Kontent qismiga oʻtish

Vikiiqtibos:Tanlangan iqtiboslar

Vikiiqtibosdan olingan

„Tanlangan iqtibos“ — bu Vikiiqtibos loyihasida biror muallif, mavzu yoki asardan olingan eng sifatli, mazmunli, qisqa va oʻquvchiga ilhom beruvchi iqtibos boʻlib, u bosh sahifada koʻrsatish uchun tanlab olinadi.

Asosiy mezonlar

[tahrirlash]

Nomzod qilinayotgan iqtibos sifatli boʻlishi uchun quyidagi talablarga mos kelishi tavsiya etiladi:

  • Iqtibos ahamiyatga ega (mazmunan chuqur va esda qolarli) boʻlishi lozim;
  • Iqtibos tegishli sahifada nufuzli va aniq manba bilan tasdiqlangan boʻlishi shart;
  • Boshqa tildan tarjima qilingan iqtibos boʻlsa, asl matnni koʻrsatish tavsiya etiladi;

 Agar iqtibosning maʼnosi kontekst bilan sezilarli darajada bogʻliq (yaʼni, kontekstdan uzilgan holda maʼno yoʻqotadigan) boʻlsa, uni nomzodlikka bermaslik maqsadga muvofiq.

Muhokama va ovoz berish jarayoni

[tahrirlash]
  • Loyihaning har qanday ishtirokchisi yangi nomzod taklif qilishi mumkin;
  • Qarshi ovoz berishda, iltimos, fikringizni asoslab berishni unutmang. Bu konstruktiv muhokamani taʼminlaydi;
  • Muhokama muddati tugagandan soʻng, yetarli ovozli nominatsiyalar boʻlmasa ham (ovoz berilmagan nominatsiyalarda ham), tanlash mezonlariga moslik asosida yakuniy natija chiqarishga ruxsat beriladi.

Nomzodlikka qoʻyish

[tahrirlash]
  • Nomzod koʻrsatayotganda iqtibos muallifini koʻrsatishni unutmang;
  • Imzo qoʻyish (~~~~ yordamida) shart;
  • Yangi nomzodlarni yuqoriga qoʻshing. Agar muallif nomi bilan boʻlim allaqachon yaratilgan boʻlsa, yangi iqtibosni oʻsha boʻlimga qoʻshing.

Nomzod nomini «/»dan keyin kiriting va «Soʻrov ostsahifasini yaratish»ni bosing: