Kontent qismiga oʻtish

Charlie Chaplin

Vikiiqtibosdan olingan
Charlie Chaplin
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Charlie Chaplin (talaffuzi: Charli Chaplin; 1889-yil 16-aprel – 1977-yil 25-dekabr) – ingliz komik aktyori, rejissor, bastakor, ovozsiz kino davrining muhim shaxslaridan biri boʻlgan.



  • Aql bilan qilingan xato, aqlsizlik bilan qilingan xatodan koʻproq balo keltiradi[1].
  • Aql meni xavotirga solishi, hatto kasal qilib qoʻyishi mumkin. Biroq uni yuragim bilan uygʻunlashtira olsam, u oʻsha zahotiyoq mening bebaho ittifoqchimga aylanadi[2].
  • Aslida qayerda yashashingning umuman farqi yoʻq, asosiysi kim bilan yashashing[1].
  • Bolaligi boʻlmagan odamning keksaligi ham boʻlmaydi[1].
  • Bu foniy dunyoda hech narsa abadiy emas, hatto qiyinchiliklar ham oʻtkinchi[1].
  • Fikrlash qobiliyati skripka yoki royal chalishga oʻxshaydi. U bilan har kuni shugʻullanib turish kerak[2].
  • Fillarni koʻrsam jahlim chiqadi. Axir bu qadar kuchning egasi shunchalik itoatkor boʻlishi mumkinmi?[1]
  • Hamisha yerga qarab yuradigan odam kamalakni koʻrolmaydi[2].
  • Hamma gap samimiyatda. Chol banan poʻchogʻiga sirpanib yiqilib tushdi – bunga kulmaymiz. Lekin bu holat takabbur va boy jentelmen bilan sodir boʻlsa, miriqib xoxolaymiz[2].
  • Hayotdagi eng qaygʻuli hol – hashamatga oʻrganib qolishdir[2].
  •  

Hayot katta planda qaraganda tragediya, uzoqdan qaraganda komediyadir[1]. — The Guardian gazetasidagi marhumga bag‘ishlangan maqolada qayd etilgan. (1977-yil 28-dekabr)

 

Life is a tragedy when seen in close-up, but a comedy in long-shot.

  • Hayot repetitsiya qilinmaydigan pyesadir. Shu bois parda tushib, spektakl tugamagunicha hech qanday qarsakni kutmay kuylang, yigʻlang, raqsga tushing, kuling va qoʻlingizdan kelganicha yaxshi yashang[2].
    • Hayot – repetitsiyasiz pyesaga oʻxshaydi. Yaʼni sahna tugab, parda olqish-u suronlarsiz yopilgunicha koʻnglingiz istaganicha oʻynang, kuling, yigʻlang[1].
  • Hech qachon bola boʻlmaganlar katta ham boʻlmaydilar[2].
  •  

Komediya suratga olish uchun menga park, politsiyachi va bitta chiroyli qiz kifoya qiladi[2]. — My Autobiography (1964), Ch. 10.

 

All I need to make a comedy is a park, a policeman and a pretty girl.

  • Koʻzgu – mening yaqin doʻstimdir. Chunki men yigʻlasam, u hech qachon kulmaydi[1].
  • Mening ogʻrigʻim kimningdir kulgisiga sabab boʻlishi mumkin, lekin mening kulgim kimningdir ogʻrigʻiga sabab boʻlmasligi kerak[2].
    • Mening ogʻrigʻim kimnidir kuldira olishi aniq, biroq kulishim hech qachon hech kimga ogʻriq keltirmasligini istardim[1].
  • Men kambagʻallikda hech qanday joziba yoki ibrat koʻrmayman. U menga hech narsani oʻrgatmadi, hayotiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarimni buzdi, xolos. Jamiyatning oliy sinfi deb ataluvchi boylarning iqtidori va fazilatlarini hurmat qilmaslikni uqtirdi[2].
  • Men siyqasi chiqqan mavzudan qoʻrqmayman. Hayotning oʻzi toʻlasicha siyqalik. Axir har birimiz yashaymiz va oʻlamiz, bir kunda uch mahal ovqatlanamiz, sevamiz va sevmay qoʻyamiz[2].
  • Ovozsiz kinolar, eh, afsus… Ayolning ogʻzi ochilsa ham, sasi eshitilmagan kadrlar qanday goʻzal edi[1].
  • Oyna – mening eng yaxshi doʻstim. Chunki yigʻlagan paytim u hech qachon kulmaydi[2].
  • Sanʼat uchun sahnaga yalangʻoch chiqishga ham toʻgʻri keladi. Ammo u yerdan nainki kiyimda, balki soflikni saqlab qayta olish darkor[1].
  • Sevilmaganlargina nafratlanadilar[2].
  • Tabassumsiz kun – yoʻqotilgan kun[2].
  • Gʻoya qanday yaraladi? Faqat telbalik asosidagi ishonchli qidiruv bilan[1].

Manbalar

[tahrirlash]