Kontent qismiga oʻtish

Aragon Lui

Vikiiqtibosdan olingan
Aragon Lui

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 3-oktyabr 1897
16th arrondissement of Paris
Vafoti 24-dekabr 1982
7th arrondissement of Paris
Qardosh loyihalar

Aragon Lui (3-oktyabr 1897-yil; 24-dekabr 1982-yil) — fransuz yozuvchisi va jamoat arbobi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Men bu kitobni ikkita bir-biriga oʻxshamaydigan davrni qiyoslab boʻlmasligini koʻrsatish uchun yozdim. Oʻtmishni bugungi kundan kelib chiqib muhokama qilish yoki izohlashdan koʻra johilona ish yoʻq.
  • Quyosh hamisha ishqibozlarining koʻzini qamashtirgan.
  • Agar koʻksimni tilsangiz, u yerdan Parijni topasiz.
  • Adabiyot mamlakat uchun juda muhimdir, mohiyatiga koʻra, uning yuzi deyish mumkin.
  • Biz koʻpincha yoʻq joydan muammolar oʻylab topamiz.
  • Ajoyib kechalarning birida kelajak oʻtmish deb nom oladi. Bu payt ortingga qaraysan-da, olislayotgan yoshligingni koʻrasan.
  • Baʼzida gʻolib boʻlish uchun chekinishga, qoʻlga kiritganingdan voz kechishga toʻgʻri keladi.
  • Odam nimadan hayratlansa, oʻshani koʻngliga yaqin oladi.
  • Optimizm buyuk kishilarning ziynatidir.
  • Dunyo yolgʻonchi guvohlarga toʻla.
  • Rashk bu — jon joying­­ga toʻxtov bilmay sanchilayotgan ignadir.
  • Odamlar koʻpincha oʻzlarining vaqtinchalik baxtsizliklarini dunyodagi eng muhim narsa deb hisoblaydilar.
  • Faqat mehnatgina insonning qiyofasini oʻzgartira oladi.
  • Davrimizning ziynati yorqin shoirlardir. Angliyada — Kipling, Fransiyada Apolliner va Elyuar, Germaniyada Rilke, Rossiyada — Mayakovskiy va Yesenin, Armanistonda — Charens va Isaakyan. Bu mayoqlar bir-bir soʻnganda goʻyo dunyo zulmatga choʻmganday boʻldi.
  • Tanqid muddatsiz surgundir.
  • Taʼlim berish – umid urugʻini ekish demakdir.
  • Toʻgʻrilik koʻpincha muhokama qilinmaydi.
  • Yoshlar orzu qiladi. Qarilar eslaydi.
  • Hayotda hech bir narsa biz tasavvur qilgandek boʻlmaydi.

Manba

[tahrirlash]

1. Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!