Kontent qismiga oʻtish

Diyor Imomxoʻjayev

Vikiiqtibosdan olingan
Diyor Imomxoʻjayev
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Imomxoʻjayev Diyor Abrorovich (1989-yil 22-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi, futbol sharhlovchisi, 2020-yil 1-iyundan hozirgacha Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori.

Mashhur sport sharhlovchisi va futbol hakami Axbor Imomxoʻjayevning nabirasi.

Iqtiboslari

[tahrirlash]

20-yanvar

[tahrirlash]

Biz bir yil, bir yarim yil vaqt mobaynida kelishilgan oʻyinlarda, totalizatorda ishtirok etgan qirqdan ziyod futbolchilarni aniqlaganmiz. Chetlashtirdik. Bular Pro Liga yoki birinchi ligada, ana endi, hozir aytaman, Superligadayam boshlanadi. Italiyaning 2006-yildagi yoʻliga oʻtish kerak. Oʻzbek futboli shunga yetib keldi. Qachondir tozalanish kerak. Shuning uchun haqiqiy ogohlantirish boʻldi, hammasiga qoʻl qoʻydirib, protokolini olib keldik. U yerda aynan „jinoiy javobgarlik“ degan band bor. Hammamizning oilamiz bor, ularga halol luqma yediramiz, toʻgʻrimi? Masalan, futboldan chetlashtirilib yashash mumkin, boshqa ish qilish mumkin, ammo endi, arzimagan harom ishlarni deb, prokuratura va sudlarga qatnab yurishni kim oʻziga ravo koʻradi? Hech kim. Mana shu narsa Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi prezidenti nomidan hammaga yetkazildi[1].

14-mart

[tahrirlash]

Superligada VAR ishlaydigan oʻyinlar sonini koʻpaytirish ustida ishlaymiz. Keyingi safarimiz birinchi galda Yaypanga boʻladi. Boisi „Turon“ bugun hakamlikdan aziyat chekkan boʻlsa, bir necha oydan buyon soliq organlari sabab aziyat chekmoqda. Bu ketishda misqollab yigʻayotgan xususiy klublarimizni ham yoʻqotib qoʻyishimiz mumkin. Biz bir yil avval oʻxshash mavzu yuzasidan „Turon“ bilan birgalikda sudda yonma-yon ishtirok etgandik. Bundan keyin ham „Turon“, „Andijon“, „Yangiyer“, „Istiqlol“ kabi klublarni qoʻlimizdan kelganicha himoya qilamiz. Aynan shunday klublar futbolimiz ertasini belgilab berishi mumkin. „Turon“ katta futbol uchun katta chiqim qildi. Uning boshqaruvida bu kabi muammolarga tayyor insonlar bor. Biz shunday muammolardan keyin qoʻl siltab ketishimiz emas, ularga qarshi birga kurashishimiz kerakligini ular yaxshi tushunib turishibdi[2].

16-iyun

[tahrirlash]

Musobaqa juda yuqori saviyada tashkil etildi. Oʻzbekistonda 16-30 yoshlar oraligʻidagi yoshlarni oʻzida qamrab olgan bu kabi keng koʻlamli musobaqalar kam. Har bir mahalla oʻz shaʼnini himoya qilgani, keyinroq esa tuman va respublika bosqichi bilan turnir davom ettirilgani, 60mingdan ziyod yoshlarning bir chempionat yoʻlida kurashga kirishgani juda xursand qildi. Tashkiliy masalada qiyinchiliklar boʻldi. Lekin ishtirokchilarning koʻzlaridagi minnatdorlik hislari barcha charchoqlarimizni chiqarib yuboradi[3].

10-avgust

[tahrirlash]

Superkubok yaxshi ovqatdan oldingi salatga oʻxshaydi. Yeb shoh chiqmaydi, shunchaki ishtaha ochadi. Menimcha, oʻtgan 6 yil Futbol-TV juda katta inqilob qila oldi. Hammamizning yutugʻimiz uchun uning faoliyati davom etishi kerak[4].

3-yanvar

[tahrirlash]

Chempionlar ligasiga 1 ta va OFK kubogiga 1 ta yoʻllanma. Ha, bu biz uchun kam. Kvotalar sonini yildan-yilga oshirib borish esa oʻzimizning qoʻlimizda. Tushuntirishga harakat qilaman. OFK kvotalar belgilashda soʻnggi 4 yillik natijalarga eʼtibor qaratib kelayotgan edi. Buning natijasida biz 2023—2024-yilgi mavsum uchun 2+2 kvotasiga ega chiqdik. Hozirgi holatda gʻarb mintaqasida Saudiya, Eron va Qatardan ortdamiz. 2024—2025-yilgi mavsumdan eʼtiboran OFK kvota ajratishda soʻnggi 8 yillik natijalarga eʼtiborini qaratadi. Oqibatda BAA ham bizdan oʻzib ketadi. Chunki taxminan 2014—2017-yillar davomida futbol klublarimiz xalqaro maydonda juda sust ishtirok etgan. Hisoblash esa 2015-yilni ham nazarda tutadi. Pandemiya sabab 2020-yil hisobga kiritilmaydi. Fevral oyida „Nasaf“, avgustdan boshlab „Navbahor“ va AGMK, sentyabrdan boshlab „Paxtakor“ va „Nasaf“ Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tilakdoshmiz. Bu esa kvotalarimiz sonini oshirishga yordam berishi mumkin. Hozirgi holatda esa BAA ham ancha ilgarilab ketgan. 2014-yillardan boshlab biz litsenziyalash jarayoniga past nazar bilan qaraganmiz, futbol klublarimizni tom maʼnoda professional futbol klublariga aylantirishda koʻzboʻyamachilik bilan mashgʻul boʻlganmiz. „Futbol sharhi“, „Sokker klub“ kabi dasturlar, „Erudit sport“ gazetasidagi maqolalar bejizga yaxshi koʻrilmagan. Chunki oʻsha vaqtlardagi holat ularda ifoda etilgan. Biz haqiqiy holatimizni aniq tan olishimiz va keyingi rejalarni shunga qarab moslashtirishimiz shart. Biroq afsuski, bugun biz SMS yozgan shaxslar Abbos Fayzullayevning Chempionlar ligasida ehtimoliy Ronaldoga qarshi oʻynashidan koʻra, uning U20 Osiyo chempionatida toʻp surishini koʻproq istamoqda. Bu esa bizga potensial Shomurodovlarni emas, bir necha yil yoʻqolib qolib, keyin katta qiyinchilik bilan oyoqqa turadigan Iskanderovlarni taqdim etishi haqiqatga yaqinroq. Kelajak avlod bizdan ranjimasligi uchun ham xushyorroq boʻlishimiz shart[5]

8-avgust

[tahrirlash]

Milliy jamoa sharafini himoya qilayotgan yigitlar, erkaklar, u qaysi sohada boʻlmasin, menga bu pul kam, deyishi bu yomon tendensiya, uyat hisoblanadi. Bu yerda vatan uchun 5-10 million soʻmga ishlab yurgan odamlar bor. Futbolchilar oʻz futbol klubida yaxshi daromad oladi. Hukumat oʻzi loyiha yaratib, oxirida yutganida, yana pul berilganida u kam deb oʻtiribdi. Bu hamma futbolchiga tegishli gap. Milliy jamoa murabbiyi boʻlganimda, mukofot pulining kamligini muhokama qilgan odamni jamoaga chaqirmasdim[6].

Manbalar

[tahrirlash]