Amir Temur
Qiyofa
| Amir Temur | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
9-aprel 1336 va 8-aprel 1336 Shahrisabz |
| Vafoti |
19-fevral 1405 va 18-fevral 1405 Oʻtror |
| Qardosh loyihalar | |
Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi: Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) – 1405-yil-yil, 18-fevral, Oʻtror shahri, Samarqandda dafn etilgan) – oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.
A
[tahrirlash]B
[tahrirlash]- Barcha ishlarimning toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat bilan, qolgan bir ulushini esa qilich ila bajo keltirdim[2][3].
- Bilagi zoʻr birni yiqar, bilimi zoʻr – mingni[1][2][4].
- Bir kalima shirin soʻz qilichni qinga kiritadi[1].
- Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzal[1].
- Biron ishni qilmoqchi boʻlsam, kengashib olib, keyin Qurʼondan fol ochardim va Qurʼon hukmi bilan ish qilur erdim[1].
- Biz kim Mulki Turon, Amiri Turkistonmiz, Biz kim millatlarning eng qadimi va eng ulugʻi Turkning bosh boʻgʻinimiz. Agar bizning qudratimizga shubha qilsang, biz qurgan imoratlarga boq[5].
- Boʻlar odam yoshida bosh boʻlar, boʻlmas odam qirqida ham yosh boʻlar[1].
D
[tahrirlash]- Dushmanning kulgani – siringni bilgani[1].
I
[tahrirlash]- Ilm va dinning mashhur kishilari oʻz maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar[1][2][6].
- Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir![7].
K
[tahrirlash]- Kechira olishlik – mardlik, kechira bilmaslik – nomardlik sanaladi[1][2][8].
- Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir. Hayotni oʻrgatuvchi murabbiydir[1].
- Kuch birliktadir[5].
- Koʻkda bitta Alloh boʻlgani kabi yerda ham bitta hukmdor boʻlishi lozim.
O
[tahrirlash]- Olamni yaratgan tangri yolgʻizdir, uning sherigi yoʻqdir. Shunday ekan Tanrining mulki boʻlgan yer yuzining hukmdori ham bitta boʻlmogʻligi kerak[5].
Q
[tahrirlash]- Qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga boqing![9]
S
[tahrirlash]- Sodiq va vafodor doʻst ulkim, oʻz doʻstidan ranjimaydi, doʻstining dushmanini oʻz dushmani deb biladi. Agar kerak boʻlsa, doʻsti uchun jonini ham ayamaydi[1].
- So‘zlaguvchi gar nodon erur, tinglaguvchi dono o‘lsin![10].
T
[tahrirlash]- Turklikni ulugʻlash uchun yashang, Turkiyga qilich koʻtaradigan qoʻlni sindirib tashlang!
U
[tahrirlash]X
[tahrirlash]- Xudoning ishiga qara! Katta dunyoning hukmdorligi senga oʻxshagan koʻr va men singari oqsoq insonga ravo koʻrilibdi, men unga kulayapman!
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 59.
- ↑ Tursun 2006, s. 6.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Amir Temur iqtiboslari
- ↑ Tursun 2006, s. 11.
- ↑ „Tadbirkor kishilar“. hikmatlar.uz.
- ↑ Tursun 2006, s. 130.
- ↑ „KUN.UZ Amir Temur o‘gitlarini yodga soladi“. kun.uz.
- ↑ „Amir Temur o'gitlari“. :hikmatlar.uz.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.