Abaza maqollari
Qiyofa
Abaza maqollari | |
Vikipediya maqolasi |
Abazalar — Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkas va Adigey muxtor viloyatlari hamda Stavropol o‘lkasida yashaydigan xalq (37,9 ming kishi (2002)). Turkiyaning markaziy hududlarida 10 mingga yaqin abazalar yashaydi. Umumiy soni 47 ming kishi (2002). Kavkaz tillari guruhiga mansub abaza tilida gaplashadi. Abazalar islom dinining sunniy mazhabida.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
A
[tahrirlash]- Achchiq ovqat yemagan asalning shirinligini bilmaydi.
- Agar bitta qoʻy toshdan sakrasa, boshqalari ham sakraydi.
- Agar tortishuv musht bilan tugasa, begona odam ziyon koʻradi.
B
[tahrirlash]- Badan ― suyaklar uchun yopinchiq, koʻylak ― badan uchun yopinchiq.
- Badhazm ayol badhazm bola tugʻadi.
- Begona it keldi ― biznikini haydadi.
- Bepusht xotinning bolasi yigʻlamaydi.
- Bilimni belga bogʻlab yurmaydilar.
- Bilmaslik xato qilishga olib keladi.
- Bir gʻaram somon ichidan ignani qidiradi.
- Bir kishi eplolmaganini ikki kishi bajaradi.
- Bir kunda tugʻildim, bir kunda oʻlaman.
- Bir marta yolgʻon gapirganga ikkinchi marta ishonma.
- Birlashgan kuch qoyani jildiradi.
- Bitta aql yaxshi, ikkitasi undan yaxshi.
- Bitta ot kuylasa, qolgan yuztasi ham kuylaydi.
- Boʻladigan odam qamchi dastasichaligidan maʼlum.
- Boʻri qoʻyni olib qochar ekan, tamgʻasiga qaramaydi.
- Boʻri qoʻyning oldidan indamay oʻtadimi?
- Boʻrini choʻpon qilishdi.
- Boʻsh piyoladan suv toʻkilmaydi.
- Bola koʻr boʻlsa ham onasiga koʻzi oʻtkirdek tuyuladi.
- Boltani qidirib, sopini tashlab ketma.
D
[tahrirlash]- Daraxt qarisa qurt bosib ketadi.
- Daryo eski oʻzaniga qaytadi.
- Daryo qayoqqa oqsa, uning tugash joyi ham oʻsha yoqda.
E
[tahrirlash]- Egari bor ketib, oti bor qoldi.
- Ekishni bilmagan arpani shagʻalga ekadi.
- Eshakdan yiqilgan bolani argʻumoqqa mindirma.
- Eskini maqtab, yangini ol.
G
[tahrirlash]- Goʻsht achib qolmasin deb tuzlaydilar, tuz achib qolsa nima qilasan?
H
[tahrirlash]- Hamjihatlik oilani mustahkamlaydi, birgalikda ovqat doim shirin.
- Hanjarni ikki marta qindan chiqarma, soʻzni ikki marta qaytarma.
- Haqiqatning yoʻli keng.
- Harakatchanning qoni oʻynaydi, dangasaniki ― toʻgʻnaydi.
- Hoʻkiz va pashsha bir-biriga urush ochdi.
- Hoʻkizning oʻlimi ― itlarga bazm.
I
[tahrirlash]- Igna bilan quduq qaziydi.
- Ilonning terisi oʻzgargani bilan yuragi oʻzgarmaydi.
- Ishing yoʻq joyga burningni suqma.
- Ishyoqmas poliz qoʻriqchisidan ham yomon, poliz qoʻriqchisi hech boʻlmasa qoʻrqitadi.
J
[tahrirlash]- Juni yulingan sichqon yana teri tashlabdi.
J
[tahrirlash]- Kalga taroq koʻrsatma.
- Kamondan otishni bilmagan, pistoletning uchini oʻynarkan.
- Katta it hurisa, ortidan kichiklari ham huriydi.
- Kattalar gapirganini bolalar qaytaradilar.
- Kimni eslasang, u ostonada koʻrinadi.
- Kimning ustidan kulsang u ham ustingdan kuladi.
- Kovlangan chuqurning tuprogʻi bilan oʻsha chuqurni koʻmolmaysan.
M
[tahrirlash]- Meshga nima quysang, shuni ichasan.
- Miyovlamaydigan mushuk miyovlaydiganidan xavfli.
- Momaqaldiroq guldiradi, yashin urdi, yomgʻir qani?
O
[tahrirlash]- Och bilan toʻq bir-birini tushunadimi?
- Oilada bola hammadan katta.
- Olovsiz tutun chiqmaydi.
- Omadsizning goʻshti ham pishmaydi.
- Ona qiziga oʻrgatsa, qizi pashsha sanaydi.
- Otasi urushqoq boʻlsa, bolasi ham toʻpolonchi boʻladi.
- Otga yaxshi qara, hoʻkizni ham unutma.
- Otliq piyodaga oʻrtoq emas.
Q
[tahrirlash]- Qalbda yashiringani yuzda balqiydi.
- Qari itga zardob ham bermaydilar.
- Qoʻy echki boʻlib, echki qoʻy boʻlib qoladimi?
- Qor juda oq va chiroyli boʻlgani bilan tez erib ketadi.
- Quchoq tergan joyingda gʻaramni qoldirma.
- Qurgʻoqchilik keltirgan zararni yomgʻir yuvadi, yomgʻir keltirgan zararni qurgʻoqchilik bartaraf etolmaydi.
S
[tahrirlash]- Sen koʻrgan hamma qizil narsa ― goʻsht emas, oq narsa ― yogʻ emas.
- Shamol uyni ham, chaylani ham uchiradi.
- Soʻzni koʻp qaytarsang, u ham achchiq boʻladi.
T
[tahrirlash]- Tashlab yuborilgan kulni yana oʻchoqqa solmaydilar.
- Topilmagan goʻshtdan boʻrining tishi qamashadi.
- Tuxum tovuqdan aqlli.
- Tuxum tovuqqa aql oʻrgatarkan.
U
[tahrirlash]- Ulovni buzilgan joyida toʻgʻrilaydilar.
- Uning qalbidagi oʻzini oʻldiradi, tilidan chiqqani ― bizni.
- Uning tishi oq boʻlgani bilan yuragi qora.
X
[tahrirlash]- Xoʻjayinning injiqligi ― dehqonga yigʻi.
Y
[tahrirlash]- Yaxshi doʻst yomon akadan afzal.
- Yaxshilik yaxshilikni yetaklaydi, yomonlik ― yomonlikni.
- Yaxshilikniyam yomonlikniyam bilmagan hamma narsani bilaman deb oʻylaydi.
- Yopishgan jun qoʻzichoqni asraydi, tarqoq jun buqani ham asrolmaydi.
- Yosh yashnaydi, qari toʻkiladi.
- Yoshga oʻrgatadilar, qariga oʻrgatib boʻlmaydi.
- Yoy ushlolmaganini yol ham ushlolmaydi[1].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Davronbek Tojialiyev. Abazin xalq maqollari (in (oʻzb.)).