Kontent qismiga oʻtish

Wolfgang Pauli

Vikiiqtibosdan olingan
Oddiy odam har doim "reallik" deganda o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan narsani nazarda tutadi; men uchun esa bu bizning davrimizdagi eng muhim va nihoyatda murakkab vazifa — reallik haqidagi yangi g'oyani shakllantirish ustida ishlashdir.

Wolfgang Ernst Pauli (1900-yil 25-aprel – 1958iyil 15-dekabr) — avstriyalik nazariy fizika hamda kvant fizikasining asoschilaridan biri hisoblanadi. 1945-yilda Albert Einstein tomonidan nomzodi ko‘rsatilgach, Pauli "tabiatning yangi qonunini — istisno prinsipi yoki Pauli prinsipini kashf etgani orqali hal qiluvchi hissa qo‘shgani uchun" Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Ushbu kashfiyot[spin nazariyasi bilan bog‘liq bo‘lib, u moddaning tuzilishi haqidagi nazariyaning asosini tashkil etadi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
Men dahshatli ish qildim. Aniqlab bo‘lmaydigan zarrachani ilgari surdim.
Shaxsiy ego’dan tashqarida mavjud bo‘lib qoladigan nisbatan barqaror psixik mazmunlarning mavjudligini qabul qilishga qarshi emasman, ammo har doim yodda tutish kerakki, bu mazmunlarning aslida qanday ekanligini bilishning hech qanday yo‘li yo‘q.
Biz faqat ularning boshqa odamlar ustidagi ta’sirini kuzata olamiz. Bunda ularning ruhiy darajasi va shaxsiy ongsizligi bu mazmunlarning qanday namoyon bo‘lishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Yangi turdagi nazaryada hanuz obyektiv voqelik mavjud. Chunki bu nazariyalar tajriba sharoitlari tanlanganidan keyin kuzatuvchining o‘lchash natijasiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini inkor etadi.
Bu orqali men dunyoga Titian kabi rasm chiza olishimni ko‘rsatmoqchiman … faqat texnik tafsilotlar yetishmayapti.
Qanday qilib inson baxtli bo‘lishi mumkin, agar u anomal Zeeman effect haqida o‘ylayotgan bo‘lsa?
Fandadagi eng chuqur zavq — bu chuqur his etilgan tasvir uchun bir ifoda, bir uy topishdan iborat.
  • Es gibt keinen Gott und Dirac ist sein Prophet.
    • Hech qanday xudo yo‘q va Dirac uning payg‘ambaridir.
    • 1927-yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan Beshinchi |Solvay International Conference davomida, turli fiziklarning diniy qarashlari muhokamasi ortidan aytilgan fikr. Unda barcha ishtirokchilar, jumladan Dirac ham kulgan. Ushbu iqtibos Werner Heisenbergning Teil und das Ganze (1969) asarida (119-bet) keltirilgan. Bu ibora musulmon e’tiqodidagi Shahadaga kinoyali o‘xshatish hisoblanadi: "Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Uning payg‘ambaridir."
    • Variant tarjimalar va parafrazlar:
    • Bizning do‘stimiz Dirac ham o‘zining bir diniga ega va uning asosiy tamoyili: "Xudo mavjud emas va Dirac uning payg‘ambaridir."
      • Werner Heisenbergning Physics and Beyond : Encounters and Conversations (1971) asarining rasmiy tarjimasidan (87-bet)
    • Ha, ha, bizning do‘stimiz Diracning ham dini bor va uning e’tiqodi quyidagicha: "Xudo yo‘q va Dirac uning payg‘ambaridir."
      • Rudolf Augsteinning Jesus, Son of Man (1977) asaridan (325-bet)
    • Bizning do‘stimiz Diracning dini bor; uning asosiy aqidasi shuki: Xudo yo‘q va Dirac uning payg‘ambaridir.
