Abdusalom Azizov
| Abdusalom Azizov | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
20-yanvar 1960 Toshkent |
| Qardosh loyihalar | |
Azizov Abdusalom Abdumavlonovich (20.01.1960, Toshkent) – oʻzbek davlat arbobi, general-leytenant. 2019-yil 11-fevraldan 2024-yil 23-noyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, 2019-yil 15-iyuldan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]2017-yil
[tahrirlash]2-may
[tahrirlash]Ichki ishlar vazirligi adabiyot va kino vakillariga ochiq. Yaxshi taklif boʻlsa, haqiqatdan ham qonunga asoslangan, ish faoliyatini yoritishida koʻchadagi kabi chapanilarcha ish hal qilib ketish emas, balki aynan qonunga asoslangan holda IIV faoliyatini yoritish boʻlsa, biz hamkorlik qilishga tayyormiz[1].
2019-yil
[tahrirlash]15-iyul
[tahrirlash]Avvalo, katta ishonch bildirib, OʻFA prezidenti lavozimiga saylaganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiraman. Oʻzbekistonda futbol – birinchi raqamli sport turi. Butun oʻzbek xalqi bu sport turiga ishqibozlik qiladi, desam adashmagan boʻlaman. Adolat, halollik boʻlmagan joyda rivojlanish boʻlmaydi[2].
2021-yil
[tahrirlash]18-dekabr
[tahrirlash]Oʻzbek futboli afsonalaridan biri Odil Ahmedovning faoliyatini yakunlashiga bagʻishlangan tadbirda yigʻilib turibmiz. Odil oʻzbek futboliga fidokorona xizmat qildi. Milliy jamoada 108 oʻyinda ishtirok etib, faoliyatining katta qismida jamoa sardori sifatida vatanparvarligini namoyish etgan holda Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov singari futbol afsonalari qatorida oʻzbek futboli tarixidan joy oldi. Odil hozirgi darajasiga oson etib kelgani yoʻq. Juda katta mashaqqatlarni boshdan oʻtkazgan. U yosh oʻyinchilar uchun namuna boʻla oladi. Odil shunchaki oʻynagani yoʻq, balki fidoyilik koʻrsatib, hayotda va futbolda oʻzini topdi. Bu juda katta mashaqqat. Nafaqat Oʻzbekistonda, balki „Anji“, „Krasnodar“ va Xitoyda dunyo yulduzlari qatorida oʻzini oʻrnini topish har bir oʻzbek yigitiga nasib qiladigan narsa emas. Odil esa mehnat evaziga dunyo yulduzlari bilan bir safda turish mumkinligini isbotladi. Albatta, Odil futbolni butunlay tark etayotgani yoʻq. U yaqin kelajakda oʻzi asos solgan „Odil Junior“ akademiyasi orqali Oʻzbekistonga koʻplab futbolchilarni yetishtirib beradi. Shuningdek, OʻFA va PFLda faoliyat yuritib, oʻzbek futboli va milliy jamoaning jahon chempionatiga chiqishida hissa qoʻshadi. Odilga yana bir karra rahmat aytib, butun oʻzbek futboli va millionlab muxlislar nomidan minnatdorchilik bildiraman[3].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ „Ички ишлар вазири милиция ҳақидаги сценарийлар борасида: “Буни чиқариб...”“.
- ↑ „Абдусалом Азизов: «Тотализатор, келишилган ўйинлар каби тушунчаларни йўқотиш — бизнинг биринчи даражали вазифамиз бўлиши керак»“.
- ↑ „«Одил – Биродар Абдураимов, Миржалол Қосимов каби ўзбек футболи тарихидан жой олди». Абдусалом Азизов Аҳмедовга «олтин бутса» топширди“.