Olimlarning aytishlaricha, odamlar toʻrt toifadan iborat. Ularning birlari ochkoʻzdirlar. Oʻzlari yeb, boshqalarga bermaydilar. Ikkinchilari oʻtaketgan ziqnalar boʻlib, oʻzlari ham yemaydilar, boshqalarga ham bermaydilar. Uchinchi toifa saxiy kishilardirki, ular oʻzlari yeb, boshqalarga ham beradilar. Toʻrtinchisi – oliyhimmat odamlardir, oʻzlari yemay boshqalarga beradilar[4].