George Bernard Shaw
Vikiiqtibos dan
George Bernard Shaw (26 iyul, 1856 – 2 noyabr, 1950) irland dramaturgi bo'lgan; 1925 yili Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti olgan.
[tahrirlash] Iqtiboslar
- Mening mutaxassisligim boshqalar nohaq bo'lganda haq bo'lishdir.
- Faqat bitta din bor, uning yuzlab versiyalari bo'lgani bilan.
- Muqaddas Kitobda "ma'naviyat" so'zini uchratsak, unda "telefon" yoki "avtomobil" so'zlarini uchratganimizdek hayratda qolardik.
- Istagim bor ekanki, yashashimga sabab bor. Qoniqish o'limdir.
- Barcha buyuk haqiqatlar kufr o'laroq boshlanadi.
- Odamzotdan vatanparvarlikni olib tashlamas ekansiz, hech qachon tinch dunyoga erisha olmaysiz.
- Qotillik senzuraning ekstremal shaklidir.
- Pyesa sifati undagi g'oayalar sifatidir.
- Hayvonlar mening do'stlarimdir... Va men do'stlarimni yemayman.
- Optimistlar ham, pessimistlar ham jamiyatga foyda keltiradilar. Optimist uchoq ixtiro etsa, pessimist parashut o'ylab topadi.
- Agar sizda bir olma va menda bir olma bo'lib, olmalarimizni almashsak, ikkalamizda hali ham bittadan olma bo'ladi. Biroq agar sizda va menda bittadan g'oya bo'lib, ularni almashsak, ikkalamizda ikkitadan g'oya bo'ladi.
- Islom eng yaxshi dindir, lekin u eng yomon dindorlarga ega.