Vasiliy Suxomlinskiy
Qiyofa
| Vasiliy Suxomlinskiy | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
28-sentyabr 1918 Vasylivka |
| Vafoti |
2-sentyabr 1970 Pavlish |
| Qardosh loyihalar | |
Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy (ukraincha: Василь Олександрович Сухомлинський; 1918-yil 28-sentyabr; Kirovograd, Ukraina – 1970-yil 2-sentyabr; Kirovograd, Ukraina SSR, SSSR) — pedagog, ukrain hamda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi. RSFSR (1957), SSSR (1968) Pedagogika Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi. Mehnat Qahramoni (1968).
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Agar sen oʻzingni majbur etmasang va oʻz-oʻzingga talabchan boʻlmasang, yuzta oʻqituvchini senga biriktirib qoʻyganlarida ham bundan hech natija chiqmaydi[1].
- Inson qadr-qimmatini oyoq osti qilish, oʻzini juda baland olib, boshqalarni nazarga ilmaslik katta nuqsondir[3].
- Jamiyat boyligi uni tashkil etgan shaxslarning rango-rangligidan tarkib topadi, chunki tarbiyaning oliq maqsadi — insonning oʻzi[4].
- Kollektivning tarbiyaviy kuchi haqida gʻamxoʻrlik qilish — bu kollektivdagi har bir kishining maʼnaviy boyligi va kamoloti haqida, oʻzaro munosabatlarning boyishi haqida qaygʻurishdan boshqa narsa emas[4].
- Kollektiv — qandaydir notayin toʻda emas. U oʻz shaxsiyatiga ega kishilarni birlashtirgan boy xazinadir[4].
- Kommunistik axloqning hal qiluvchi tomoni eʼtiqoddir. Bukilmas kommunistik eʼtiqodni shakllantirish — tarbiyaning bosh vazifalaridan biridir[5].
- Kommunistik axloq odamlarning ilgarigi tajribalarini inkor etmaydi, aksincha, uni oʻz tarkibiga oladi. Kommunistik axloq insoniyat axloqining yuksak formasidir[6].
- Vatanparvarlik — nomusli va nazokatli tuygʻudir... Muqaddas soʻzlarni ehtiyot qil, vatanga muhabbat xususida duch kelgan joyda ogʻiz koʻpirtirma. Yaxshisi — uning farovonligi va qudrati yoʻlida indamaygina mehnat qil[9].
- Yoningdagi kishini his qila bil, uning qalbiga kir, koʻzlariga boqib, ichki olamini — shodligi, qaygʻusi, baxtsizligi, gʻam-alamini koʻra bil[2].
- Oʻzga odamning daxlsizligi, nozikligi, hamiyatini ehtiyot qil, aya. Odamlarga yomonlik qilma, ranjitma, dilini ogʻritma, tashvish va notinchlikka qoʻyma[2].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Voronsov 1989, s. 35.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Voronsov 1989, s. 38.
- ↑ Voronsov 1989, s. 40.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Voronsov 1989, s. 32.
- ↑ Voronsov 1989, s. 27.
- ↑ Voronsov 1989, s. 6.
- ↑ Voronsov 1989, s. 41.
- ↑ Voronsov 1989, s. 18.
- ↑ Voronsov 1989, s. 19.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.