Kontent qismiga oʻtish

Vahb ibn Munabbih

Vikiiqtibosdan olingan
(Vahb ibn Munabbahdan yoʻnaltirildi)
Vahb ibn Munabbih
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 655
Dhamar
Vafoti 738
Sanʼo
Qardosh loyihalar

Vahb ibn Munabbih (arabcha: وهب بن منبه‎; 694-yil – 728-yil) – tobein, isroiliyot roviysi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Agar sen balolar yoʻliga tushib qolsang, koʻzing quvonsin. Chunki bu yoʻldan paygʻambarlar va solih kishilar yurgandir. Agar rohatli yoʻl boshlansa, sen nafsingga yigʻlagin. Ularning yoʻlidan adashtirilibsan[1][2].
  • Alloh Adn jannatini yaratdi va unga qarab: „Sen jamiki takabburlarga haromsan!“ dedi[1][3].
  • Allohning neʼmatlari borasida oʻylamoq – ibodatning eng fazilatlilaridandir[1][4].
  • Dunyoda nafsoniy orzularni sevgan kishi xorlikka hozirlansin[1][5].
  • Garchi ustundek qoyim boʻlsang ham, to qorningga halolmi yoki harommi — nima kirayotganini qaramas ekansan, ibodatingning foydasi yoʻq[6].
  • Kishining tafakkuri uzaysa – biladi, bilsa – amal qiladi[1][7].
  • Odamlar ustidan kulish katta gunohlardan biridir[1].
  • Quruq nondan nariga oʻtgan – nafsoniy orzularni hozirlagandir[1][8].
  • Oʻz qoʻling bilan ado eta olmagan yaxshilikni boshqaning qoʻli bilan hech qachon qilolmaysan[1][9].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Tursun 2006, s. 91.
  3. Tursun 2006, s. 153.
  4. Tursun 2006, s. 66.
  5. Tursun 2006, s. 73.
  6. Tursun 2006, s. 54.
  7. Tursun 2006, s. 65.
  8. Tursun 2006, s. 72.
  9. Tursun 2006, s. 139.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.