Bolalarini pisand qilmagan millatlar inqirozi ularni yot qoʻllarga va yot madaniyatlar ixtiyoriga berib qoʻyganlari sababliki, ulardan ayrilishga mahkumdirlar[1].
Bola uchun ajratilgan besh-oʻn daqiqa vaqt kelajakda oylab-yillab davom etadigan qaygʻu-alamlar oldini olishini anglab yetgan ota-ona naqadar baxtli![2][„Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor“ asaridan]
Bordi-yu kishining uchta farzandi boʻlsa, har uchoviga ham ilm oʻrgatgani yaxshi. Agar bunday imkoniyatga ega boʻlmasa, bittasiga ilm oʻrgatsin, bittasiga hunar va yana bittasiga ziroat yoki tijorat oʻrgatsin. Umuman, ularni biror foydali ish bilan mashgʻul qilish, nobakor va qabih kishilar bilan ulfat, hamsuhbat boʻlishidan qaytarish kerak.
Farzandingning tili kalimaga juftlangan kundan boshlab, uning ongiga quyidagi uch muborak jumlani quymogʻing farzdir: „Assalomu alaykum“, „Bismillahir rahmonir rahim“, „Allohu akbar“[5].
Oʻz farzandingni yaxshi xulq-odobli va aqlli boʻlishga oʻrgat. Kimki yoshlikdan yaxshi xulq-odob egallamas ekan, ulgʻayganda undan bilim talab qilma[7].