Kontent qismiga oʻtish

Xiuaz Dospanova

Vikiiqtibosdan olingan
Xiuaz Dospanova

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 15-may 1922
Ganyushkin
Vafoti 20-may 2008
Almati
Qardosh loyihalar

Xiuaz Dospanova (15-may 1922 ‒ 20-may 2008) – Ikkinchi jahon urushi davridagi yagona qozoq ayol uchuvchi, Qozogʻiston qahramoni (2004). Qozogʻistonda Dospanova sharafiga pochta markalari chiqarilgan, haykal va esdaliklar oʻrnatilgan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  •  

Maktabda komsomol tashkilotida jamoat ishlariga faol qatnashdim. Shahrimizda uchuvchilar tayyorlash kursi ochilgan edi. Oʻquvchilar uni izlab kelganida, hech kim yozilmadi. Men oʻrnimdan sakrab turib, meni yozing, dedim. Keyin asta-sekin boshqalar ham yozila boshladi. Shunday qilib, kutilmaganda bu kasbni egallashga toʻgʻri keldi[1].

 

Мен мектепте комсомол ұйымында қоғамдық жұмыстарға белсене араластым. Қаламызда ұшқыштар дайындайтын курс ашылған болатын. Соған оқушылар іздеп келгенде, ешкім жазыла қоймады. Мен орнымнан атып тұрып, мені жазыңыздар дедім. Содан кейін біртіндеп басқалар да жазыла бастады. Сөйтіп ойда-жоқта осы мамандықты игеруге тура келді.

  •  

Biz tunda uchganimiz uchun dushman chizigʻiga yaqin joylashardik. Polkimizning oʻz qoidasi bor edi: hech qachon ayol ekanligingni unutma, samolyotingni avaylab asra. Baʼzan topshiriqni bajarayotganimizda bizga qarata oʻq otishardi. Shunday paytlarda qiz bola ekanligimni oʻylab, fashistlarga asir tushgandan koʻra, samolyot bilan yerga qulab, yonib ketganim afzal edi, degan fikrlar kelardi[1].

 

Біз түнде ұшатын болғандықтан, жау шебіне жақын орналасатынбыз. Біздің полктің өз қағидасы болды: ешқашан да әйел екеніңді ұмытпа, ұшағыңды күтіп қара дегендей. Кейде тапсырманы орындап жатқанда, бізге қарсы оқ атылатын. Сондай кездері қыз баламын ғой, фашистерге тұтқынға түскеннен гөрі, ұшақпен жерге құлап, өртенгенім дұрыс еді деген ойлар келетін.

  •  

Urushning qiyinchiliklarini aytib tugatib boʻlmaydi. Oʻylasam, tun boʻyi mijja qoqmayman, yuragim orqaga tortadi, hech kimga tilamayman[1].

 

Соғыстың қиындығын айтып тауысу мүмкін емес. Ойласам, түнімен кірпік ілмеймін, жаным түршігеді, ешкімге тілемеймін.

Manbalar

[tahrirlash]