Kontent qismiga oʻtish

Erich Maria Remarque

Vikiiqtibosdan olingan
Erich Maria Remarque
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Erich Maria Remarque (talaffuzi: Erix Maria Remark; 1898-yil 22-iyun – 1970-yil 25-sentyabr) – germaniyalik yozuvchi.

Iqtiboslari

[tahrirlash]
  • Aql insonga birgina aqlning oʻzi bilan yashashning iloji yoʻqligini tushunish uchun berilgan.
  • Qadimgi yunonlar orasida fikrlash qobiliyati yuksak neʼmat hisoblangan. Keyin u baxtga aylandi. Keyinchalik, kasallikka. Bugun bu jinoyatdir.
  • Menda koʻrayotgan hamma narsa menga emas, aslida sizga tegishli. Sizda koʻrayotgan narsalarim esa menga.
  • Xotiralar – ular tufayli biz qariymiz.
    Yoshlikning siri – unuta olishdadir.
  • Baʼzida qoidalarni buzib turish kerak, aks holda ulardan quvonch yoʻq.
  • Hech kim yolgʻondan oʻlmaydi, deyishadi, bu haqiqat, lekin qalb, doʻstlik, ishonch va insoniylik oʻladi.
  • Oʻzingiz qalbingizdan joy bergan odamni istagan paytda quvib chiqara olmaysiz. Quvib chiqargan taqdiringizda ham uning boʻsh stuli hamisha oʻsha yerda qoladi.
  • Eng yomon tuygʻu – umidsizlik. U xafagarchilik, hasad va hatto nafratdan ham yomonroq. Chunki boshqa har qanday tuygʻudan keyin qalbda nimadir qoladi, lekin umidsizlikning orti faqat boʻshliqdir…
  • – Baxtlimisan?
     – Baxt nima oʻzi?
     – Uning nimaligini kim ham bilardi? Balki u jar yoqasida muvozanat saqlashdir.
  • Eng katta nafratni – avval yuragingdan joy olib, keyin unga tupuradiganlar uygʻotadi.
  • Bardamlik bilan sudralishda davom eting, har qanday yoʻl oxirida sizni, baribir, Xudo kutib oladi!
  • Gʻalatisi shundaki, dunyoda baxtsizlikning sababchisi koʻpincha kichik va arzimas odamlar boʻlishadi.
  • Bizning hayot haqidagi bilimlarimiz oʻlim bilan cheklangan.
  • Yolgʻizlikning yaxshi tomoni shundaki, seni tashlab ketishi mumkin boʻlgan odamning oʻzi boʻlmaydi.
  • Aytadigan gapimiz juda koʻp, lekin hech qachon ularning yarmini ham aytmaymiz.
  • Hayotga mukammal boʻlish uchun kelmaganmiz, mukammal odamlarning joyi muzeyda.
  • Birov bilan uch kun ichida yaqinlashish mumkin. Boshqa birov bilan esa yillar davomida qoʻshni boʻlib yashab ham, u yoqtiradigan rangni bilmaslik mumkin.
  • Eng yomoni kutadigan hech narsang yoʻqligi…
  • Men u ayolning oldida turdim, uni tingladim va u bilan birga kulishdim. Shu onda men ayolni sevish va bir paytning oʻzida kambagʻal boʻlish qanchalik dahshatli ekanligi haqida oʻyladim…
  • Ertalab turganingda va kechqurun yotishdan oldin kim haqida oʻylasang, oʻsha inson baxting yoki baxtsizliging sababchisidir.
  • Balki barchasiga kuz aybdor. Men buni endi kuchliroq his etyapman. Aynan shu faslda qalb aqldan ustun keladi. Inson bunday paytda faqat bir narsani xohlaydi. Bu esa – sevgi.
  • Muhabbatdan ayol ulgʻayadi, erkak esa aqlini yoʻqotadi.
  • Eng xavfli dunyoqarash – dunyo koʻrmaganlarning dunyoqarashi.
  • „Barcha odamlar bir xil his qilish xususiyatiga ega“ deb oʻylash – asli xatodir.
  • Men bilgan haqiqat shuki: siz sevuvchi odam bilan sizni sevuvchi odamning bitta inson boʻlishiga hayot hech qachon yoʻl qoʻymaydi.
  • Ayolni yoki muqaddas bilish kerak yoki unga yaqinlashmaslik kerak.
  • Ikkisidan biri doim boshqasini tashlab ketadi. Savol shundaki, qaysi biri birinchi bu ishni qilishi.
