Yahyo ibn Maoz
Qiyofa
(Yahyo ibn Muozdan yoʻnaltirildi)
| Yahyo ibn Maoz | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Qardosh loyihalar | |
Yahyo ibn Maoz – avliyo.
A
[tahrirlash]- Allohga osiy boʻlmaslik – ulugʻlikdir. Dunyoni oxiratdan afzal koʻrmaslik – hakimlikdir[1][2].
B
[tahrirlash]- Birovni biror ayb bilan ayblamaslik – oqillik belgisi. Agar men birovni qachondir ayblab qoʻygan boʻlsam, yigirma yildan keyin boʻlsa ham jafosini tortajakman[1][3][4].
- Bu dunyo boshidan-oxirigacha bir soat gʻam chekishga arzimaydi, bu dunyogi ulushing, nasibang shunchalar kam ekan, umringni gʻamda oʻtkazib nima qilasan?![5]
D
[tahrirlash]- Dunyo – Allohning ekinzori, odamlar – shu ekinzorning ekini, oʻlim – oʻroq, jonni oluvchi farishta alayhissalom – shu ekinni oʻruvchi, qabriston – uni yanchuvi, jannat va doʻzax – havoyi xohishlarning uyidir. Bir guruhi jannatda, bir guruhi doʻzaxda boʻladi[1][6].
- Dunyo shaytonning doʻkonidir, undan biron narsa oʻgʻirlamaki, shayton uni olishga kelib, sening dodingni bermasin[1][7].
E
[tahrirlash]- Eh, bizlar bu dunyoda faqir va bechorahol boʻlishdan qoʻrqamiz. Ammo oxiratda faqir, nochor va rasvoyi jahon boʻlishdan qoʻrqaymiz. Holbuki, biz – bandalarning yaxshi amallarga faqir-u kambagʻal boʻlishimiz bu dunyodagi kambagʻalligimiz va nochorligimizdan qoʻrqinchliroq va uyatliroqdir[1][8][9].
H
[tahrirlash]I
[tahrirlash]- Ibodat hunardir: ustaxonasi — xilvat, dastmoyasi — sunnatga amal qilmoq, foydasi esa — jannat[11].
- Iloho, men gunohdan tiyilishga qodir boʻlmasam, gunohlarimni afu etishga Sen qodirsan-ku![1][12]
- Insonning dushmani uchtadir: dunyosi, shaytoni va nafsi[1][13].
K
[tahrirlash]M
[tahrirlash]O
[tahrirlash]- Oltin-kumush chayondir. Uning afsunini oʻrganmaguncha qoʻl uzatmagilki, seni halok qilur. Uning afsuni (duosi va yoʻli) haloldan topib, haq-rostga xarj qilmoqdir[1][15].
- Oqilning dunyo talabida boʻlishi johilning uni (dunyoni) tark etishidan afzaldir[5].
- Ota-onalar farzandlarini dunyo otashidan himoya qiladi, olimlar esa ularni oxirat olovi – doʻzaxdan muhofaza etadi[1][16].
P
[tahrirlash]- Pul – chayondir, agar halolidan topmasang va oʻrnida ishlatmasang, yaqinlasha koʻrma. Chunki chaqsa, zahari seni oʻldiradi[1][9].
Q
[tahrirlash]- Qalblar ham qozon kabi ichidagi bor narsasi bilan qaynab turadi. Tillar esa uning choʻmichidir. Kishi gapirayotganida tili qalbidagi narsani olib chiqadi, yaʼni dilning taʼmini bayon qiladi[1][17].
R
[tahrirlash]- Riyozat qilichlarini sugʻurib, nafsing bilan mujodala qil. Riyozat toʻrt yoʻl bilan boʻladi: oz yemoq, oz uxlamoq, oz gaplashmoq, barcha jonlidan kelgan iztiroblarga chidamoq[1][18].
T
[tahrirlash]- Toat Allohning xazinasida saqlab qoʻyilgandir. Uning kaliti – duo, kalitning tishlari – halol luqma[1][19].
U
[tahrirlash]- Uch toifa odamlardan yiroq boʻldim: gʻofil olimlardan, laganbardor qorilardan va johil soʻfiylardan[20].
V
[tahrirlash]- Vaqtni behuda oʻtkazmaslik oʻlimdan ham qattiq, chunki behuda yurgan odam Yaratuvchidan uziladi, oʻlgan odam esa xalqdan uziladi[21].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 69.
- ↑ Tursun 2006, s. 43.
- ↑ Tursun 2006, s. 136.
- ↑ 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 82.
- ↑ Tursun 2006, ss. 90–91.
- ↑ Tursun 2006, s. 73.
- ↑ 8,0 8,1 Tursun 2006, s. 41.
- ↑ 9,0 9,1 Tursun 2006, s. 71.
- ↑ Tursun 2006, s. 96.
- ↑ Tursun 2006, s. 38.
- ↑ Tursun 2006, s. 24.
- ↑ Tursun 2006, s. 86.
- ↑ Tursun 2006, s. 94.
- ↑ Tursun 2006, ss. 77–78.
- ↑ Tursun 2006, s. 17.
- ↑ Tursun 2006, s. 144.
- ↑ Tursun 2006, s. 87.
- ↑ Tursun 2006, s. 52.
- ↑ Tursun 2006, s. 68.
- ↑ Tursun 2006, s. 121.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.