Ayzek Azimov
Qiyofa
| Ayzek Azimov | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
2-yanvar 1920 Petrovichi |
| Vafoti |
6-aprel 1992 Manhattan |
| Qardosh loyihalar | |
Ayzek Azimov (inglizcha: Isaac Asimov)(2-yanvar 1920-yil; 6-aprel 1992-yil) — amerikalik fantast yozuvchi, fan targʻibotchisi va Boston universiteti biokimyo professori boʻlgan.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Odamlar oʻzlarini qoʻshnilaridan yaxshiroq, madaniyatlari qadimiyroq va yuqoriroq, boshqa yerlarga tarqalgan jamiki yaxshi jihatlar ulardan olingan, yomonliklar esa oʻzga mamlakatlarda oʻylab topilgan, deb hisoblashga oʻrganib qolganlar.
- Kelajakda ham kitobning oʻrnini hech narsa egallay olmaydi, xuddi oʻtmishda egallay olmaganidek.
- Agar shifokor menga besh minut umrim qolganini aytsa, vahimaga tushmayman. Faqat tezroq nimadir yozib qolishga urinaman.
- Tarixiy jarayon shunday nuqtaga keldiki, endi insoniyatga dushmanlik qilish, yovlashish mumkin emas. Yerdagi odamlar bir-birlari bilan doʻstlashishlari lozim. Men, shu gʻoyani oʻz asarlarimda alohida taʼkidlab kelaman...
- Mayli, barcha kishilar bir-birlarini yaxshi koʻrmasinlar, biroq ular orasidagi nafratni albatta yoʻqotish shart.
- Ilmiy fantastika barcha odamlarning birlashishlariga yordam beruvchi soha deb qattiq ishonaman.
- Ilm-fanda ifoda etiladigan eng hayajonli soʻz “Evrika!” emas, “Mana bu ajoyib-ku!”dir.
- Bahslashmaydigan ayollarni kamchiliklardan xoli deb hisoblayman.
- Agar ovqat shirin boʻlsa, u zararlidir.
- Masʼuliyatlilik — ogʻir ish emas.
- Insoniyat tarixini anglash qiyin. Kichik oʻzgarishlar katta kutilmagan natijalarga olib kelgan.
- Jahli chiqib turgan odamning haqoratlaridan xafa boʻlmang. Agar, u tinchlanib, haqoratlarini yana qaytarsa, shundagina ranjishingiz mumkin.
- Hayotda turli savollarga toʻgʻri javob topishdan qiziqarliroq ish bormi?
- Balogʻatga yetganimizdan soʻng, biz oʻzgarmaymiz, faqat yoshimiz ulgʻayadi va ajinlarimiz koʻpayadi. Ammo, bu tashvish chekishga arzimaydi.
- Kam degani, umuman yoʻq, degandan koʻra yaxshiroqdir.
- Qarishni ham bilish kerak. Siz qariganingiz sari muloyimroq, odamlarga mehribonroq boʻlib boring. Asosiysi, atrofdagilar siz oʻz hayotingizdan qoniqayotganingizni va rohatlanib yashayotganingizni koʻrishsin.
- Jamiyat boshida turuvchi robot yaratilganda, u eng yaxshi siyosatchi boʻlgan boʻlardi. Robototexnika qonuniga muvofiq, u odamlarga ziyon yetkaza olmasdi, zoʻravonlik va poraxoʻrlik qilmasdi. U qarimas va oʻlmas ekanligini bilsa ham, vaqtida isteʼfoga chiqardi.
- Avval oʻyla, keyin indama.
- Seni kim deb hisoblashlari emas, sen oʻzingni kim deb his qilishing muhimdir.
- Ishonch va matonat doimo mukofotlanadi. Oʻsimlik poyasini ushlab, shahd bilan hamla qiling, u dushmanga toʻqmoqdek tuyuladi. Taraqqiyot faqat ixtirolar orqaligina amalga oshadi.
- Hayot – yoʻqotishlar zanjiridir. Yoshligingni, ota-onangni, doʻstlaringni, sogʻligʻingni va oxirida hayotning oʻzini ham yoʻqotasan.
- Fantast-yozuvchilar nima qilayotganliklarini oʻzlari ham aniq bilmaydilar. Ularning koʻpchiligi oʻz ijodlarini tirikchilik manbai deb aytishlari mumkin. Ammo, men uchun, ular — nomaʼlum va xavfli kelajakka boqishga jazm etayotgan insoniyat koʻzlaridir.
- Tarixchilarning maʼlumotiga koʻra Makedoniya shohi Filipp qoʻshni Sparta davlatiga bunday maktub yuborgan: “Agar, men yurtingizga kirsam, Spartani yer bilan bitta qilib tashlayman!” Ular bitta soʻz bilan javob qaytarganlar: “Agar!” Bu insoniyat tarixidagi eng qisqa javob xati hisoblanadi.
