Kontent qismiga oʻtish

Vatanparvarlik

Vikiiqtibosdan olingan
Vatanparvarlik

Qardosh loyihalar

Vatanparvarlik — bu kishilarning ona yurtiga, oʻz oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy boʻlgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuygʻu, maʼnaviy qadriyatlardan biri.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Haqiqiy vatanparvarlik barcha shaxsiy munosabat va manfaatlardan yuksakdir, u insoniyatga teran mehru muhabbat qoʻyish bilan uzviy bogʻlangan[1].

  Nikolay Dobrolyubov
  •  

Jonli, faol vatanparvarlik xususan shu bilan ajralib turadiki, u har qanday xalqaro adovatga barham beradi va inson shu tarzdagi vatanparvarlik bilan ruhlangan holda odamlarga foydasi tekkudek boʻlsa, butun insoniyat uchun mehnat qilgisi keladi[1].

  Nikolay Dobrolyubov
  •  

Kim boʻlishidan qatʼiy nazar, uning vatanparvarligi soʻzi bilan emas, ishi bilan isbot qilinadi[2].

  Vissarion Belinskiy
  •  

Olimaqom vatanparvarlik — vatan farovonligi yoʻlida benihoya jonbozlikdir[3].

  Nikolay Chernishevskiy
  •  

Sof vijdonli kishida vatanparvarlik oʻz vatani foydasiga mehnat qilish ishtiyoqidan boshqa narsa boʻlmasligi kerak va bu boshqa biron narsadan emas, balki iloji boricha koʻp va xoʻb ezgu ishlarr qilish istagidan kelib chiqadi[3].

  Nikolay Dobrolyubov
  •  

Vatanparvarlik — bizni mahliyo qilib qoʻymasligi kerak; vatanga muhabbat koʻr-koʻrona ehtiros emas, balki dono aql faoliyatidir[4].

  Nikolay Karamzin
  •  

Vatanparvarlikning kuchi uning zamiridagi shaxsiy mehnat qimmati bilan proportsionaldir: daydi va tekinxoʻrlarga vatan tuygʻusi hamisha yot boʻlgan[5].

  Leonid Leonov
  •  

Vatanparvarlikning tarbiyaviy ahamiyat juda katta, bu kishining bashariyat haqidagi gʻoyalar bilan ulgʻaytiradigan maktabdir[2].

  Mixail Saltikov
  •  

Vatanparvarlik — nomusli va nazokatli tuygʻudir... Muqaddas soʻzlarni ehtiyot qil, vatanga muhabbat xususida duch kelgan joyda ogʻiz koʻpirtirma. Yaxshisi — uning farovonligi va qudrati yoʻlida indamaygina mehnat qil[3].

  Vasiliy Suxomlinskiy
  •  

Vatanparvarlik tantanavor xitoblardan va umumiy gaplardan iborat emas, balki vatanga qizgʻin muhabbat hissi bilan ortiqcha dabdabalarsiz oʻz fikrini bildirish, faqat ezgulikdan hayratlanmay, balki muqarrar har qayerda, har qanday vatanda ham boʻladigan yozuvlikni jinidan battar yomon koʻrish demakdir[2].

  Vissarion Belinskiy
  •  

Vatanparvarlik — yolgʻiz oʻz vataniga mehr qoʻyishdan iboratgina emas. Bu juda katta his... Bu — vatan bilan oʻzini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir[2].

  Lev Tolstoy
  •  

Vatanparvar — vatanga xizmat qilayotgan kishidir, vatan esa bu avvalambor xalqdir[3].

  Nikolay Chernishevskiy
  •  

Vatanparvar — oʻz vatani kamoloti yoʻlida, oʻz xalqiga muhabbati tufayli ezguliklari tugul, jonini ham ayamaydigan insondir, xalqi va vatani ozodligi, farovonligi uchun oʻzini qurbon qiluvchi insondir[2].

  Mirza Oxundov
  •  

Yaqin-yaqinlarda ham vatanparvarlik vatandagi barcha yaxshi narsalarni madh etishdan iborat edi; vatanparvar boʻlmoq uchun endi bu narsalar kifoya qilmaydi. Chunonchi, barcha yaxshi narsalarni madh etishga hali bizda mavjud boʻlgan bemaʼniliklarni ayovsiz fosh qilish va taʼqib etish ham qoʻshilgan[3].

  Nikolay Dobrolyubov
  •  

Oʻtaketgan manman, ogʻiz koʻpirtirib maqtanadigan vatanparvarlarga toqat qilolmayman, lekin boqibegʻam skeptiklar, notayin kishilar, odamzod orasidagi tuturiqsiz avboshlash menga gʻarib va xunuk koʻrinishini aytib oʻtgim keladi[5].

  Vissarion Belinskiy

Yana qarang

[tahrirlash]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Voronsov 1989, s. 24.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Voronsov 1989, s. 18.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Voronsov 1989, s. 19.
  4. Voronsov 1989, ss. 19–20.
  5. 5,0 5,1 Voronsov 1989, s. 21.

Adabiyotlar

[tahrirlash]