Kontent qismiga oʻtish

1984

Vikiiqtibosdan olingan
1984
Vikipediya maqolasi
Wikimedia Commonsdagi media fayllari
Wikinewsdagi yangiliklar

1984 (inglizcha: Nineteen Eighty-Four) — ingliz yozuvchisi George Orwell muallifligidagi antiutopiya janrida yozilgan roman. 1949-yil nashr etilgan. Roman 2018-yil Karim Bahriyev tomonidan oʻzbekchaga tarjima qilingan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • URUSH — TINCHLIKDIR.
    ERK — QULLIKDIR.
    BILIMSIZLIK — KUCHDIR.
  • Baʼzida tushunmaslik aqldan ozishdan saqlaydi.
  • Ular xarob yerda tugʻiladilar, 12 yoshdan ishlashni boshlashadi, 20 yoshida uylanishadi, 30 yoshda yoshligidan asar ham qolmaydi, asosan 60 ga kirib oʻladilar. Ogʻir jismoniy mehnat, qoʻshnilar bilan urush-janjal, kino, futbol, pivo va asosiysi tadbirbozlik. Mana nimalar ularning dunyoqarashini shakllantiradi. Ularni boshqarish judayam oson.
  • Aqlli inson – qoidani buzayotgan va haligacha yashab kelayotgan insondir.
  • Ular toki ongli boʻlmaguncha isyon qilmaydilar, toki isyon qilmaguncha ongli boʻlolmaydilar...

Manbalar

[tahrirlash]