiga bogʻliq:

  • Iqtiboslar – agar iqtibos bevosita asl nutq, kitob, suhbat, film yoki boshqa asardan olingan boʻlsa;
  • Nisbat berilgan – agar iqtibos asl manbada uchramasa, biroq ishonchli ikkilamchi manbada keltirilgan boʻlsa;
  • Notoʻgʻri nisbat berilgan – agar iqtibos muallif yoki asar bilan keng bogʻlangan boʻlsa-yu, aslida boshqa muallif yoki asarda uchrasa;
  • Muallif yoki asarga keng tarzda nisbat berilgan, biroq asl asarda yoki ishonchli ikkilamchi nashrlarda uchramagan iqtiboslar maqola ichida emas, balki munozara sahifasida birinchi yozuv sifatida „Manbasiz“ boʻlimida qayd etilishi kerak.

Asliyat omili

[tahrirlash]

Iqtibos uni birinchi aytgan shaxsga yoki u birinchi marta uchragan asarga tegishli boʻlishi kerak.

Koʻplab asarlarda hammaga tanish, odatiy iboralar uchrashi mumkin. Ammo bunday iboralar keyingi asarlar uchun asl (original) hisoblanmaydi. Shuning uchun ular:

  • umumiy mavzular haqidagi sahifalarda keltirilishi mumkin;
  • lekin ularni shunchaki takrorlagan keyingi asar yoki muallif sahifasiga kiritish toʻgʻri emas.

Oddiy oʻzgarishlar ham yangi yoki asl iqtibos sifatida qabul qilinmaydi.

Istisnolar

[tahrirlash]

Bu qoidadan ikkita asosiy istisno mavjud:

  1. Iqtibos suhbat yoki matnning bir qismi boʻlsa, uni toʻliq kontentni koʻrsatish uchun kiritish mumkin.
  2. Iqtibos muayyan shaxs yoki asar bilan keng bogʻlanib ketgan boʻlsa, uni aslida boshqa manbadan chiqqanini tushuntirish maqsadida kiritish mumkin.

Iqtibos har doim asl manbaga bogʻlanishi lozim. Oddiy va hammaga tanish jumlalar keyingi asarlar uchun asl (original) emas, faqat yuqoridagi istisnolar asosida kiritilishi mumkin.

Mavzu omili

[tahrirlash]

Mavzuning ahamiyati

[tahrirlash]

Iqtibos mashhur yoki muhim mavzu haqida boʻlsa, uni keltirish ehtimoli yuqoriroq boʻladi. Baʼzi mavzular, masalan, sevgi yoki hayot, barchaga tanish va tez-tez tilga olinadigan mavzulardir. Kamroq eʼtiborga molik mavzulardagi iqtiboslar ham kiritilishi mumkin, biroq ular uchun asos yanada kuchli boʻlishi kerak. Bunday hollarda iqtibosni aytgan shaxsning mashhurligi yoki iqtibosning oʻziga xos badiiy va mazmuniy qiymati muhim omil boʻlishi mumkin. Masalan, „Begemot“ haqidagi iqtiboslarga qarang.

Shaxsiyatlar haqidagi iqtiboslarga kelsak, shaxsning iqtibos mavzusi sifatidagi ahamiyatini baholash yanada qiyin va murakkab. Lekin, shunga qaramay, hatto iqtibosga arzigulik hech narsa aytmagan boʻlsa ham, shaxs mavzu sifatida ahamiyatli boʻlishi mumkin.

Boshqa shaxsiyatlarni tanqid qiluvchi iqtiboslar

[tahrirlash]

Izohlar

[tahrirlash]
  1. Misol uchun, „Tarix oʻzini takrorlamaydi, ammo ohangdorlik qiladi“ jumlasi koʻpincha Mark Tvenga nisbat beriladi, biroq uning asarlarida bu jumla uchramaydi.
  2. Tarixiy gazeta maqolalari yoki zamondosh guvohlarning yozma dalolatlari bunga misol boʻla oladi.
  3. Masalan, „Dunyoda koʻrishni istagan oʻzgarishning oʻzi boʻl“ jumlasi koʻpincha Maxatma Gandiga nisbat beriladi, ammo manbalarda bu tasdiqlanmagan.