Kontent qismiga oʻtish

Dima Qayum

Vikiiqtibosdan olingan
Dima Qayum
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 3-avgust 1983
Rishton
Qardosh loyihalar


Dima Qayum (1983-yil 3-avgust) — bloger, tadbirkor, hunarmand, “Menkim, Dima Qayum” nomli kitob muallifi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Bundan 17 yil oldin oʻqishga kirmoqchi boʻlib imtihonga yoʻl olayotsam, bir qiz “Hoy, senga kim qoʻyibdi? Borib molingni boq”, degandi. Shu-shu oʻqimay, bozorda pechka sotdim va oʻsha qiz har kuni oʻsha gaplarini qayta-qayta aytaveradi...[1]
  • Postlarni buzib tashlasa, chiqqan materiallarini menga berishsa, yaxshilab qayta ishlab, pechka yasab sotardim[2].
  • Robot onaning qiziga nasihati: “u yigit senga uylanmaguncha, chipingni koʻrsatma, xoʻp”[3].
  • Talablarga binoan qoʻshiqlar
    Paxtaga chiqayotgan oʻqituvchilar uchun Ozodbek Nazarbekovni “Hokim qasam ichmaydi...” Iya, uzr! “Yigit qasam ichmaydi, yigitning soʻzi qasam!”
    Kaltak yegan oʻqituvchilar talabiga binoan: “Kimligini aytmayman!” (Oxunjon Madaliyev)
    Kaltak yegan doktor uchun: “Bos, bos, qamchi bos!” (Hosila Rahimova)
    Dollar sotib, naqd dollar sotib ololmayotganlar uchun: “Afsusdaman” (Manzura)
    Qora bozorchilar talabiga binoan: Ozodbek ijrosida “Kechir” qoʻshigʻi!
    Yoʻllar asfalt boʻladi, deb va'da berib, lekin bajarmaganlar talabiga binoan: Shahzod guruhidan “Oʻynaysan” qoʻshigʻi.
    Chiroq-gazchilar talabiga binoan: Yulduz Usmonova va Tohir Sodiqov “Undan nimam kam?”[4].

Manbalar

[tahrirlash]