Vikiiqtibos:Manbalarga ishoratlar
Bu sahifa Vikiiqtibos koʻrsatmalaridan biridir. Koʻrsatmalar koʻplab foydalanuvchilar tomonidan qabul qilingan xulq-atvor standartlarini koʻrsatadi, lekin bu siyosat emas. Bemalol tahrirlang, lekin katta va muhim tahrirlarni munozara qilish kerak. |
| Vikiiqtibos qoida va koʻrsatmalari |
|---|
| Tamoyillar |
| Odob-axloq qoidalari |
|
| Boshqa |
Vikiiqtibosda faqat asl yoki nufuzli ikkilamchi manbalarda koʻrsatilgan iqtiboslargina joy olishi kerak.
Ularning joylashuvi quyidagilarga bogʻliq:
- Asl nutq, kitob, intervyu, film yoki boshqa asardan olingan boʻlsa „Iqtiboslar“ boʻlimida;
- Ishonchli ikkilamchi manbada topilgan boʻlsa „Nisbat berilgan“ boʻlimida;
- Muallif yoki asar bilan bogʻliq, ammo boshqa muallif yoki asarga tegishli boʻlsa „Notoʻgʻri nisbat berilgan“ boʻlimida;
- Muallif yoki asarga nisbat berilgan, biroq asl yoki nufuzli ikkilamchi nashrlardan manba koʻrsatilmagan iqtiboslar (munozara sahifasida birinchi yozuv sifatida) „Manbasiz“ boʻlimi ostida koʻrsatilishi lozim.
Manbasi koʻrsatilgan iqtiboslar
[tahrirlash]Iqtiboslar
[tahrirlash]Muallif yoki asarga tegishli iqtiboslar, muallif maqolasining „Iqtiboslar“ boʻlimida hech qanday izohsiz keltiriladi.
Nisbat berilgan
[tahrirlash]Muallifning maqolasidagi „Nisbat berilgan“ boʻlimida nufuzli ikkilamchi nashrlardan olingan, ammo asl manbaga oid boʻlmagan iqtiboslar keltiriladi.
Belgilar: Quyidagi kodni „Iqtibos“ boʻlimidan keyin joylashtiring:
{{disputed begin}}
== Nisbat berilgan ==
<small>''Nisbat berilgan: Ishonchli ikkilamchi manbada uchraydigan, ammo asl manbasi nomaʼlum boʻlgan iqtiboslar. Batafsil: [[Vikiiqtibos:Manbalarga ishoratlar]].''</small>
{{disputed end}}
Iqtiboslarni <small>…</small> va {{disputed end}} orasiga qoʻshing.
Notoʻgʻri nisbat berilgan
[tahrirlash]Bir muallifga yoki asarga tegishli, keng tarqalgan deb hisoblangan, ammo aslida boshqa muallif yoki asarga mansub boʻlgan iqtiboslar, muallifga aloqador boʻlmagan maqolaning „Notoʻgʻri nisbat berilgan“ boʻlimida toʻgʻri mualliflikka havola bilan keltiriladi.
Belgilar: Agar „Nisbat berilgan“ boʻlimi mavjud boʻlsa, undan keyin, yoʻq boʻlsa „Iqtiboslar“ boʻlimidan keyin quyidagilarni joylashtiring:
{{misattributed begin}}
== Notoʻgʻri nisbat qilingan ==
<small>''Notoʻgʻri nisbat qilingan: Muallif yoki asarga keng tarzda nisbat qilingan, ammo aslida boshqa manbaga oid boʻlgan iqtiboslar. Batafsil: [[Vikiiqtibos:Manbalarga ishoratlar]].''</small>
{{misattributed end}}
Iqtiboslarni <small>…</small> va {{misattributed end}} orasiga qoʻshing.
Manbasiz iqtiboslar
[tahrirlash]Muallif maqolasida biror muallifga tegishli, ammo uning asarlaridan yoki nufuzli ikkilamchi nashrlardan olinmagan iqtiboslar boʻlmasligi lozim. Bunday iqtiboslar, aksincha, munozara sahifasidagi „Manbasiz“ boʻlimida yozilishi kerak. Masalan, Mark Tvenga nisbat beriladigan „Tarix takrorlanmaydi, lekin oʻxshash voqealar sodir boʻladi.“ degan iqtibos shular jumlasidandir. Ilgari koʻplab maqolalar „Manbali“ va „Manbasiz“ qismlarga boʻlingan edi. Maqolalarda turgan manbasiz boʻlimlarni munozara sahifalariga koʻchirish lozim.
Belgilar: Munozara sahifasining yuqorisida quyidagilarni joylashtiring:
__TOC__
{{disputed begin}}
== Manbasiz ==
<small>''Manbasiz: Muallif maqolasida biror muallifga tegishli, ammo uning asarlaridan yoki nufuzli ikkilamchi nashrlardan olinmagan iqtiboslar boʻlmasligi lozim. Batafsil: [[Vikiiqtibos:Manbalarga ishoratlar]].''</small>
{{disputed end}}
Iqtiboslarni <small>…</small> va {{disputed end}} orasiga qoʻshing.
Ahmoqlik, hazil yoki buzgʻunchilik
[tahrirlash]Manbasi koʻrsatilmagan va odatda muayyan muallifga tegishli boʻlmagan iqtiboslarni olib tashlang. Bunga mavzu bilan bogʻliq boʻlmagan yoki u haqida aytilmagan iqtiboslar, hazil tariqasida kiritilgan va ochiqdan-ochiq vandalizm holatlari kiradi.
Iqtiboslarni koʻchirish
[tahrirlash]Iqtibosni koʻchirish yoki olib tashlashning barcha holatlarida, iltimos, tahrir izohi yozing. Bu boshqa foydalanuvchilariga bunday oʻzgartirishni nima uchun toʻgʻri deb hisoblaganingizni tushuntirishga yordam beradi. Misol uchun:
- Mmanba koʻrsatilgan iqtibos;
- Asl iqtibos topilgach, „Notoʻgʻri nisbat berilgan“ boʻlimiga koʻchirildi;
- Hazillashib qilingan tahrir olib tashlandi.