Kontent qismiga oʻtish

Aql

Vikiiqtibosdan olingan
Aql

Qardosh loyihalar

Aql (arabcha : عقل) — falsafada tushunchalar hosil qilish va ularga muvofiq hukm yuritish qobiliyatidir. Bugungi kunda Gʻarbda bu kontseptsiya asosan nemis faylasufi Immanuel Kantning taʼsiri ostida boʻlib, u ratsional tushunishga qarshi turadi, ammo uni idrokdan ajratadi .

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Aql agar koʻzga koʻrinuvchi jism boʻlganda dunyoni qorongʻilik bosmas edi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Aql baxtga yetish vositasi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Aql bilan odob, jism bilan jon.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Aql bilan tajribaning aloqasi suv bilan yerning aloqasi kabidir. Suv bilan yer oʻzaro birga boʻlmasa, yerda biror narsa unishi mahol![4] [„Favoqih al-julaso“ asaridan]

  Qayum Nosiriy
  •  

Aqldan barcha ish yaxshi boʻladi,
To gʻazab kelmasa aql barqaror.
Bu hikmatni oqil yaxshi biladi,
Gʻazab kelsa aql boʻladi nochor![5]

  Xoja Samandar Termiziy
  •  

Aqldek xazina yoʻq, jahldek faqirlik yoʻq, odobday meros yoʻq, mashvaratdek yordamchi yoʻq[6].

  Ali ibn Abu Tolib
  •  

Aql faqat insongagina xos boʻlgan tugma quvvat-ruhiy kuch bilan bogʻlikdur[4].

  Farobiy
  •  

Aql — har bir kishining xudosi.

  Geraklit
  •  

Aqli koʻp boʻlib, oʻzi odobsiz boʻlgan kishi ovga qurolsiz chiqqan kishiga oʻxshaydi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Aqlini ishlatgan odam aqllidir. Boshqalarning ham aqlini ishlatgan odam undan-da aqlliroqdir[7].

  Ali ibn Abu Tolib
  •  

Aql odamga hamisha hamdam va doʻst, mol-dunyo esa tashlab ketuvchi bevafo mehmon.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Aqlli odam kambagʻal boʻlmaydi.

  Otalar soʻzi[8]
  •  

Aqlning alomati kamtarlik, ahmoqlikning belgisi esa takabburlikdir[9]. [„Favoqih al-julaso“ asaridan]

  Qayum Nosiriy
  •  

Aql odamni yashnatadi, nodonlik esa qaqshatadi.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Aql ulugʻlikka etadi payvand,
Aqlsizning doim oyogʻida band[10].

  Abulqosim Firdavsiy
  •  

Arslon oʻz quvvati va shijoati bilan ovqat topib, kun kechirgani kabi inson ham qayda boʻlmasin oʻz aqli bilan kun kechiradi. Agar kishida mol-u dunyo koʻp boʻlsayu, aqli boʻlmasa, qadr-u qimmati ham boʻlmaydi[9]. [„Favoqih al-julaso“ asaridan]

  Qayum Nosiriy
  •  

Aytishlaricha, har bir narsa aqlga muhtoj. Aql esa tajribaga muhtojdir[4]. [„Favoqih al-julaso“ asaridan]

  Qayum Nosiriy
  •  

Azizim, uzoqni koʻruvchi aqlni va olamni bezatuvchi tafakkurni har qanday ishda oʻzing uchun odil hokim va komil sinovchi qilib olki, insoniylik sharafining javhari boshqa hayvonlardan aqlining oʻtkirligi bilan ajralib turadi[1].

  Xoja Samandar Termiziy
  •  

Baxtga erishish uchun eng avvalo aql kerak.

  Sofokl
  •  

Bir sandiq oltindan bir zarra aql yaxshi.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Bizni dunyo va oxirat saodatiga boshlovchi narsa, albatta, Allohning eng buyuk neʼmati – aqldir[11].

  Abdurauf Fitrat
  •  

Boshida aqli yoʻq odamning hayvondan farqi yoʻq.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Donoga aqlsiz barcha axloqiy qoidalar behudadir[12].

  Nikolay Pirogov
  •  

Ey oʻgʻil, bu soʻzim sinalgan beshak,
Boshida aqli yoʻq misoli eshak!

  Otalar soʻzi[9]
  •  

Eshak oz ovqat yeb riyozat chekkan bilan aqlli boʻlib qolmaydi.

  Otalar soʻzi[13]
  •  

Fanning ibtidosi — aql, aqlning ibtidosi esa — sabr-toqat[14].

  Afandi Kofiyev
  •  

Hamma kishilar aqlga muhtojdirlar, aql esa amaliyotga, ish-harakatga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham amaliyotni aqlning oynasi, deyishadi[15].

  Husayn Voiz Koshifiy
  •  

Insonning boshqa jonzotlardan afzalligi aqldadir. Aqlning maqsadi esa nutq va shirinsuxanlikni takomillashtirishdan iborat[15].

  Majididdin Xavofiy
  •  

Jahonda bor narsa – aqlga, aql esa tajribaga muhtojdir[16].

  Muʼiniddin Juvayniy
  •  

Kimki oʻz fikriga magʻrurlanib ish tutsa, yoʻldan adashadi. Kimki oʻz aqliga suyanib, oʻzgalar bilan hisoblashmasa, xorlik tortadi[17].

  Muhammad Zehniy
  •  

Nafsning tizgini aqlning qo'lidadir, aql nafs ustidan hukm yurgizib, uni yomon yo'ldan asrab turadi. Odatda qaysi narsa ko'paysa, qadri kamayib ketadi. Ammo aql ko'paygan sari qadri oshaveradi. Hamma narsaning chegarasi va to'xtaydigan joyi bor, ammo aqlning chegarasi yo'q[9]. [„Favoqih al-julaso“ asaridan]

  Qayum Nosiriy
  •  

Odamning aqli soʻzidan bilinadi.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Pulni ishlatsang ozayadi, aqlni ishlatsang sayqal topib, koʻpayadi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Qalb gʻaybga va maʼnaviy olamga, aql esa zohirga va moddiy olamga ochilgan darchadir. U holda birinchini ikkinchi bilan izlash – ahmoqlik, ikkinchini birinchi bilan izlash esa gʻaflat va nodonlikdir[18].

  Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy
  •  

Qanchadan-qancha odamlar aql bilan pastlikdan yuqoriga koʻtariladi, qanchadan-qancha qadrli odamlar nodonlikka yoʻl qoʻyib, pastlik sari qulaydi.

  Otalar soʻzi[9]
  •  

Qorin yemoqdan zavq oladi, aql esa hikmatdan.

  Otalar soʻzi[19]
  •  

Serjahl boshda aql boʻlmaydi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Oʻzingdan ojizlarga rahm bilan, oʻzing bilan tenglarga insof bilan, oʻzingdan ustunlarga aql bilan boq.

  Otalar soʻzi[20]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 60.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 62.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 61.
  4. 4,0 4,1 4,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 55.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 207.
  6. Tursun 2006, s. 67.
  7. Tursun 2006, s. 60.
  8. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 201.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 58.
  10. Tursun 2006, s. 66.
  11. Tursun 2006, s. 80.
  12. Voronsov 1989, s. 28.
  13. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 64.
  14. Tursun 2006, s. 62.
  15. 15,0 15,1 Tursun 2006, s. 63.
  16. Tursun 2006, s. 116.
  17. Tursun 2006, s. 156.
  18. Tursun 2006, s. 36.
  19. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 170.
  20. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 195.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.