Jaloliddin Rumiy

Vikiiqtibosdan olingan
Jaloliddin Rumiy
Vikipediyadagi maqola
Vikikitobdagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Jaloliddin Rumiy (30-sentyabr 1207-yil, Balx, Afgʻoniston; 17-dekabr 1273-yil, Ko`niya, Turkiya) — Dunyoning ulugʻ donishmandlaridan biri, benazir shoir va betakror bir mutafakkir, valiy insondir.

Iqtiboslar[tahrirlash]

  • Ko‘p xafa bo‘lma!
    Shuni yaxshi bilki, qancha yig‘lasang shuncha kulasan...
    Hamma narsani tugadi deb ham o‘ylama!..
    Qancha sevsang shuncha sevilasan...
  • Shunday insonlarni ko‘rdim ustida kiyimi yo‘q. Shunday kiyimlarni ko‘rdim, ichida insoni yo‘q.
  • Insonlar kitob kabidir. Muqovasiga qarab aldanmang. Haqiqiy qiymatini oʻqishni boshlagach bilasiz[1].
  • Kechagina dono va aqlli edim, dunyoni oʻzgartirmoqchi edim! Bugun esa hakim va donishmandman. Shuning uchun nafsimni oʻzgartirmoqchiman[2].

Manba[tahrirlash]

  1. Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet. 
  2. Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.