Kontent qismiga oʻtish

Sadoqat

Vikiiqtibosdan olingan
(Vafodan yoʻnaltirildi)
Sadoqat
Qardosh loyihalar

Sadoqat — chin qalbdan berilganlik; sodiqlik, vafodorlik.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Fosiqdan hayo tilama, zolimdan — vafo[1].

Inson tabiatiga xos shunday fazilatlar borki, birini ikkinchisidan ayirgan holda tarbiya etib boʻlmaydi. Iffat va hayo, sadoqat va vafo shular jumlasidandir.

— Tohir Malik, „Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor“ asaridan. Oʻninchi gurung: Vafo guli. 280-bet.

Odam bolasi unutmasinki, vafodorlik odamgarchilikni kuchaytiradi, soʻzidan qaytgan esa odamgarchilikni tark etadi...[2]

— Tohir Malik, „Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor“ asaridan. Oʻninchi gurung: Vafo guli. 280-bet.

Vafo koʻrsang birovdan qilma hayrat,
Vafo qilding, vafo boʻldi mukofot[3].

Vafoli odamning doʻstlari ham samimiy boʻladi[4].

Yolgʻon soʻzlash, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik kishining obroʻsini yoʻqotadi. Vafodorlik, sabr qilishlik, shoshma-shosharlikdan parhez qilish va tavozeʼ obroʻsini koʻtaradi[5].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Tursun 2006, s. 160.
  2. ↑ Malik 2019, s. 287.
  3. ↑ Tursun 2006, s. 178.
  4. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 100.
  5. ↑ Tursun 2006, s. 124.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]