- Saljuqiylarning buyuk hukmdori Malikshoh uzoqroq yashaganda yoki isteʼdodli taxt vorisiga ega boʻlganda, Salb yurishlari avval boshdanoq halokatga uchrardi. Umuman olganda, salbchilarning ayrim muvaffaqiyatlari musulmonlar orasidagi kelishmovchiliklar tufayli yuz bergan.
- Fransiyada, qirol Lyudovik VII davrida, shamol tegirmonlari qurilishi boshlangan. Bu gʻoya oʻsha paytlarda texnologiya sohasida ancha ilgʻor boʻlgan Sharq mamlakatlaridan ortga qaytayotgan salbchilar tomonidan olib kelingan. Salb yurishlari natijasida, u yerlarda oʻrganilgan yangicha tafakkur va yetuk gʻoyalarning qimmati, yutqizilgan yoki yutilgan janglar ahamiyatidan ancha yuqori boʻlgan.
- Matematikadan boshqa hech vaqoni bilmasang, buyuk matematik deb hisoblanishing mumkinmi?
- Olgʻa qadam tashlash uchun doimo sabab bor. Faqat uni oʻz vaqtida topib turish lozim.
- Ishonch aqldan ustun.
- Hayot, umuman olganda, antiqadir. Antiqalik unga toʻliq mos keluvchi yagona sifatdir.
- Men amaldorlarning koʻpini koʻrdim, ammo ularning orasida baxtlilarini uchratmadim. Amal — polga qoqib qoʻyilgan kursi emas. Shuning uchun, amaldor doimo kursini kimdir siljitmasligidan ogoh boʻlib, hamisha xavotirda ishlaydi.
- Muammoni hal qilishning eng oson yoʻli — uni yoʻq deb faraz qilishdan iborat.
- Olti — “aʼlo sonlar”ning birinchisidir. Uning boʻlinuvchilarining yigʻindisi oʻziga teng. Yaʼni, 6 da ular uchta: 1, 2 va 3. Ularning yigʻindisi 6 ga teng. Bunday sonlar koʻp emas. Undan soʻng, 28 keladi: 1+2+4+7+14=28. Keyingilari, 496 va 8128 sonlaridir. Bu narsani qadimgi matematiklar yaxshi bilishgan.
- Ilmiy haqiqat qonuniy yoki noqonuniy kabi tushunchalardan tashqaridadir.
- Faylasuf boʻlish uchun oliygohda oʻqish shart emas. Oʻtkir aql va hayotiy tajriba kerak.
- Ozod boʻlishni istagan odamgina ozod boʻla oladi.
- Qoʻrquv — insonga kerak. U ehtiyotkor boʻlishni oʻrgatadi va hayotni asraydi.
- Biz qanday usulda rizq-nasiba topayotganimiz, qay holatlardan zavqlanayotganimiz, qanday gʻoyaga ishonayotganligimiz, nimalarni yaxshi, nimalarni yomon, deyayotganimiz — madaniyatdir.
- Bu sayyorada birgina ishlab chiqarish rivojlangan edi, yaʼni davlat tomonidan birgina mahsulot — qonun chiqarilardi. Butun hayot jarayoni betinim boshqarilardi. Sayyorada odamlar, uy hayvonlari va parazit-tekinxoʻrlar yashardilar. Trantorda boshqacha hayot yoʻq edi.
- Yomon xabarlar burgut qanotida keladi, yaxshilari esa toshbaqa oyoqlarida.
- Ayni hayotdan qoniqmaslik insoniyatni taraqqiyotga va madaniyat rivojlanishiga undagan. Holatidan qoniqib oʻtiraberish — ortga ketishdir.
- Pulning jozibasi — juda kuchli. Lekin, hayotga jiddiy qaragan odam uchun pulning oʻzi yetarli emas.
- Kimnidir sevsang, uning koʻzlarida hamisha quvonch chaqnayotganligini koʻrging keladi.
- Atirgul — loy va iflos tuproqda oʻsadi.
- Oʻtgan zamonni butunlay unutish mumkin emas, chunki u bugunni keltirib chiqargan.
- Mish-mishlarni barcha zamonlarda toʻxtata olishmagan.
- Sen koʻphujayralik organizm sifatida taxminan ellik trillion hujayradan iboratsan. Lekin, shaxs sifatida, aytilgan barcha hujayralar ahamiyati yigʻindisidan muhimroqsan.
- Ishlarni rivojlantirish uchun rejalar tuzishning oʻzi kamlik qiladi. Ularni vaqt kelganda oʻzgartirishni ham bilish kerak.
- Men toʻsatdan, odamlar ahmoqdir, degan fikrga kelib qoldim. Oʻylab koʻring, insonlar xatti-harakatlarini tartibga soluvchi qonun-qoidalar yoʻq edi, ularni oʻylab topishdi. Ammo, odamlar, shu, oʻzlari oʻrnatgan qoidalarga rioya qilishmaydi. Ajab!..