William Easterly
William Easterly | |
![]() | |
![]() |
William Easterly (talaffuzi: Uilyam Isterli; toʻliq ismi: William Russell Easterly; 1957-yil 7-sentyabrda tug‘ilgan) — amerikalik iqtisodchi.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
A
[tahrirlash]Agar xalq oʻz taraqqiyot yoʻlini malakali ishchilar bilan boshlagan boʻlsa, vaqt oʻtishi bilan malakali ishchilar yanada koʻpayadi. Agar u oʻz yoʻlini malakasiz ishchilar bilan boshlasa, bu ishchilar malakasizligicha qolaveradi[1]. — „The Elusive Quest for Growth“, 160-bet. |
I
[tahrirlash]Inflyatsiya yuqori boʻlganda sogʻlom oʻsishni taʼminlashga urinish Olimpiadadagi yugurish musobaqasida bir oyoqda sakrab gʻalaba qozonishga harakat qilishdek gap[1]. |
Iqtisodchilar asosli ravishda ishonadiki, erkin bozorlar va samarali davlat institutlarining maʼlum bir kombinatsiyasi iqtisodiy taraqqiyot yoʻlida samarali ekani tarixda oʻz tasdigʻini topgan (iqtisodiyotni kleptokratiya nazorat qiladigan totalitar tuzumlardan farqli oʻlaroq). Muammo shundaki, bu kombinatsiyani amalda qanday shakllantirishni, aynan qanday xatti-harakatlar erkin bozor va samarali davlat institutlarini yaratishga yordam berishini bilmaymiz, mavjud maʼlumotlardan foydalangan holda qay tarzda muvaffaqiyatga erishish mumkinligini aniqlay olmaymiz. Boshqacha aytganda, qanday qilib taraqqiyotga erishishni bilmaymiz[1]. — „Was Development Assistance a Mistake“, American Economic Review, vol. 97, no. 2 (May 2007) |
K
[tahrirlash]Kambagʻal jamiyatlarni tubda oʻzgartirishga urinish emas, balki kambagʻal odamlar uchun koʻproq imkoniyatlar yaratishga harakat qilish kerak[1]. |
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Charlz Uilan. Yalangʻoch iqtisodiyot: murakkab sohaning sodda qiyofasi. Toshkent: „Asaxiy Books“ loyihasi, „Nihol“ nashriyoti, 2023 — 540-bet. ISBN 978-9943-23-222-8.