Kontent qismiga oʻtish

Vatan

Vikiiqtibosdan olingan
Vatan
Qardosh loyihalar

Vatan – kishilarning tugʻilib oʻsgan joyi, yurti, mamlakati; tarixan muayyan xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati, aholisi, oʻziga xos taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari majmui.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Agar hayot goʻzalligii haqida soʻz boradigan boʻlsa, vatan uchun kurashda fidokorlik koʻrsata bilish goʻzal hayotning eng yuksak namunasidir[1].

  Mixail Kalinin
  •  

Begona yurt vatan boʻla olmaydi[1].

  Iogann Volfgang fon Gyote
  •  

Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrabolar qimmatlidir; lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina „Vatan“ otli soʻzda mujassamlashgandir. Vatanga nafi tekkudek boʻlsa, — axir qaysi vijdonli odam uning uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan?[1].

  Sitseron
  •  

Bizni ona yangligʻ oq yuvib, oq taragan vatanni sevmoq, bu muqaddas burchdir[2].

  Mixail Sholoxov
  •  

Bizning mamlakatimizdan boshqa turli xil davlat va oʻlkalar ko‘p, lekin insonning tuqqan onasi ham, uning vatani ham bitta[2].

  Konstantin Ushinskiy
  •  

Eng maqbul fazilat — vatanga va odamzodga koʻrsatilgan xizmatda[1].

  Jak Delil
  •  

Eng yoqimli va dolzarb ishlar ham vatanga xavf soluvchi xatar oldida nari surib qoʻyiladi[1].

  Leonid Leonov
  •  

Faqat hamiyatsiz odamlargina vatan tuygʻusining goʻzal va yuksakligini his etolmaydilar[3].

  Ivan Pavlov
  •  

Har bir olijanob shaxs vatan bilan oʻzining qondosh aloqasini, jondoshligini teran his qiladi[2].

  Vissarion Belinskiy
  •  

Har kimning hayoti vatanga tegishlidir, binobarin, abjirlik emas, balki rasmana dovyuraklik unga foyda keltiradi[1].

  Pavel Naximov
  •  

Harqalay, eng muhimi: vatanga muhabbating, muhabbating va yana muhabbatingdir! Binobarin, shu muhabbat senga kuch-quvvat beradi, qolgan hammasini ham osongina hal qilasan[1].

  Mixail Saltikov
  •  

Kimda oʻz yurtiga boʻlmasa mehr,
U qalban shikasta, u qalban majruh[3].

  Taras Shevchenko
  •  

Kim vatanni xor qilsa — u oilasidan ham ayriladi[3].

  Pyer Kornel
  •  

Kim oʻz vataniga daxldor boʻlmasa, u insoniyatga ham daxldor emas[3].

  Vissarion Belinskiy
  •  

Kim oʻz yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi[3].

  Jorj Bayron
  •  

Maʼrifatli xalqlarning haqiqiy jasorati vatan yoʻlida qurbon boʻlishga hozir ekanliklarida aks etadi[1].

  Georg Vilgelm Fridrix Gegel
  •  

Vatandan tashqarida baxt yoʻq, har kim jonajon yerida ildiz otsin[1].

  Ivan Turgenev
  •  

Vatanga boʻlgan muhabbatim meni xorijiylar yutugʻidan koʻz yumishga majbur qilmaydi. Aksincha, vatanga muhabbatim qanchalik kuchli boʻlsa, vatanimni jahondagi gʻaznalar bilan yanada shunchalik boyitgim keladi[4].

  Voltaire
  •  

Vatanga muhabbat, avvalo, unga samimiyat, qizgʻinlik bilan, samarali istak bilan ezgulik va maʼrifat tilashdan iboratdir, uning mehrobiga hamma narsani, shirin jonni ham fido etish, undagi barcha yaxshi narsalarga qizgʻin hamdardlik bildirish hamda uning kamolot yoʻliga gʻov tushayotgan narsalarga qahrli boʻlmoqlikdir[5].

  Nikolay Nekrasov
  •  

Vatanga muhabbat — butunning bir boʻlagi singari, odamzodga boʻlgan mehru muhabbatdan vujudga kelishi kerak[6].

  Vissarion Belinskiy
  •  

Vatanga muhabbatdan iborat boʻlgan qonuniy ravishdagi xalq gʻururi oʻz-oʻziga bino qoʻyishdan mutlaqo farq qilishi kerak; biri ezgulik, ikkinchisi esa taraqqiyotga toʻsqinlik qiluvchidir...[7]

  Dmitriy Mendeleyev
  •  

Vatanga muhabbat mavhum tushuncha boʻlmay, tashkilotchilikni, taraqqiyot va madaniyatni talab qiladigan real ruhiy qudratdir[5].

  Lev Tolstoy
  •  

Vatanga nafi yoʻq yashalgan har kun,
Inson hayotida qolur bemazmun[8].