  • Ayol sizni hech qachon tark etmaydiganday seva olishi va hech qachon sevmaganday tark eta olishi mumkin.
  • Eng ajoyib shahar – bu inson baxtli boʻlgan shahar.
  • Kechirimni har doim ham aybdor soʻramaydi. Kechirimni munosabatlarni koʻproq qadrlaydigan inson soʻraydi.
  • Kel shunchaki birga boʻlamiz . Vaʼdalar kerak emas. Imkonsiz narsalarni kutmaymiz. Sen meniki boʻlasan, men esa – seniki. Kel shunchaki bir birimiz uchun yashaymiz . Tinchgina. Jimgina. Va Haqiqatda…
  • Baxt haqida besh daqiqa soʻzlash mumkin, undan ortiq emas. Sen oʻzingni baxtliligingdan ortiq hech nima deya olmaysan. Baxtsizlik haqida esa insonlar tongdan kun botgunga qadar soʻzlab berishlari mumkin.
  • Haqiqiy tuyg'ularimizni  har qanday yo'llar bilan yashirishga urinishimiz judayam g'alati.
  • Ayol sevib qolganida aqlliroq boʻladi, erkak kishi esa aksincha, u sevib qolsa, aqlini yoʻqotadi.
  • Abadiy yoshlik siri unutishda. Kishi faqat xotiralar orqaligina qariydi. Ba'zida unutib turish ham foydali.
  • Ayrim odamlar juda kech ketadi, ayrimlar esa aksincha — juda erta. Vaqtida ketganga nima yetsin...
  • Dunyoning eng og'ir dardi - tafakkur!

Asarlari

[tahrirlash]
  • Faqat aqlga tayanib yashab boʻlmaydi. Insoniyat tuygʻu bilan yashaydi, tuygʻularga esa kim haqligining farqi yoʻq.
  • Dunyodagi barcha odam eng badavlat korchalondan tortib, eng kambagʻal shoʻrlikkacha oʻzlarini huddi oʻlmaydigandek, abadiy yashaydigandek tutishadi. Agar biz doim oʻlim haqligini anglagan holda yashaganimizda edi, anchagina shafqatli va marhamatli boʻlardik.
  • Tutib qolmoqchi boʻlgan yoʻqotadi-ku. Kim tabassum bilan qoʻyib yuborsa, oʻshanga mahkamroq yopishishadi oʻzi.. Nahotki shuni unutgan boʻlsam…
  • Nahotki, biror narsani anglashi uchun kishi fojiani, qashshoqlikni, azobni, oʻlim nafasini boshidan oʻtkazishi kerak?
  • Tushunishga kelsak, men tushunaman, albatta. Ammo kechirish – bu men uchun mushkul. Yaxshisi, unutib qoʻya qolaman.
  • Kim biladi deysiz, balki hayot bizga jazo sifatida boshqa bir dunyoda qilgan gunohimiz uchun berilgandir. Balki hozirgi hayotimizning oʻzi doʻzaxdir, cherkovdagilar oʻlimdan keyingi doʻzax azobi haqida gapirib adashishayotgandir...
Faqat muhabbatga daxldor soʻzlargina abadiy va oʻzgarishsiz qolaveradi. Haqorat lugʻati esa rang-barang va bitmas-tuganmas!
Hozirgi yoshlarga hayronman. Oʻtmish sizlarga yoqmaydi, bugungi kundan nafratlanasizlar, kelajak bilan ishlaring yoʻq. Oxiri baxayr boʻlsinda ishqilib.
  • Kurashish kerak, garchi bu axlatxonada oxir-oqibat magʻlub boʻlsang ham kurashish kerak. Oʻzingga aziz boʻlgan qittaygina narsa uchun kurashish lozim.
    Taqdirga yetmishga kirganda tan bersa ham boʻlaveradi.
  • Sevgi erkaklarda harislik, jamiyatda nufuzli oʻrinni egallash, koʻproq pul topish, huzur-halovatga intilish kabi yomon illatlarni yuzaga chiqaradi. Hukmdorlar safdoshlarining oilali boʻlishini bekorga xush koʻrmagan – shunda ular kamroq xavf tugʻdirishadi.
  • Tun – tabiatning svilizatsiya illatiga qarshi isyoni.
  • Urushlar tugaydi, rahbarlar qoʻl berib koʻrishadi va ona shahid boʻlgan oʻgʻlini kutib qoladi.
