Albert Einstein

Vikiiqtibos dan
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:
Har kuni men o'zimga ichki va tashqi hayotim tirik yo vafot etgan boshqa kishilar ishlariga asoslanganini, va men shu qabul qilgan va qilayotganim ta'sirning o'rnini qoplash uchun imkon qadar ko'p ishlashim kerakligini yuzlab marotaba uqtiraman...

Albert Einstein (14 mart 1879 - 18 aprel, 1955) olmon fizigi bo'lgan.

[tahrirlash] Iqtiboslar

  • E = mc2 (Einstein shu formulani izohlab berayotgani yozilgan audiofayl)
  • Nasabim - yahudiy, fuqaroligim - shveysariyalik, tashqi ko'rinishim - odamniki, va men faqatgina insonman, hech qaysi davlat yoki millatga bog'liq emasman. (7 iyul 1918)
  • Xudo ayyordir, lekin yovuz emas. (manba, 1921 apreli)
  • Men Spinoza'ning Xudosiga ishonaman, qaysiki o'zini olamning qonunlarga bo'ysinuvchu garmoniyasida namoyon qiladi, aslo o'zini odamzod qilmishlari va taqdiri bilan aloqador Xudoga emas. (New York ravvini Herbert S. Goldstein bergan "Xudoga ishonasizmi?" savoliga javoban (24 aprel 1929); Spinoza'ning Xudo haqidagi fikrlari panteistikdir)
  • Bu velosiped minishga o'xshaydi. Muvozanatni saqlash uchun doimo harakatda bo'lishing kerak. (o'g'li Eduard'ga yozgan xatidan, 5 fevral 1930)
  • O'ylaymanki, vegeterianlikning odam temperamentiga ta'siri odamzotga katta naf kelitirshi mumkin. (27 dekabr 1930)
  • Men nafaqat patsifistman, balki jangovar patsifistdirman. Odamlarning o'zlari urushga borishdan bosh tortishishmasa, urush hech qachon tugamaydi. (yanvar 1931)
  • Olam tushunarlidir, degan iddaodan tushunarsizroq gap yo'q. (1936 marti)
  • Barcha dinlar, san'atlar va fanlar bir daraxtning shoxlaridir. (1937)
  • Diniy qarashlarim haqida o'qiganlaringiz albatta yolg'on, takror va takror qaytariluvchi yolg'ondir. Men shaxsiyatli Xudoga ishonmayman, va buni rad etmaganman, aksincha, aniq-tiniq ifodalaganman. Agar menda diniy deb ataluvchi tuyg'u bo'lsa ham, bu olamning fan hali ochiqlamagan qirralari va tuzilishi oldidagi cheksiz hayratdir. (1954)
Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Ko‘rinishlar
Amallar
Saytda harakatlanish
Asboblar
Boshqa tillarda