Vikiiqtibos:Oʻchirishga
Bu sahifada foydalanuvchilar sahifalarni oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatishadi. Soʻrovlar dalillarga asoslangan hamda Vikiiqtibos qoida va koʻrsatmalariga muvofiq boʻlishi lozim.
Oʻchirishga soʻrov qoldirish
[tahrirlash]I | Oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatmoqchi boʻlgan sahifangizga oʻting va uning eng boshiga {{oʻchirishga}} andozasini joylang.
|
II | Joylangan andozadagi qizil „Vikiiqtibos:Oʻchirishga/Nomzod sahifa nomi“ havolasi ustiga bosing va ochilgan oynaning yuqorisiga quyidagi satrni joylang:
|
III | Vikiiqtibos:Oʻchirishga sahifasiga oʻting va „Nomzodlar“ boʻlimining eng pastiga quyidagicha yozing:
|
Bundan tashqari, sahifalarni Twinkle yoki Adiutor kabi vositalar orqali ham oʻchirishga taklif qilishingiz mumkin.
![]() Arxiv |
---|
|
Oʻchirishga soʻrovni yopish tartibi
[tahrirlash]- Har qanday muhokama kamida yetti kun (168 soat) davom etishi kerak.
- Yakuniy xulosa ovozlar soniga emas, balki asosli dalillarga va Vikiiqtibos siyosatiga tayanadi.
- Taklif bergan foydalanuvchi barcha ishtirokchilar sahifani saqlab qolishni xohlasa, oʻz taklifini qaytarib olib, sahifani saqlab qolishi mumkin.
Buning uchun „VQ:Tezda saqlab qolish“ andozasidan foydalaniladi.
- Administratorlardan biri, agar u muhokamada qatnashmagan boʻlsa, yakuniy xulosani chiqarishi mumkin.
- Administrator boʻlmagan foydalanuvchi esa faqat maʼlum holatlarda xulosa chiqarishi mumkin. Bu haqida batafsil: Vikiiqtibos:Administrator boʻlmaganlar chiqaradigan xulosalar.
- Agar konsensus aniqlanmasa, muhokama „Konsensus yoʻq“ sifatida yopiladi yoki qayta ochiladi.
- Maxsus holatlarda muhokama 7 kundan oldin ham yopilishi mumkin.
- Yopilgan muhokama yuzasidan savollar yoki shikoyatlar foydalanuvchining munozara sahifasida muhokama qilinishi mumkin. Zarurat tugʻilganda esa Vikiiqtibos:Oʻchirishni koʻrib chiqish orqali apellyatsiya berilishi mumkin.
Agar siz maqolani tuzatib, uni saqlab qolishni oʻz zimmangizga olmoqchi boʻlsangiz,
{{saqlab qolaman}}
andozasidan foydalanishingiz mumkin:
Qoʻllanishi | Natija |
---|---|
{{saqlab qolaman|Ertaga}} | ![]() |
{{saqlab qolaman|5-mart|manba(lar) keltiraman.}} | ![]() |
Administrator boʻlmaganlar uchun xulosa chiqarish tartibi
[tahrirlash]Sahifani oʻchirishga taklif qilgan foydalanuvchi oʻz taklifini bekor qilib, agar barcha fikrlar saqlash yoʻlida boʻlsa, sahifani saqlab qolishi mumkin. Bu holatda muhokama toʻxtatiladi, lekin boshqa foydalanuvchilarning ishonchiga putur yetkazmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi.
Jarayon quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Oʻchirish muhokamasi sahifasidagi belgilash;
- Nomzodlar roʻyxatidan olib tashlash;
- Sahifa tepasidagi andozani olib tashlash.
Nomzodlar
[tahrirlash]Tiklash uchun soʻrovlar
[tahrirlash]Siz xato oʻchirilgandan keyin tiklash zarur deb hisoblayotgan maqolalarga soʻrovlarni Vikiiqtibos:Tiklashga sahifasida qoldiring.
Yana qarang
[tahrirlash]- Oʻchirishlar qaydlari
- Agar maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa nima qilmoq kerak?
- Vikiiqtibos:Sahifalarni oʻchirish qoidalari — dalillar keltirishga tavsiyalar ishlab chiqish