  • Judayam siqilganimda va hech nimani idrok etmay qolganimda, oʻlging kelguncha yashagandan koʻra, yashaging kelayotgan paytda oʻlganing maʼqul deyman oʻzimga oʻzim. Yo gapim notoʻgʻrimi?
  • Yolgʻizlik kishanlarini faqat hissiyotlar tugʻyoni, bu tugʻyonning qaqshatqich zarbasi, jilovsiz qudrat, boʻron, tun, musiqa va… muhabbatgina parchalay oladi…
  • – Ogʻaynilar, hayot bu – kasallik. Inson tugʻilishi bilan oʻlim boshlanadi. Har nafas olib – nafas chiqarishda, yurakning har bir zarbida oʻlim zarralari bor – bular bizni muqarrar jahannamga yetaklaydi.
  • Ahmoq boʻlib tugʻilish uyat emas. Lekin ahmoq boʻlib oʻlish uyat.
  • Yer yuzida nima uchun yurganimizni bilmasligimiz uyat.
  • Oʻlganlarning xotirasiga izzat-ikrom ularning oldidagi gunohni anglashdan boshqa narsa emas. Odamlar marhumlar tirikligida ularga yetkazgan ozorlarini yuvmoqchi boʻladilar.
  • – Hayotning jiddiy muammolariga aqlim yetmaydi. Menga faqat goʻzal narsalar xush yoqadi. Mana, sen siren olib kelding – shuning oʻzi menga baxt.
  • Siyosat har qanday teatrning, tungi otishmalar ajoyib konsertlarning, muhtojlik aks etgan bitta kitob butun boshli kutubxonaning oʻrnini bosadi.
  • Baʼzan hech narsa toʻgʻrisida oʻylamasang, biron ishga qoʻl urmasang, kimgadir suyanishing mumkinligini his etsang oʻzingni qushday yengil sezasan. Oddiy narsalar bular, faqat hayotimizni oʻzimiz murakkablashtirmasak bas!
  • Kamtarlik va oqkoʻngillik faqatgina romanlarda taqdirlanadi. Hayotda esa bundan foydalanishadi va keyin uloqtirishadi.
  • Inson hayoti sevgi uchun uzunlik qiladi. Shunchaki juda uzun.
  • Inson – ahd qilishga hamisha usta. Lekin ahdini bajarishga emas. Uning afsunkorligi ham mana shunda.
  • Biz yarim haqiqatlardan nariga oʻtolmaymiz. Ojiz bandaligimiz shunda. Faqat yarim haqiqatlardan ogoh boʻlib, qancha nomaʼqul ishlarni qilamiz. Agar haqiqatni toʻlaligicha fahm etsak, yer yuzida yashash mumkin boʻlmay qoladi…
  • Unutgan… Unutgan yaxshi, boqiy yoshlikning siri mana shunda. Bizni xotiralar qaritadi. Unutishni bilmaymiz.
  • Yigirmanchi asr ustidan kulmagan odam oʻzini osishi kerak. Lekin uzoq ham kulib boʻlmaydi.
  • – Rostini aytsam, yer yuzida yurib, u haqida hech narsa bilmaslik uyat.
    – Xafa boʻlma, yer yuzida nima uchun yurganingni bilmasligimiz undan ham uyat!
  • Andisha – birovning xatosini aytmaslik va uni tuzatmaslik xususida yozilmagan norasmiy bitim.
  • Toʻgʻri, pul odamni baxtli qilolmaydi, ammo lekin nihoyatda taskin beradi. Pul daxlsizlikni taʼminlaydi va bu hazilakam gapmas.
  • Muhabbat ajoyib narsa. Ammo ikki kishidan biriga hamisha zerikarli boʻladi. Ikkinchisi esa qup-quruq qolaveradi. Nimanidir kutadi u, telbalarcha kutadi…
  • Inson oʻzini oʻzi aftoda qilayotgan zamonda yashayotganimizni hali payqamabsiz, shekilli? Qilish mumkin boʻlgan koʻp ishlarni qilmaymiz, sababini ham bilmaymiz. Ish hamma narsadan muhim boʻlib qoldi: qancha odam ish qidirib yuribdi, koʻziga boshqa odam koʻrinmaydi.
  • Ayol kishi sevgi izhor etmasligi kerak. Bu haqda uning chaqnab turgan baxtiyor koʻzlari gapirsin. Koʻz iqrori har qanday soʻzdan afzalroq.
  • Qiziq-da, rostdan ham aytadigan gaping bor paytda soʻz topolmay qiynalasan. Bunday soʻzlar oʻtgan asrlarga taalluqli. Bizning davr tuygʻularni ifoda etadigan soʻzlarni hali topmagan. Bu zamona faqat odobsizlikni biladi, xolos, qolgan barchasi – sunʼiy.
