Vikiiqtibos:Himoyalash qoidalari
Qiyofa
Administratorlar sahifalar yoki tasvirlarni boshqa administratorlardan tashqari oʻzgartira olmaydigan tarzda „himoyalash“ imkoniyatiga ega. Shuningdek, sahifalar administrator boʻlmagan shaxslar tomonidan koʻchirilmasligi uchun „qotirib qoʻyilishi“ mumkin. Bu imkoniyatlardan faqat cheklangan holatlarda foydalanish lozim.
Himoya turlari
[tahrirlash]Himoyalashning bir necha turlari mavjud.
- Toʻliq himoyada faqat administratorlar sahifani tahrirlashi va koʻchirishi mumkin.
- Qisman himoyada sahifani faqat maʼlum tajribaga ega boʻlgan roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar tahrirlashi mumkin.
- Koʻchirishdan himoyada sahifani faqat administratorlar koʻchira oladi. Baʼzan sahifa tahrirlash uchun qisman himoyalangan, lekin koʻchirishdan ham himoyalangan boʻlishi mumkin. Shuni taʼkidlash joizki, himoya turidan qatʼiy nazar, roʻyxatdan oʻtmagan foydalanuvchilar va yangi yaratilgan hisoblarga Vikiiqtibos sahifalarini koʻchirishga ruxsat berilmaydi. Qarang: Foydalanuvchi huquqlari.
- Kaskadli himoyada nafaqat bir sahifa, balki unga bogʻliq boshqa sahifalar ham toʻliq himoyalangan boʻladi.