Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Xurramiy

Vikiiqtibosdan olingan
(Xurramiydan yoʻnaltirildi)
Mavlono Xurramiy
Umumiy maʼlumotlar
Qardosh loyihalar

Xurramiy, Mavlono Xurramiy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Bir hakimdan: „Koʻrkam xulqli kishi kim?“ deb soʻradilar. U esa: „Yomon xulqiga sabr qilgan kishi!“ deb javob berdi.
    Bayt:
    Oliy himmat bilan pokiza koʻngil,
    Kishini yetkazar baxtu kamolga.
    Har kimning dilida boʻlsa badfeʼllik,
    Umrini sovurar bir kun shamolga![1]
  • Bir hakimdan: „Xushxulq kishi qanday kishi?“ deb soʻradilar. Hakim: „Hech narsadan ranjimaydigan kishi!“ deb javob berdi. Yomon xulqli kishi haqida soʻraganlarida esa: „Yomonlik bilan yaxshilik oʻrtasidagi farqni bilmaydigan kishi!“ deb javob berdi[2].
  • Bir hakim shunday degan edi: „Har kimda oltinu zar qanchalik koʻp boʻlmasin, agar u behunar boʻlsa, hosilsiz daraxtdir“[3].
  • Bogʻbondan parvarish koʻrmasa nihol,
    Ulgʻayib oʻsolmas, topolmas kamol![4]
  • Har yoshki egadir husnu jamolga,
    Osmonda quyoshdir yetgach kamolga![5]
  • Ikki narsa kishi qoʻlida boʻlsa uvol: goʻzallikka magʻrur boʻlgan kishiga berilgan husn, ikkinchisi – goʻzallik qadrini bilmaydigan kishiga tushib qolgan xotin[6][7].
  • Ikki narsani kishi oʻzidan quvolmaydi: biri soya, ikkinchisi – badfeʼllik[6][8][9].
  • Inson goʻzalligining asosi uning chiroyli xulqidir.
    Chiroyli xulq bilan inson insondir,
    Chetdan boqsang shakli hammasi bir xil.
    Rang-u hidi bilan farqi bilinar,
    Yozilishda bir xil boʻlgan „gulu gil!“[1]
  • Keltirishlaricha, bir hakim oʻz oʻgʻliga nasihat qilib, shunday der ekan:
    Oltining xarj bilan oxir boʻlar kam,
    Hunar shunday ganjki, kamaymas hech dam!
    Ularning farqini aytsam agarda,
    Hunar chashma erur, oltin-chi shabnam![10]
  • Kishini goʻzal qilib koʻrsatadigan uning chiroyi emas, balki chiroyli xulqidir. Chiroyli xulq xunuk kishini ham chiroyli qilib koʻrsatadi. Chiroyli xulq chiroyli kishilarda mavjud boʻlsa, nur aʼlan nurdir[7].
  • Tulkidan: „Qachongacha ovqat topolmay och yurasan, sherning xizmatini qilsang boʻlmaydimi, barcha jonivorlar sherning mulozimatini qilib, ovqatidan bahramand boʻlyaptilar“ – deb soʻrashdi. Tulki: „Men ham kuni kelib boshqa hayvonlarga ovqat boʻlib qolishdan qoʻrqaman“, – deb javob berdi.
    Bayt:
    Yaxshi feʼlli kishi dushmaning boʻlsa,
    Badfeʼl doʻstdan koʻra afzalroq erur![14]
  • Vatan sorigʻa yetkurdim qadamni,
    Koʻngulga sabt etib sonsiz olamni[15].
  • Shunday qilib, yolgʻiz oʻzim ketdim. Tong otgach eshitsam, bazmdagilar haligi yigitga qaltis hazil qilishibdi. Yigit esa yonidan pichoq olib, bir necha kishini yarador qilibdi[16].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 92.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 94.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 199.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 73.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 72.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  7. 7,0 7,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 215.
  8. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 97.
  9. Tursun 2006, s. 137.
  10. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 23.
  11. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 129.
  12. Tursun 2006, s. 159.
  13. Tursun 2006, s. 149.
  14. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 96.
  15. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 70.
  16. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 74.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.