  • Bir narsaga ega boʻlish aslida yoʻqotishdir. Hech kim hech narsani tutib qolishi mumkin emas, hech qachon! Jaranglab turgan vaqt zanjirini hech qachon uzib boʻlmaydi, hech qachon bezovtalik oromga, izlanish – sukunatga aylanmagan, tubanlashish hech qachon toʻxtamangan.
  • Erk muhabbatdan qimmatroq narsa. Ammo inson buni kech tushunadi.
  • Bizga oʻxshagan odamlar tunda tabiat bilan muloqotda boʻlmasligi kerak. Tabiat tunda yolgʻizlikni xush koʻradi. Dehqon yoki baliqchi boʻlsak boshqa gap edi. Biz shaxarliklarmiz, his-tuygʻularimiz oʻtmaslashib ketgan..
  • Muhabbat inson vujudida paydo boʻladi, lekin hech qachon bu vujudda tugamaydi. Hatto hamma narsa:inson ham, muhabbat ham, baxt ham, hayot ham – bari toʻla-toʻkis boʻlgani bilan, allaqanday daxshatli qonunga koʻra, mudom kamday tuyulaveradi, bular nechogʻli koʻp koʻrinmasin, aslida juda oz.
  • Ayol temir buyum emas, ayol bamisoli gul. U iliq-issiq gaplarni xush koʻradi. Uning uchun umr boʻyi yelkangizni yagʻir qilib ishlaganingizdan koʻra har kuni uch-toʻrt ogʻiz shirin soʻz aytganingiz ming marta afzal.
  • Baxt nimaligini faqatgina baxtsiz biladi. Baxtli inson xuddi maniken kabi hayot quvonchlari qurshovida boʼladi: u faqatgina bu quvonchlarni namoyish etadi xolos. Lekin bu quvonchlar unga berilmagan. Chiroqlar yorugʼlikda nur taratmaydi, u faqat yorugʼlikda ziyo sochadi.
  • Aytishlaricha, eng qiyini ilk yetmish yillikni yashash, keyin esa ishlar silliq kechadi.
  • Hech narsani yuragingga yaqin olma, – derdi Kester. – Yaqin olsang, oʻsha narsani asrab qolmoqchi boʻlasan. Bu dunyoda hech narsani mangu asrab boʻlmaydi.
  • Erkak, faqat ayolning xarxashalari tufayli manfaatparast bo’lib qoladi, Agar ayol bo’lmasa, pul ham bo’lmasdi, binobarin, erkaklar qahramonlar qavmiga aylanardi.
  • Balki, vaqti-soati kelib, bugun iching achiyotgan odaming dunyoda eng baxtli inson bo'lib tuyular?
  • Muhabbat uchun soddalik yarashadi.
  • Biz ogʻzimizda „Vatan“ soʻzi bilan urushga ketdik va oʻsha soʻzni qalbimizning tub-tubiga tugib qaytdik.
  • Ehtimol, hech kim birovning azob-uqubatlarini oxirigacha his etmagani uchun ham noming oʻchgur urush takror-takror qaytalanaverar…
  • Yaxshi munosabatlarimiz saqlanib qolganining sababi, aslida, oʻrtamizda hech qanday munosabatning oʻzi yoʻqligi.
  • Butun borliq pok va shaffof hisga choʻmgan – tongning faqat shu soatida hatto qoʻli odam qoniga botgan gunohkorlar ham kechirilishiga ishonasan, ezgulik va yovuzlik esa shunchaki qiymatsiz soʻzlarga aylanib qolgandek goʻyo.
  • Urush nimaligi haqida faqat oʻliklar haqiqiy bahoni bera olishadi. Faqat marhumlar barchasini oxirigacha bilishadi.
  • Muhabbat ortiq oʻzingda ushlab turolmaydiganingni oʻzgaga berishdir.
  • Muhabbat iztiroblarini falsafa bilan yengib boʻlmaydi. Faqat boshqa ayolning yordami bilan bundan oʻtish mumkin.
  • Yolgʻizlikning tanish-bilishlaring koʻp yoki kamligiga daxli yoʻq.
  • – Meni hech qachon tashlab ketma.
     – Seni hech qachon tashlab ketmayman.
     – Hech qachon, – yana takrorladi u.
     – Hech qachon qanchalik – qisqa muddat…
  • Xotira yashab qolishni istaydi. Yashab qolish uchun esa hammasini unutish kerak.
