Kontent qismiga oʻtish

Vikiiqtibos

Vikiiqtibosdan olingan
Vikiiqtibos

Qardosh loyihalar

Vikiiqtibos (viki va iqtibos soʻzlarining birikmasi; inglizcha: Wikiquote) – mashhur kishilar hamda asar qahramonlari iqtiboslarining erkin toʻplami. Vikipediya singari Vikiiqtibos ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan yuritiladi. Vikiiqtibos ilk bor ingliz tilida 2003-yil 10-iyulda ish boshlagan. Loyihaning oʻzbekcha boʻlimi esa 2007-yilning fevral oyida faol tahrir qilina boshlagan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  •  

Koʻpincha eslashga erinilgan hollarda har qanday hazil-mutoyiba Oscar Wilde yoki Dorothy Parkerga, har qanday chuqur fikr esa Gandi yoki Nelson Mandelaga nisbat beriladi. Vikiiqtibos — nozik iboralarning asl muallifi va toʻgʻri shaklini aniqlashda foydali manba hisoblanadi. Biroq Abraham Lincolnning quyidagi gapini yodda tuting: „Internetda o‘qigan har bir narsangizga ishonavermang“. [„Iqtibos va sado: odamlardan iqtibos keltirishning zavqlari va zararlari“, The Guardian (2014-yil 14-oktyabr).]

 
  Tom Calverley
  •  

Muxtasar qilib aytganda, Vikiiqtibosning maqsadi — mashhur shaxslar, kitoblar, filmlar va maqollardan iborat keng qamrovli iqtiboslar toʻplamini yaratishdir. Albatta, internetda allaqachon turli iqtiboslar toʻplangan koʻplab saytlar mavjud, biroq Vikiiqtibos tashrif buyuruvchilarga oʻz hissalarini qoʻshish imkoniyatini taqdim etuvchi kam sonli manbalardan biri sifatida ajralib turadi, bu esa juda yaxshi xususiyatdir. [„There's More To Wikimedia Than Wikipedia...“, Food for Translators (25 April 2015)]

 

Manbalar

[tahrirlash]