Kontent qismiga oʻtish

Yomonlik

Vikiiqtibosdan olingan
(Yovuzlikdan yoʻnaltirildi)
Yomonlik

Qardosh loyihalar

Yomonlik, yovuzlik — yomon, salbiy xislatlarga ega boʻlishlik; yomon, yaramas ishlar qilish; qabihlik.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Birovga sogʻinsa har kim yomonlik,
Nihoyat ul oʻzi topmas omonlik[1].

Biz – insonlar xuddi yaxshilikka undamaslik va yomonlikdan qaytarmaslik toʻgʻrisida bir-birimiz bilan kelishib olganga oʻxshaymiz. Bu ketishda boshimizga qanday azoblar tushajagini koshki bilsaydik[2].

Faqat qalbida oxirat tushunchasi boʻlgan kimsagina yomonliklardan uzoq tura oladi[3].

Kim yovuzlik urugʻini sepsa, pushaymonlik yigʻar[4].

Qoʻrquv bilmayin desang, yovuzlik qilma[4].

Qobus

Yaxshilik haqida oʻylashlik oʻsha yaxshilikka amal qilishga undaydi. Yomonlikka nadomat esa, oʻsha yomonlikni tark etishga chorlaydi[5].

Yaxshilik chirimaydi va yomonlik unutilmaydi[6].

Yomonlik butun nuqsonlar majmuidir[4].

Yovuzlikdan ezgulikni ajratadigan kishi emas, balki ikki yovuzlikning yengilrogʻini farqlay biladigan kishigina aqllidir[7].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 123.
  2. Tursun 2006, ss. 122–123.
  3. Tursun 2006, s. 69.
  4. 4,0 4,1 4,2 Tursun 2006, s. 122.
  5. Tursun 2006, s. 128.
  6. Tursun 2006, s. 137.
  7. Tursun 2006, s. 66.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]


Falsafa
Borliq Voqelik
HayotOʻlim Boqiylik
YaxshilikYomonlik
Jon Oʻzlik
Bilish Fakt Nazariya Aksioma Gipoteza