  Masʼud Salmon
  •  

Vatanga xiyonat qilmoq uchun qalban gʻoyatdan tuban boʻlmoq kerak[3].

  Nikolay Chernishevskiy
  •  

Vatan nima demak? Bu, oʻzining tarixiy harakatini mazkur maydonda kamolga yetkazadigan bus-butun xalqdir. Bu, xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagidir. Bu, uning rang-barang madaniyati, tili, xarakteri, bu, u tomondan amalga oshirilgan inqilobiy maqsad, tarixiy oʻzgarishlar va uning tarixidagi muhim bosqichlaridir[9].

  Lev Tolstoy
  •  

Vatan oldidagi burch inson uchun muqaddasdir[8].

  Vasiliy Suxomlinskiy
  •  

Vatanparvarlikning kuchi uning zamiridagi shaxsiy mehnat qimmati bilan proportsionaldir: daydi va tekinxoʻrlarga vatan tuygʻusi hamisha yot boʻlgan[3].

  Leonid Leonov
  •  

Vatanparvarlik — nomusli va nazokatli tuygʻudir... Muqaddas soʻzlarni ehtiyot qil, vatanga muhabbat xususida duch kelgan joyda ogʻiz koʻpirtirma. Yaxshisi — uning farovonligi va qudrati yoʻlida indamaygina mehnat qil[5].

  Vasiliy Suxomlinskiy
  •  

Vatanparvar — vatanga xizmat qilayotgan kishidir, vatan esa bu avvalambor xalqdir[5].

  Nikolay Chernishevskiy
  •  

Vatan sorigʻa yetkurdim qadamni,
Koʻngulga sabt etib sonsiz olamni[10].

  Mavlono Xurramiy
  •  

Vatan sogʻinchi hammaga bir xilda taʼsir qiladi: u oʻtmish manazaralarini ideallashtirilgan holda jilolantiradi, uning fazilatlari oshaveradi, kamchiliklari esa vaqt va masofa taqozosi bilan xiralashib boraveradi, oxiri tasavvurimizdan butkul oʻchib yoʻqoladi[3].

  Jorj Sand
  •  

Vatan uchun chala ish qilish, uning uchun hech nima qilmaslikdir[5].

  Maksimilyen Robespyer
  •  

Vatan gʻoyasi hamma uchun bir xil manfaatlidir. U halol kishilarda jasorat haqida fikr uygʻotadi, nopok kishilarni esa, agar vatan gʻoyasi boʻlmaganda qilishlari aniq boʻlgan koʻpgina qabihliklardan saqlaydi[8].

  Mixail Saltikov
  •  

Vatan gʻoyasi shonli yillarda ham, kundalik hayotda ham uning farzandlariga birdek hos boʻlmogʻi zarur, binobarin, bu gʻoyani chinakam his etgandagina kishi oʻzini grajdan deya hisoblashga haqlidir[8].

  Mixail Saltikov
  •  

Oʻzingni vatanga qanchalar yaqin his etsang, uni shu qadar jonli vujud kabi aniqroq va sevibroq tasavvur qilasan[1].

  Aleksandr Blok
  •  

Oʻz vataniga dogʻ tushirish — uni sotish degan soʻz[3].

  Viktor Gyugo
  •  

Oʻz vataningning farzandi boʻl, qadrdon tuproq bilan chambarchas bogʻliqligingni teran his qil, unga farzandona munosabatda boʻl, undan nima olsang, yuz hissa ortigʻi bilan qaytar[2].

  Konstantin Ushinskiy
  •  

Oʻz yurtidan yuz oʻgirganlar oʻz vijdonlaridan ham yuz oʻgiradilar[3].

  Yaroslav Galan
  •  

Shunday jinoyat borki, uni oqlab boʻlmaydi, — bu vatanga xiyonatdir[3].

  Pyer Buast
  •  

Choʻlda oʻrmalab yurgan jonivorlar ham tugʻilishdanoq oʻz makonlarini biladilar, havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham oʻz oshyonlarini his qiladilar, hatto bolari va shunga oʻxshashlar ham oʻz uyalarini muhofaza qiladilar, — shuning kabi odamlar ham qayerda tugʻilib parvarish topsalar, — oʻsha joyga cheksiz mehr qoʻygan boʻladilar[2].

  Frantsisk Skorina

Yana qarang

[tahrirlash]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 Voronsov 1989, s. 20.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Voronsov 1989, s. 17.
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 Voronsov 1989, s. 21.
  4. Voronsov 1989, s. 25.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Voronsov 1989, s. 19.
  6. Voronsov 1989, s. 24.
  7. Voronsov 1989, ss. 24–25.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Voronsov 1989, s. 18.
  9. Voronsov 1989, ss. 16–17.
  10. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 70.

Adabiyotlar

[tahrirlash]