Kontent qismiga oʻtish

Zulm

Vikiiqtibosdan olingan
(Zolimdan yoʻnaltirildi)
Zulm
Qardosh loyihalar

Zulm (arabcha: ‎ — jabr-sitam; adolatsizlik) — hukmdor va hokimlarning fuqaroga, zolimlarning mazlumlarga koʻrsatgan jabri. Zulm qiluvchi zolim, zulmkor, sitamgar, zulmga uchragan esa mazlum hisoblanadi. Zulm, shuningdek, jabr, ozor, sitam, istibdod deb ham ataladi.



  •  

Adolatning faqat bitta surati bor, zulmning boʻlsa — mingta[1].

  Qozi Ahmad Gʻafforiy
  •  

Bir zolim biror kishini xafa qilsa, yigʻlatsa-yu, mazlum u zolimga qarshi hech narsa qilolmasa, mazlumning koʻngli ozor topgani uchun Haq taolo zolimdan uning haqini oladi[2].

  Ismoil Faqirulloh
  •  

Ey, birov qasdiga choh qazgan inson,
Oqibat oʻzingga qoʻyasan qopqon[1].

  Jaloliddin Rumiy
  •  

Gar qilsa sitam kishi kishigʻa,
Goʻyo sitam aylamish oʻzigʻa[3].

  Uvaysiy
  •  

Gunohlarning zulmdan-da kattarogʻi yoʻqdir... Zolim qilgan zulmi uchun tavba qilsin, zulm bergan kishisidan kechirim soʻrab olsin. Agar qodir boʻlmasa, uning uchun istigʻfor aytsin, duo qilsin[2].

  Abu Lays Samarqandiy
  •  

Iymon koʻpincha qalbdan oʻlim vaqtida sugʻurib olinadi. Gunohlar ichida iymonni qalbdan eng tez sugʻurib oluvchisi bandalarga yetkazilgan zulm ekan[2].

  Abu Bakr Varroq
  •  

Kim zolimning zulmiga yordam bersa yoki biron musulmon kishining haqqini poymol qiladigan hujjatni unga oʻrgatib qoʻysa, Allohning gʻazabiga yoʻliqadi va bu ishning gunohi uning ustidadir[2].

  Abdulloh ibn Masʼud
  •  

Kim oʻzining aybini bilsa, boshqa kishining aybi bilan ishi boʻlmay qoladi. Kim taqvo libosidan yalangʻoch boʻlsa, unga hech kim parda tutolmaydi. Kim Allohning bergan rizqiga rozi boʻlsa, boshqalarning qoʻlidagi narsaga xafa boʻlmaydi. Kim zulm qilichini sugʻursa, shu qilich bilan qoʻli kesiladi. Kim birodariga choh qazisa, unga oʻzi tushadi. Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, oʻzining avrati ochiladi. Kim oʻz xatosini unutsa, boshqaning xatosini katta biladi. Kim katta ishlarga kirishsa va oʻziga xatarli yoʻl topsa, halok boʻladi[4].

  Mansur bin Ammor
  •  

Mazlumlar dilini ogʻritma bir zum,
Balki bir kun oʻzing boʻlasan mazlum[5].

  Saʼdiy Sheroziy
  •  

Qayu xazinaga zulmning bir aqchasi kirsa,
Ul xazinani yiqmay qoʻymas[6][1].

  Poshshoxoʻja
  •  

Solmagin zaiflar diliga alam,
Zoʻrroqning jabriga yoʻliqma sen ham[7].

  Saʼdiy Sheroziy
  •  

Sitamgar musulmon odil gʻayridindan yomonroqdir[1].

  Majididdin Xavofiy
  •  

Zolimning zulmidan ezilgan va qoʻrquv bosgan tuvaloq inida yotgan joyida jon beradi[2].

  Abu Hurayra
  •  

Zolimning zulmi oʻzini yiqitadi[8].

  Otalar soʻzi
  •  

Zulm koʻrsa davringda zolimdan el,
Oʻsha zulm sendan erur, yaxshi bil[9].

  Saʼdiy Sheroziy
  •  

Oʻzgalarga ozor berishdan saqlanish yaxshilik alomatlaridandir[10].

  Ali ibn Abu Tolib
  •  

Chumolini choʻqib qirar qirgʻovul,
Oxir qarchigʻaydan oʻz holi mushkul[11].

  Xusrav Dehlaviy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Tursun 2006, s. 109.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Tursun 2006, s. 112.
  3. Tursun 2006, s. 132.
  4. Tursun 2006, s. 129.
  5. Tursun 2006, s. 110.
  6. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 194.
  7. Tursun 2006, s. 106.
  8. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 195.
  9. Tursun 2006, s. 108.
  10. Tursun 2006, s. 134.
  11. Tursun 2006, s. 107.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]