      • Hendrik Brugt Gerhard Casimirning Haphazard Reality : Half a Century of Science (1983) asaridan (151-bet)
    • Ha, bizning do‘stimiz Diracning dini bor va bu dinning asosiy postulatiga ko‘ra: "Xudo yo‘q va Dirac uning payg‘ambaridir."
      • Helge Kraghning Dirac : A Scientific Biography (1990) asaridan (256-bet)
    • Xo‘sh, bizning do‘stimiz Diracning dini bor va uning asosiy tamoyili: "Xudo yo‘q va Dirac uning payg‘ambaridir."
      • Gerhard Staguhning God's Laughter : Man and His Cosmos (1992) asaridan (159-bet)
    • Agar men Diracni to‘g‘ri tushunsam, uning ma’nosi shuki: Xudo yo‘q va Dirac uning payg‘ambaridir.
  • Din paydo bo‘lgan davrida, muayyan jamiyatdagi barcha bilimlar asosan diniy g'oyalarga asoslangan ruhiy tizim doirasida mujassam edi. Ushbu ruhiy tizim jamiyatning eng oddiy a’zosi uchun ham tushunarli bo‘lishi kerak edi, hatto uning masallar va tasvirlari ularning asosiy qadriyatlari va g‘oyalari haqida juda umumiy tasavvur bersa ham. Ammo agar oddiy inson shu qadriyatlarga amal qilishi kerak bo‘lsa, u ushbu ruhiy tizim uning jamiyaddagi barcha bilimni qamrab olganiga ishonishi zarur. Chunki "ishoch" uning uchun "shunchaki qabul qilish" degani emas, balki "qabul qilingan qadriyatlarga ishonish" degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun yangi bilimlar eski ruhiy shakllarni buzib yuborish xavfi tug‘ilganda jamiyat katta tahdid ostida qoladi. Bilim va e’tiqodni to‘liq ajratish eng yaxshi holatda favqulodda chora bo‘lib, faqat vaqtinchalik yengillik berishi mumkin. Masalan, g‘arb madaniyatida yaqin kelajakda shunday bosqichga yetishimiz mumkinki, eski dinlarning masal va tasvirlari hatto oddiy odam uchun ham o‘z ta’sir kuchini yo‘qotadi. Bunday holatda esa barcha eski qadryatlar kartalar uyidek qulab tushishi va tasavvur qilib bo‘lmaydigan dahshatlar yuz berishi mumkin. Qisqacha aytganda, men Planck falsafasini to‘liq qo‘llab-quvvatlay olmayman, garchi u mantiq jihatdan to‘g‘ri bo‘lsa ham va u keltirib chiqaradigan insoniy qarashlarni hurmat qilsam ham.
    Einsteinning qarashlari esa menikiga yaqinroq. Uning xudosi qandaydir tarzda tabiating o‘zgarmas qonunlari bilan bog‘liq. Einstein narsalarning markaziy tartibini his qila oladi va uni oddiylik orqali anglaydi. Biz aytishimiz mumkinki, u bu soddalikni nisbiylik nazariyasini yaratish jarayonida juda chuqur his qilgan. Albatta, bu din mazmunidan ancha uzoqdir. Menimcha, Einstein hech qanday diniy an’anaga bog‘lanmagan va shaxsiy Xudo g‘oyasi unga mutlaqo begona. Ammo uning qarashlarida ilm va din o‘rtasida ajralish yo‘q: markaziy tartib ham subyektiv, ham obyektiv olamning bir qismi hisoblanadi va bu men uchun ancha to‘g‘ri boshlang‘ich nuqta bo‘lib tuyuladi.
  • Men dahshatli ish qildim, aniqlab bo‘lmaydigan zarrachani ilgari surdim.
    • 1930-yilda aytilgan fikr. Juda qiyin aniqlanadigan neutrino mavjudligini ilgari surgandan keyin aytilgan. Ushbu iqtibos Frederick Reines tomonidan Christine Suttonning Spaceship Neutrino (1992) asariga yozilgan so‘zboshi (xi-bet)da keltirilgan.

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: