Kontent qismiga oʻtish

Alkimyogar

Vikiiqtibosdan olingan
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:

Alkimyogar (portugalcha: O Alquimista)Paulo Koeloning 1988-yilda nashr etilgan, dunyo boʻylab bestsellerga aylangan romani.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Xudoning qahri qattiq, ammo Uning marhamati ham chek-chegarasiz.
  • Hammamiz oʻzimiz ega boʻlgan narsani — u ekinimiznimi yoki hayotimiznimi — yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqamiz. Ammo bizning taqdirimizni ham, olam tarixini ham azal daftariga bitta Qoʻl bitganini tushunsak, bu qoʻrquv yoʻqoladi.
  • “Hammaning dunyoni oʻrganadigan oʻz uslubi bor, — oʻyladi yigitcha. — Uniki menga, meniki unga toʻgʻri kelmaydi. Faqat shuning uchungina uni hurmat qilmasligim insofdan emas”.
  • Shamol qum barxanlari shakl-u shamoyilini ming koʻyga soladi, ammo sahro sahroligicha qolaveradi. Bizning muhabbatimiz ham sahro kabi oʻzgarmaydi.
  • Muhabbatning oʻz talabi bor — maʼshuqang qayerda boʻlsa, sen ham oʻsha yerda boʻlishing lozim.
  • Inson sevgani uchun sevadi — vassalom. Muhabbat izohlarni tan olmaydi.
  • Anglashning faqat bitta yoʻli bor: harakat qilish.
  • ...biz oʻz holimizdan yaxshiroq, mukammalroq boʻlishga harakat qilar ekanmiz, atrofimizdagi jamiki narsalar ham mukammallashadi, goʻzallashadi.
  • Roʻyi zamindagi har bir odam, u nima bilan shugʻullanishidan qatʼiy nazar, dunyo tarixida eng asosiy vazifani bajaradi. Odatda, buni oʻzi ham bilmaydi.