Aziz Nesin
Qiyofa
| Aziz Nesin | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
20-dekabr 1915 va 21-dekabr 1915 Heybeliada va Istanbul |
| Vafoti |
6-iyul 1995 Alaçatı |
| Qardosh loyihalar | |
Aziz Nesin (1915-yil, Istanbul; 1995-yil, Izmir) — turk hajviy yozuvchisi, dramaturg.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Eng goʻzal sheʼr matematikadir. Yer yuzida hozirgacha “ikki karra ikki toʻrt”dan ham goʻzal misra yozilmagan.
- Barmoqlarimiz orasidagi boʻshliq — biz uchun yaratilgan inson kelib uni toʻldirishi uchun mavjud.
- Togʻlar qulamasin deb oh chekmayman. Oʻzimni buzaman, dunyoni buzmayman.
- Turk erkaklari dunyoning eng rashkchi erkaklari hisoblanishining sababi sevgilisiga emas, oʻziga ishonishmaganidandir.
- Ehtimol, quchoqlaydigan sevgilimiz yoʻqdir, ehtimol, yolgʻizdirmiz. Biroq bilib qoʻyingki, odamdek sevganimiz tufaylidir bu tanholigimiz.
- Harbiy sohalarga sarflangan pul dunyodagi ochlik muammosining tamoman hal qilinishi uchun lozim boʻlgan puldan yuz baravar koʻp.
- Xaritalarga qaradim, hech birida uying yoʻq.
Ensiklopediyalarni titdim, hech birida surating yoʻq.
Lugʻatlardan izladim, hech birida isming yoʻq.
Koʻzgudagi aksimga boqdim, seni koʻrdim.
Bildimki, sen mensan. - Dangasalarning ish kuni “ertaga”dir.
- “Hech kimga ishonmayman” degan tushuncha yoʻq, “vaqtida unga ishondim, endi hech kimga ishonmayman” bor.
- Hayot imtihon boʻlsa, sira aziyat chekma, ismingni yoz va chiq. Balki oʻtolmassan, biroq isming ostida yap-yangi sahifa qoldirib ketasan.
- Sovuq qotsang — bu iliqlik, qorongʻulik choʻksa — bu nur yoʻqligidandir. Agar har tomon qorongʻi, sen sovuq qotayotgan boʻlsang, bu uning yoʻqligidandir.
- Bir urugʻ berding, chechagingni ol.
Bir don berding, daraxtingni ol.
Bir butoq berding, chamaningni ol.
Dunyomni senga berdim, favat menda qol. - Tor joydan chiqqanlar keng joylarga sigʻishmaydi.
- Orzuyim bir bolakayga “Qanchalik yaxshi koʻrasan?” savolini berganida qoʻlini ikki tomonga ochib “Mana shuncha” deydigan oʻsha masʼum sevgini topish edi...
- Kambagʻalning yagona quroli — mehnatdir.
- Yolgʻizligingni olib yonimga kel. Qoʻrqma, zerikmaymiz. Sening yolgʻizliging mening yolgʻizligim bilan suhbatlashadi, bizlar esa bir chetda jim turamiz.
- Hayotim davomida boʻyim qadar kitob yozdim, biroq meni yoqtirmaydiganlar bunga ham bir bahona topib — shusiz ham uning boʻyi kichkina edi deya olishdi, xolos.
- Inson faqat gapirgani emas, jim turgani oldida ham masʼuliyatlidir.
- Bilasan, erkak uncha-munchaga yigʻlamaydi, biroq u yigʻlasa, koʻzyoshlari hech qachon sohta boʻlmaydi.