Kontent qismiga oʻtish

Xasislik

Vikiiqtibosdan olingan
(Ziqnadan yoʻnaltirildi)
Xasislik

Qardosh loyihalar

Xasislik, ziqnalik, qizgʻanchiqlik — qizgʻanish, ziqnalik odati, xususiyati.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Kishi qanchalik badavlat boʻlmasin, u xasis va baxil boʻlsa, el ichida obroʻsiz va qadrsiz boʻladi[1][2].

  Abulbarakot Qodiriy
  •  

Mol ziqnalarning, qurol qoʻrqoqlarning, rahbarlik zaiflarning qoʻliga tushsa, ishlar buziladi[3].

  Abu Bakr Siddiq
  •  

Odamlar ichidagi eng yaramasi xasisdir, ularning ichidagi eng yalqovi pastkashdir[4].

  Az-Zamaxshariy
  •  

Olimlarning aytishlaricha, odamlar toʻrt toifadan iborat. Ularning birlari ochkoʻzdirlar. Oʻzlari yeb, boshqalarga bermaydilar. Ikkinchilari oʻtaketgan ziqnalar boʻlib, oʻzlari ham yemaydilar, boshqalarga ham bermaydilar. Uchinchi toifa saxiy kishilardirki, ular oʻzlari yeb, boshqalarga ham beradilar. Toʻrtinchisi – oliyhimmat odamlardir, oʻzlari yemay boshqalarga beradilar[4].

  Majididdin Xavofiy
  •  

Torlik-ziqnalik qilmanglar, aks holda sizlarga torlik qilinadi[5].

  Hasan Basriy
  •  

Xasis kishi oʻz shahrida ham begona[6].

  Ali ibn Abu Tolib
  •  

Xasislik kishining qadrini yoʻqotadi, falokatlarga duchor etadi.

  Otalar soʻzi[7]
  •  

Xasisning hadyasi sovunning koʻpigi,
Berganingni unut, berganni yodda tut.

  Otalar soʻzi[8]
  •  

Xasis xazinaga yetishsa nogoh,
Hirsidan yoʻlini yoʻqotar gumroh[9].

  Xusrav Dehlaviy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 148.
  2. Tursun 2006, s. 96.
  3. Tursun 2006, s. 105.
  4. 4,0 4,1 Tursun 2006, s. 97.
  5. Tursun 2006, s. 102.
  6. Tursun 2006, s. 98.
  7. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 162.
  8. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 168.
  9. Tursun 2006, s. 103.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.