  • Hech qachon yetarlicha sevib boʻlmaydi. Butun hayoting davomida, hech qachon, hech kimni. Har doim kam sevayotgandek boʻlasan – odamning baxtsizligi ham shundan.
  • Marhumning yaqinlari u hali hayotligida oʻlimidan keyin koʻrsatadigan eʼtiborlarini jilla qursa yarmini koʻrsatishganida edi, oʻlik uchun qimmatbaho qabrtosh-u tobutlarga zarurat ham qolmasdi. Afsuski, inson tabiati shunaqa: u yoʻqotgan narsasinigina chindan qadrlaydi
  • Bizning vatanda hech kim mas’uliyatni yoqtirmaydi. Buyruqlarga shu zahotiyoq boʻysunamiz – bu asrlar davomida magʻrur qonimizga singib ketgan odat. Mustaqil qaror qabul qilish borasida esa ahvol chatoq
  • Qiziq, urush davrida qanchadan-qancha oʻlimlarni koʻrdik. Ikki million odam hech narsadan hech narsa yoʻq oʻlib ketganini hamma biladi. Lekin nega endi birgina oʻlim bizni bunchalik hayajonga solyapti-yu, narigi ikki million marhum haqida unutyapmiz?
    Ammo har doim shunday boʻladi: bir odamning oʻlimi – oʻlim, ikki million odamniki esa shunchaki statistika.
  • Xatto eng mukammal goʻzallik ham kun kelib boʻysundiriladi, u ham taqdir va oʻlim qonuniyatlaridan chetga chiqolmaydi..
  • Odam shunchaki yashaydi! Buning mohiyatiga chuqur kirishga uringan esa yoʻlini yoʻqotadi.
  • Qoʻlga kirita olmaganing, oʻzingda mavjud boʻlganlarga nisbatan yaxshiroqdek tuyulaveradi. Inson romantikasi va telbaligi mana shundan iborat.
  • Agar sevgiling bilan umrbod ajralishsang, u haqida chinakamiga qiziqa boshlaysan.
  • Agar insonga oʻzini qiynash uchun imkoniyat berilsa, u bundan osonlikcha voz kechmaydi


  • Bryussel muzeyida oʻtgan oʻsha vaqt ichida bir haqiqatni tushunib yetdim: narsalarga uzoq vaqt davomida termilsangiz, ular gapira boshlaydi. Ammo tezda gapirishni boshlaganlari haqiqiy hisoblanmaydi.
  • Radio yaxshi ma'ruzachi, lekin qanday yomon tinglovchilarmiz.
  • Menga aytishlaricha, Indoneziyaliklarda vaqti-vaqti bilan ismni almashtirib turish odati bor. Qachonki inson oʻzining oʻtmishdagi „men“idan charchasa, oʻziga yangi ism tanlaydi va goʻyoki hammasini yangidan boshlashga urinadi. Yaxshi gʻoya!
  • Nafrat ruhni yemiradigan kislotadir; oʻzingdan nafratlanasanmi yoki oʻzgadanmi – hammasi bir.
  • Koʻngilsiz xotiralarning bir yaxshi tomoni bor: ular ayni damda kishini baxtiyor ekanligiga, garchi lahza oldin oʻzi bunga ishonmasa-da, imon keltiradi. Baxt ana shunday nisbiy tushuncha. Kimki buni anglab yetgan boʻlsa, bilingki, u kamdan-kam oʻzini baxtsiz his etadi.
  • Kishi qachonki piching qilib, qoʻrqa boshlasa, voqea-hodisalarga barmoq orasidan qaraydi.
  • Javoblarni kavlashtirish boshlanganda muhabbatning umri qisqaradi.
  • Gohida nimagadir ishonishing kerak, yoʻqsa, allaqachon bu yorugʻ olamdan yoʻq boʻlib ketgan boʻlardik.
  • Har doim ikkita haqiqat boʻladi: biri bilan orqa-ketini oʻylamay olgʻa talpinasan; biri esa avval oʻzing haqingda oʻylayotganingda yetti oʻlchab, bir kesishga oʻxshash.
  • Hayotda baxtdan koʻra baxtsizlik koʻproq. Umrning abadiy emasligi esa bizga qilingan rahmdillik, xolos…
  • Agar kula olsang, bu olamda ko'plab kulgili narsalarni topish mumkin.
  • Hech bir kimsa sen avval sevgan insoning kabi begonaroq boʻla olmaydi.

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: