Friedrich Schiller
Qiyofa
| Friedrich Schiller | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
10-noyabr 1759 Marbach am Neckar |
| Vafoti |
9-may 1805 Veymar |
| Qardosh loyihalar | |
Johann Christoph Friedrich von Schiller (talaffuzi: Iogann Kristof Fridrix Shiller; 1759-yil, 11-oktyabr, Nekkar boʻyidagi Marbax — 1805-yil, 5-sentyabr, Veymar) — nemis shoiri, dramaturg, tarixchi, sanʼat nazariyotchisi. Nemis mumtoz adabiyotining asoschilaridan.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Buyuk qalblar iztiroblarini sukut bilan oʻtkazadilar[1].
- Faqat qatʼiyatgina maqsadga eltadi[1].
- Har qanday gʻalabadan ustun narsa kechirimdir[1].
- Hech narsaga jasorat qilmagan inson hech narsadan umid qilmasin[2].
- Iroda inson bolasining oʻziga xos sifatidir, aql esa irodani boshqarish uchun oʻzgarmas qoidadir[1].
- Ishni tezroq tugallash harakatida boʻl[1].
- Ishni yarim yoʻlda tashlab, chetga chiqib oladigan va endi bu yogʻi nima boʻlar ekan, deb ogʻzini ochib qarab turadigan odam haqiqiy ahmoqdir[1].
- Ishongan odam boshqalarni ham oson ishontiradi[1].
- Nomus hayotdan azizroq[1].
- Odam maqsadlari kattargani sari ulgʻayib boradi[1].
- Ota-onalar oʻzlarining nuqsonlarini bolalarida koʻrganlarida koʻproq jahllanadilar[1].
- Rasmga mahliyo boʻlib, uni chizgan kishini butunlay unutib qoʻyganimiz, aslida, rassomga eng katta maqtovdir[1].
- Sheʼriy asar oʻzini oʻzi himoyalashi kerak. Harakat gapirmaydigan joyda soʻz foyda berishi dargumon[1].
- Tabiatga qarshi boʻlgan narsa hech qachon yaxshilikka olib bormaydi[1].
- Toʻgʻrilik har qanday unvonni bezaydi[1].
- Yaxshi aktyorlar uchun yomon rol yoʻq[1].
- Yaramas ishlarning oxiri voy: ular yangi-yangi qabihliklarni keltirib chiqaradi[1].
- Yoʻqotilgan daqiqani hatto abadiyat ham qaytara olmaydi[1].
- Zulmni murosasiz yomon koʻradigan kishigina ezgulikni cheksiz sevishi mumkin[1].
- Oʻz topqirligidan zavqlanib kulgan kishining askiyasi kuchini yoʻqotadi.
- Oʻzini boshqara oladigan odamgina erkindir[1].
- Oʻzini koʻrsatishning eng jirkanch usuli — ojizlarni ezib uyaltirishdir[2].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!
- ↑ 2,0 2,1 Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.
- ↑ Voronsov 1989, s. 44.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.