Feʼl-atvor, xarakter — shaxsning atrof muhitga va oʻz-oʻziga munosabatida namoyon boʻladigan individual xususiyati. Har bir kishining feʼl-atvorida uning bosib oʻtgan hayot yoʻli aks etadi.
Goʻzal feʼl-atvorning nishonasi oʻn narsadir: birinchi nishonasi – yaxshilik, ikkinchi – insofli boʻlish, uchinchi – boshqa odamdan ayb qidirmaslik, toʻrtinchi – biror kishida nojoʻya harakat koʻrsa, uni yaxshi yoʻlga boshlash, beshinchi – bir odam oʻz aybiga iqror boʻlib uzr aytsa, uzrini qabul qilish, oltinchi – boshqalar uchun mashaqqatni oʻz ustiga olish, yettinchi – faqat oʻz manfaatinigina koʻzlamaslik, sakkizinchi – ochiq yuzli, shirin soʻzli boʻlish, toʻqqizinchi – muhtojlarning hojatini chiqarish, oʻninchi – muloyim va tavozeʼli boʻlishdir[2].