Zainab Salbi
| Zainab Salbi | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
24-sentyabr 1969 Bagʻdod |
| Qardosh loyihalar | |
Zainab Salbi (arabcha: زينب سلبي; 1969-yil 24-sentyabr) — gumanitar faol, media boshlovchi, yozuvchi hamda Vashingtonda joylashgan „Women for Women International“ tashkilotining asoschisi va sobiq bosh direktori (1993-2011 yillar).
Iqtiboslar
[tahrirlash]Saddam bizga koʻp narsalarni berdi. Mamlakatni rivojlantirdi… ammo menimcha, shu bilan birga u bizdan eng muhim narsani – qalbimizni tortib oldi. Biz shunday holatga tushib qoldikki, bir-birimizdan qoʻrqadigan boʻldik. Er-xotin oʻzaro gaplashmaydigan, ota-onalar bolalari oldida biror narsa aytishdan choʻchiydigan darajaga yetdik. Chunki oʻqituvchilar tez-tez bolalardan: „Dadang Saddam amaki haqida nima deb oʻylaydi? Onang Saddam amaki haqida qanday fikrda?“ deb soʻrashardi. Hatto bolaning gapi tufayli ota-onasi qatl etilgani haqida dahshatli voqealar ham bor edi[1]. | |
Saddam gave us a lot of things. The development of the country ... but I think what he took away from us in the meantime, was our very souls. We got into a stage where we were fearing each other, where husbands and wives didn't talk to each other, where parents were afraid to express anything in front of their kids because the teachers often asked the kids, 'what does daddy think of uncle Saddam? What does your mummy think of uncle Saddam?.' And there are horror stories of parents being executed because of the child. |
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Saddam Husayn davrida Iroqdagi inson huquqlari haqida, Al Jazeera English telekanalining I Knew Saddam (2007) hujjatli filmida keltirilgan iqtibos.